Домой >> ЖАМИЯТ >> Siz kimning avlodidansiz?

Siz kimning avlodidansiz?

Siz kimning avlodidansiz?

Bugungi kun tibbiyoti yuzlab kasalliklar va shu dardlarga moyillik holati nasldan-naslga o‘tishini aniqladi. Ajdodlarimiz qiz uzatayotganida yoki o‘g‘il uylantirayotganda quda tomonning yetti avlodini so‘rab-surishtirganlari bejiz emasligi ham endi barchaga ma’lum.

Qarindosh-urug‘lar orasidagi nikohlar natijasida, shuningdek, ayrim avlodlar irsiy qonuniyatlarga rioya qilmaganliklari bois mutatsiyaga uchragan genlar bilan zararlanib og‘ir nasliy xastaliklarga duchor bo‘lmoqdalar.

Quyida qarindosh-urug‘chilikdan quda-andachilikka o‘tishning ulkan xatosi bo‘lgan ayrim xromosom va nasliy kasalliklar haqida to‘xtalamiz.

Shereshevskiy — Terner dardi qizlarda uchraydi. Dardmandlar pakana, qo‘l-oyoqlari kalta bo‘lib, ko‘kragi o‘smaydi, hayz ko‘rmaydi va tug‘maydi. Biroz aqli zaif bo‘lgan bu qizlarda bo‘yin yon terilarining qanotsimon kengayishi kuzatiladi.

Shizofreniya (telbavorlik) ko‘p uchraydigan, og‘ir ruhiy dard. Kasallikda kuchli bosh og‘rig‘i, holsizlik, serjahllik, uyqu buzilishi kabi belgilar bo‘ladi. Bemorlarda mavjud bo‘lmagan ovozni eshitish, yo‘q hidlarni sezish paydo bo‘ladi. Fikrlashning buzilishi, poyintar-soyintar suhbatlashish, alahsirash kabi og‘ir ruhiy holatlar ushbu dardda ko‘p uchraydi.

Siz kimning avlodidansiz-1

Miopatiya og‘ir nasl kasalligi bo‘lib, mushaklarning qovjirab — oriqlab ketishi bilan ifodalanadi. Mushaklar qurib ketishi bois bemorlar harakati buziladi. Chanoq va yelka mushaklari zararlanganligi tufayli bemor ikki tomonga chayqalib “o‘rdak yurish” qiladi. Mazkur dard bilan og‘rigan bemorlarda harakat susayishi, tez charchash, keyinchalik hatto tik tura olmaslik, umurtqa qiyshayishi, yelkalar osilib, kuraklarning gavdadan ajralib qanotga o‘xshab turishi kabi asoratlar ham kuzatiladi. Yotgan joyidan turish uchun bemor qoringa to‘ntarilgach, avval qo‘llar bilan yerga, so‘ngra tizzaga tiralib, asta-sekin buyumlarga osilib gavdasini tiklaydi.

Gemofiliya qon ivimasligi, ya’ni to‘xtamasligi kasalligida yengil shikastlanishlarda ham teri ostiga qon quyilib momataloqlar paydo bo‘ladi. Bu dardga yo‘liqqanlar uchun hatto burun, tish va terining ozgina jarohati ham qon to‘xtamasligi tufayli hayot uchun xavflidir.

Nanizm — pakana bo‘ylilik ham nasldan-naslga o‘tuvchi skelet buzilishi natijasida paydo bo‘luvchi holat hisoblanadi. Bo‘y 100-140 sm. bo‘lib, qo‘l va oyoqlarning ham kaltaligi kuzatiladi.

Qandli diabet xastaligi modda almashinuvi buzilishining natijasi bo‘lib, qonda qand miqdori oshib ketadi. Kasallikning ko‘p uchraydigan belgilariga tez-tez peshob qilish, ko‘p chanqash, ko‘p ovqat yeyish, ozib ketish, teri va og‘iz quruqlashishi hamda kamquvvatlilik kiradi. Dard o‘z vaqtida davolanilmasa, ichki a’zolarda ko‘plab og‘ir asoratlar paydo bo‘ladi.

Bod, ya’ni podagra kasalligida — qo‘l va oyoq bo‘g‘imlarining shakli o‘zgarib, og‘riqlar paydo bo‘ladi va harakatlanish qiyin kechadi. Bu kasallik yallig‘lanish tufayli emas, bo‘g‘imlarda tuzlar yig‘ilib qolishi natijasida paydo bo‘lib, dastlab qo‘l-oyoqlarning mayda bo‘g‘imlarini shikastlaydi.

Gentington xoreyasi dardi 30 yoshlarga kelib yuzaga chiqadi va, asosan, beixtiyor vujudga keluvchi betartib harakatlar bilan ifodalanadi. Bemor hayajonlansa, bu harakatlar ko‘payib ketadi va so‘zlash qobiliyati buziladi. Bu holatlar yuzni burishtirish, og‘izni ochib tilni chiqarib yuborish, ma’nisiz imo-ishoralar qilish va qo‘l-oyoq hamda boshni har tomonga irg‘itib tashlash kabi betartib harakatlarda ifodalanadi. Bemorlar asta-sekinlik bilan aqliy va mehnat qobiliyatlarini butunlay yo‘qotadilar.

Fenilketonuriya — og‘ir irsiy kasallik bo‘lib, dardmand bolalarning deyarli 90 foizi oq-sariq sochli, oq badan va havorang ko‘zli bo‘lishadi. Bemor chaqaloqlarning ayrimlari tug‘ilgan davrdanoq bo‘shang, nozik, uyquchan bo‘lib, tovush va o‘yinchoqlarga befarq bo‘ladilar. Kasallikning dastlabki belgisi qusish bo‘lib, ularda his-tuyg‘ularning rivojlanmasligi, tishlarning kech chiqishi va kechroq yura boshlashni kuzatish mumkin. Bu bemorlarda mushaklarning tonusi oshib ketishi bois o‘z-o‘zidan qo‘llar bukilib, oyoqlar yig‘ilib qolaveradi. Mayda qadam tashlab, qoqilib, qiynalib yuradilar va kelgusida tutqanoqqa ham chalinadilar.

Bugungi kunda xorijda ishlab chiqarilayotgan ayrim saqichlar bu kasallikni ancha og‘irlashtirishi aniqlangan.

Muammoni tug‘ilmasdan hal qilamiz

Ona va bola skriningi dasturlari bola tug‘ilgunicha bo‘lgan genetik va tug‘ma patalogiyalarini aniqlash imkonini yaratadi.

Ushbu dastur bo‘yicha homiladorlarni tekshirish ishlari prenatolog, genetik, ginekolog ishtirokida o‘tkaziladi. Aynan shu maqsad uchun bizning mamlakatimizda skrining markazlari tarmog‘i tashkil etilgan. Homiladorlikning 10-12 haftasidanoq maxsus UTT tekshiruvi homiladagi xromosomik kasalliklar alomatlarini aniqlay oladi (homiladagi Daun sindromini aniqlash mumkin bo‘ladi).

Homilaning 14 dan to 20 haftasigacha homilador ayol maxsus qon tahlilini topshiradi, bu esa homila rivojidagi mavjud muammolarni oz bo‘lsa-da, ko‘rsatib beradi. Agar ushbu skrinlovchi testlar jarayonida chetga chiqishlar aniqlansa, u holda xromosoma tahlili, kindik ichakchasi qonidan yoki xoriondan olinadigan DNK-tahlili kabi homilani tekshiradigan maxsus genetik usullar belgilanishi mumkin. Ushbu tadqiqotlar faqat ixtisoslashgan muassasalarda (Respublika skrining markazi, Akusherlik va Ginekologiya ITI) maxsus mutaxassislar yordamida o‘tkaziladi.

Birinchi qadam

Bunday ko‘ngilsizliklarning oldini olishning eng samarali usuli – qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlardan saqlanishdir. Homiladorlik rejalashtirilgan, sog‘lom muhitda bo‘lishi kerak. Bizning mamlakatimizda nikohlanuvchilar to‘ydan oldin majburiy tarzda tibbiy ko‘rikdan o‘tishadi. Ko‘pchiligimiz buning asl mohiyatini hali ham tushunib yetmayotgandekmiz.

Avlodning sog‘lig‘i bu ertamizning halovati-ku! Kelin–kuyovlar birining naslida qandaydir tug‘ma kasalliklar yoki rivojlanadigan bedavo xastaliklar bo‘lgan taqdirda har qanday vaziyatda oldini olish yuzasidan ma’lumot olish uchun genetikka murojaat qilishlari zarur.

Laylo Karimova

Hamisha xushkayfiyat Sizga hamrox bo‘lsin!

Ushbu web-sayt ma’muri hamda oddiy bir inson sifatida Sizga va oilangizga Allohdan, sihat-salomatlik, tinchlik va hotirijamlik, baxtli hayot kechirish hamda boshlagan ezgu ishlaringizda omad nasib etishini chin dildan tilab,

Hurmat va ehtirom ila, Qobiljon Ataxanov

P.S. Sizga hikoya manzur kelgan bo‘lsa, iltimos, quyidagi tugmalardan birini bosib yaqinlaringiz bilan o‘rtoqlashing!

Salomatligingiz haqida qayg‘urayotgan bo‘lsangiz, marhamat ushbu manzilga tashrif buyursangiz barcha to‘plangan maqolalar jamlanmasi bilan tanishish imkoniga ega bo‘lasiz.

Shuningdek, Laylo Karimova tomonidan tayyorlangan maqolalar Sizni qiziqtirsa, mazkur sahifada ularning biri bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Maqolalga munosabat bildirib, o‘z sharhingizni yozib qoldirsangiz bag‘oyat hursand bo‘laman. Oldindan o‘z minnatdorchiligimni izhor qilaman!

О программе Қобилжон Атаханов

Смотрите также

Learn the Benefits of This Exercise

Development of the Sports Ground

Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur adipiscing elit. Aliquam eros ante, placerat ac pulvinar at, …

Биз сайтни энг яхши намойиш этиш учун cookie-файллардан фойдаланамиз. Ушбу сайтдан фойдаланишда давом этиб, Сиз cookie-файллардан фойдаланишга розилик билдирасиз.
Қабул қилиш
Рад этиш