Домой >> МУТОЛАА >> Iltijo (sheriyat)

Iltijo (sheriyat)

ILTIJO

 

Bu ko’hna olamda orimsiz otam.

Shul olam shodligi ziyoyim onam

Sizga nelar qilsam, bari bo’lar kam,  

O’tinchim bor mening, yakka Allohga-

Olib boray sizni, Makkatullohga.

Iltijo-(sheriyat)---1

Ikki yelkamdagi, ikki qanotim

Ham zarim, ham durim bor-u bisotim

Sizlar bor ekan, shirin hayotim

O’tinchim bor mening, yakka Allohga-

Olib boray sizni, Makkatullohga.

Iltijo (sheriyat) - 2

Jismimga jon erur duolaringiz,

Qiblagohga tengdur ulug’ poyingiz

Faqat to’ridadur nurli joyingiz

O’tinchim bor mening, yakka Allohga-

Olib boray sizni Makkatullohga.

Iltijo (sheriyat) - 3

Sochingizga oqlar yo’rg’alab yana,

Mehnatdan tinmadi, toldi bu tana

Ko’zingizda yoshni ko’ryabman mana,

O’tinchim bor mening yakka Allohga-

Olib boray sizni, Makkatullohga.

Iltijo (sheriyat) - 4

G’animat hayotda borim o’zingiz,

Nurin yoqotmasin ikki ko’zingiz

O’g’il o’rnidagi bo’lay qizingiz-

Ibodat-duolar yetib Allohga-

Olib boray sizni, Makkatullohga.

Nozimaxon Nurmatova

Hamisha xushkayfiyat Sizga hamrox bo‘lsin!

Ushbu web-sayt ma’muri hamda oddiy bir inson sifatida Sizga va oilangizga Allohdan, sihat-salomatlik, tinchlik va hotirijamlik, baxtli hayot kechirish hamda boshlagan ezgu ishlaringizda omad nasib etishini chin dildan tilab,

Hurmat va ehtirom ila, Qobiljon Ataxanov

P.S. Sizga shye’r manzur kelgan bo‘lsa, iltimos, quyidagi tugmalardan birini bosib yaqinlaringiz bilan o‘rtoqlashing! Shye’rga munosabat bildirib, o‘z sharhingizni yozib qoldirsangiz bag‘oyat hursand bo‘laman. Oldindan o‘z minnatdorchiligimni izhor qilaman!

О программе Қобилжон Атаханов

Смотрите также

Iltijo (sheriyat) - miniatyura

Илтижо (шеърият)

ИЛТИЖО   Бу кўҳна оламда оримсиз отам. Шул олам шодлиги зиёйим онам Сизга нелар қилсам, …

Биз сайтни энг яхши намойиш этиш учун cookie-файллардан фойдаланамиз. Ушбу сайтдан фойдаланишда давом этиб, Сиз cookie-файллардан фойдаланишга розилик билдирасиз.
Қабул қилиш
Рад этиш