Домой >> ЖАМИЯТ >> МАДАНИЯТ >> ИЛМ-ФАН >> Abiturient uchun beshta maslahat

Abiturient uchun beshta maslahat

Talabalik baxtiga erishish qanchalik qiyin ekanligini, bir marta abituriyent bo’lgan odam tushunadi. Davlat Imtihonlaridan o’tish, kerakli ball to’plash oson ish emas.

Talabalik so’zi ortida qancha mashaqqat, qiyinchilik, kuch, sabr-toqat deb atalmish tushunchalar yotadi. “Ilm olish, igna bilan quduq qazish bilan tengdir”,- deydi dono xalqimiz. Darhaqiqat, o’qish jafoli, keti vafolidir. Ya’ni mehnat qilgan inson, albatta, rohatini ham ko’radi. Buning uchun izlanishdan to’xtamaslik darkor.

Shu bilan bir qatorda, abituriyentlar o’rtasida ko’plab muammolarga duch kelish mumkin. Chunki, bilim olish qiyinchiliklari abituriyentni ham fiziologik, ham ruhan, ham ma’nan toliqtiradi. Kirish imtihonlariga tayyorgarlik vaqtida katta axborotni qabul qilishga, uni yodlash va tushunishga tog’ri keladi.

Abiturient uchun beshta maslahat-1

Buning natijasida o’qishga bo’lgan ishtiyoq susayadi, miya va organizmning zo’riqqanligi tufayli dam olishga bo’lgan ehtiyoj soni ortadi.  Bu toliqishlar ichki hissiyotlarga ham o’z ta’sirini ko’rsatib, abituriyentning o’ziga bo’lgan ishonchini kamaytiradi, irodasini zaiflashtiradi, hattoki, maqsadidan voz kechishga ham undaydi.

Bunday irodasizlikni yengish maqsadida ko’plab olimlar, shifokorlar va psixologlar o’zlarining eng foydali tavsiyalarini va o’qishning yengil usullarini abituriyentlarga taqdim etishgan. Shu maslahatlarning 5 tasi bilan tanishamiz:

  1. Barvaqt uxlab, barvaqt turishga odatlaning. Miyangizni yetarlicha dam olishiga va butun kun o’zingizni tetik his qilishingiz uchun sizga 8 soat kifoya qiladi. Bu esa kechki 22:00 dan tonggi 06:00 gacha bo’lgan vaqt oralig’ini tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda ertalabki badan tarbiya va musaffo havodan bahramand bo’lish, kayfiyatingizga ijobiy ta’sir ko’rsatadi va kuningizni mazmunli bo’ishini ta’minlaydi.
  2. Shifokorlarning aytishiga qaraganda, abituriyentlar katta e’tiborni ertalabki nonushtaga qaratishlari kerak. Chunki, ertalabki ovqat kishiga kun davomida zarur energiyani beradi. Organizm uyqudan uyg’onishi uchun tongda 1 stakan suv ichish tavsiya qilinadi. Nonushta ham vitaminlarga boy va to’yimli bo’lishi kerak. Butun kunggi o’qish oralig’ida tamaddi qilish va ko’p suyuqlik ichish har qanday kasalliklarni oldini oladi va kishiga kuch bag’ishlaydi.
  3. Psixologlarning ta’kidiga ko’ra, tayyorgarlik vaqtida qiynalib qolmaslik uchun tanaffus qilib turish ham kerak. Har 40 daqiqada 10-15 daqiqa dam olish, tinimsiz 8 soat o’qigandan foydaliroqdir. Sababi toliqqan organizm hech qanday axborotni qabul qilmaydi.
  4. O’qilgan narsalarni yoddan chiqarmaslik uchun doimo takrorlab turish kerak, dastlab, mavzuni o’qigandan so’ng 15-20 daqiqadan keyin yana bir esga olish. 7-8 soatdan so’ng ko’zdan kechirib, bir sutkadan keyin oynaga qarab butun mavzuni ovoz chiqarib gapirish, eng samarali yo’ldir. Har takrorlashda xatolarga diqqat qaratib, ularni o’zingiz tahlil qilsangiz, o’qilgan barcha ma’lumotlar xotiraga muhrlanadi.
  5. Doimo bitta mashg’ulot bilan band bo’lish, kishini zeriktirib, unga bo’lgan qiziqishini Shu sababli darsdan so’ng sayr qilish, biroz sport bilan shug’ullanish tavsiya etiladi. Mashg’ulotlar turini almashtirib turish, miyani tez charchashdan xalos etadi, o’qish uchun yangi kuchlarni to’plashga  yordam beradi.

Sxemalar, jadvallar va diagrammalar bilan ishlash  abituriyent uchun juda foydali. Bunday holatda tayyorlangan informatsiya miyada osonroq esda qoladi. Ularni abituriyentning o’zi tayyorlasa yanada yaxshi.

Abiturient-uchun-beshta-maslahat-2

Vaterleoo universtiteti (Kanada) olimlarining ta’kidlashicha, chizish-eslab qolishning eng samarali usulidir.  Vizual “shpargalka”larni yaratish uchun rangli flomaster va ruchkalardan foydalanish, ular yordamida eng muhim ma’lumotlarni belgilab qo’yish yana bir foydali usulning namunasidir.

Mana shu besh usul va maslahatlar sizni  muvaffaqiyat sari yetaklashiga ishonamiz. Barchangizga omad yor bo‘lsin!

Tayyorgaliklar bilan toliqqan bo‘lsangiz kerak. Keling, endi men Sizni biroz bo‘lsada, kayfiyatingizni ko‘tarishga harakat qilaman. Hajviyaga munosabatingiz qanday, keling bir mazza qilib kulishaylik?!

Talabalar oshxonasida talaba oshpazga murojaat qilib:

— Oshpaz aka, menga oltita manti bervoring.

Oshpaz:

— O‘-o‘-o‘, talabalar kuchayibdimi?

Talaba:

— Iltimos, mantiga qo‘shib, oltita vilka ham…

Hamisha xushkayfiyat Sizga hamrox bo‘lsin!

Ushbu web-sayt ma’muri, maqolalarning muallifi hamda oddiy bir inson sifatida Sizga va oilangizga Allohdan, sihat-salomatlik, tinchlik va hotirijamlik, baxtli hayot kechirish hamda boshlagan ezgu ishlaringizda omad nasib etishini chin dildan tilab,

Hurmat va ehtirom ila, Qobiljon Ataxanov

P.S. Maqola Sizga manzur kelgan bo‘lsa, iltimos, quyidagi tugmalardan birini bosib yaqinlaringiz bilan o‘rtoqlashing! Maqolaga munosabat bildirib, o‘z sharhingizni yozib qoldirsangiz bag‘oyat hursand bo‘laman. Oldindan o‘z minnatdorchiligimni izhor qilaman!

О программе Қобилжон Атаханов

Смотрите также

How To Get Out Of Debt In 1 Year Or Less!

How To Get Out Of Debt In 1 Year Or Less!

Don’t act so surprised, Your Highness. You weren’t on any mercy mission this time. Several …

Биз сайтни энг яхши намойиш этиш учун cookie-файллардан фойдаланамиз. Ушбу сайтдан фойдаланишда давом этиб, Сиз cookie-файллардан фойдаланишга розилик билдирасиз.
Қабул қилиш
Рад этиш