Домой >> МУТОЛАА >> Tashakkur (she’riyat)

Tashakkur (she’riyat)

TASHAKKUR

Zafar cho’qqisiga meni yetaklab,

Ortimdan duo-la qoldi bir ayol.

Mehrini sochdi u etak-etaklab,

Aslo manmanlikni qilmayin hayol.

Tashakkur-(she’riyat)----1

U sabab har dam viqorla yursam,

Ko’rmadim mehnatin minnatlarini,

bilmayin ba’zan yuzimni bursam,

ko’rsam faqat ko’rdim himmatlarini.

Tashakkur-(she’riyat)-2

Kerak bo’lsa berdi qo’lda nonini,

Duosi boshimda toj bo’ldi bugun.

Berkitmay:”Ol”,-dedi bilim konini

Undan minnatdorman shu kuni butun.

Tashakkur-(she’riyat)-3

Dakkilari hatto, hikmatlarga teng.

Yozildi bir umr yodim toshiga,

Navbat menga yetdi, shimarib bir yeng,

Yo’qlab boray endi har kun qoshiga.

Tashakkur-(she’riyat)-4

Ustoz muallimam, siymosi a’zim

Jahonam ekansiz qilsam tafakkur.

Har bir xizmatlar, mehnatlar uchun-

Mening mo’tabarim sizga tashakkur!

 

Nozimaxon Nurmatova

Hamisha xushkayfiyat Sizga hamrox bo‘lsin!

Ushbu web-sayt ma’muri hamda oddiy bir inson sifatida Sizga va oilangizga Allohdan, sihat-salomatlik, tinchlik va hotirijamlik, baxtli hayot kechirish hamda boshlagan ezgu ishlaringizda omad nasib etishini chin dildan tilab,

Hurmat va ehtirom ila, Qobiljon Ataxanov

P.S. Sizga shye’r manzur kelgan bo‘lsa, iltimos, quyidagi tugmalardan birini bosib yaqinlaringiz bilan o‘rtoqlashing! Shye’rga munosabat bildirib, o‘z sharhingizni yozib qoldirsangiz bag‘oyat hursand bo‘laman. Oldindan o‘z minnatdorchiligimni izhor qilaman!

О программе Қобилжон Атаханов

Смотрите также

Iltijo (sheriyat) - miniatyura

Iltijo (sheriyat)

ILTIJO   Bu ko’hna olamda orimsiz otam. Shul olam shodligi ziyoyim onam Sizga nelar qilsam, …

Биз сайтни энг яхши намойиш этиш учун cookie-файллардан фойдаланамиз. Ушбу сайтдан фойдаланишда давом этиб, Сиз cookie-файллардан фойдаланишга розилик билдирасиз.
Қабул қилиш
Рад этиш