Ultimate magazine theme for WordPress.

MURTAZO ALI CHASHMASI

57

Tabas shahri yaqinidagi qaqragan cho‘lda Murtazo Ali issiq suv chashmasi mavjud bo‘lib, Eron tabiatining nodir durdonalaridan biri bo‘lgan bu makonda issiq suv bilan sovuq suv bir joydan chiqadi.

Tabas shahridan 30 km uzoqlikda joylashgan Murtazo Ali chashmalar majmuasining ajablanarli joyi shundaki, ulardan oqib chiqqan suv anhorining bir tomoni issiq, ikkinchi tomoni esa sovuqdir.

Chashmalardan oqqan suv Tabas atrofidagi ko‘plab ziroat yerlari va bog‘-rog‘larni sug‘orish manbasi hisoblanadi.

Murtazo-Ali-chashmasi-2

Bu jozibali maskanga yetib borish uchun 5 km masofani piyoda bosib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Bu 5 kilometrlik yo‘lda ko‘plab marotaba suv kechish, yoxud suvda oqimga qarshi yurib borishga to‘g‘ri keladi. Aytilgan masofa bosib o‘tilgach, “Murtazo Ali hammomi” deb ataluvchi bir necha g‘ordan qaynab chiquvchi issiq suv chashmalariga yetib boriladi.

Bu mo‘‘jizali chashmalarning issiq suvi 300 metrgacha sovuq suv bilan birgalikda oqib borsada, ammo o‘zaro qo‘shilib ketmaydi. Mintaqaning yana bir jozibali jihati — daraning o‘ng tomonidan issiq suv, chap tomonidan esa sovuq suv chashmalari qaynab chiqadi.

“Murtazo Ali” chashmalarining suvi shifobaxshlik xususiyatiga ham ega. Bu daraning yana bir hayratlanarli hodisasi bunda maxsus muhandislik o‘lchovlari asosida qurilgan g‘orlar va kanallarning mavjudligidir.

“Gabr xonalari” nomi bilan mashhur bu inshootlar 1500 yillik tarixga ega bo‘lib, Sosoniylar hukmronligi davriga borib taqaladi. G‘orlar balandligi 10 metr bo‘lgan chohlardan o‘tilgach, kichik xonalar bilan tugaydi.

Shularni qayd qilish joizki, g‘orlar o‘zaro teng masofada ikkita ustki va ikkita pastki inshootdan iborat bo‘lib, pastdagi inshoot orqali kichik xonalarga o‘tiladi. Kichik xonalarga faqatgina alpinizm vositalari bilan qurollangan mohir alpinistlargina kirib borishlari mumkin.

Murtazo-Ali-chashmasi-3

“Gabr xonalari” nomi bilan mashhur bu mo‘‘jaz xonalarni ayrim tadqiqotchilar zardushtiylarni dafn qilish makoni deb atashadi. Tadqiqotchilarning boshqa bir guruhining fikricha bu xonalar tunel orqali bir-biriga ulangan zardushtiylarning yashash manzillaridir.

“Murtazo Ali” issiq suv chashmalari mintaqasidagi g‘orlar. Murtazo Ali chashmalari mintaqasidagi eng dilkash hodisa bu Abbos to‘g‘onidir. San’at asarini eslatadigan bu aylanma to‘g‘on bundan 500 yil burun safaviy shohlardan biri shoh Abbos tomonidan qurilgan bo‘lib, uning devorlari turli naqshlar, jumladan tog‘ echkilari rasmlari bilan bezatilgan.

Aytish joizki, kuz “Murtazo Ali” chashmalari mintaqasiga sayohat qilishning eng muvofiq fasli hisoblanadi. Bu faslda havo salqin bӯlib, piyoda yurib borish maroqli hisoblanadi. Bu faslda chashmalarning suvidan hosil bo‘lgan ko‘lmaklarga non ushoqlari tashlab, qisqichbaqalar va nodir baliq turlari, xususan doktor baliqni ham tomosha qilish mumkin. O‘lik molekulalarni tirigidan ajrata biladigan va ayrim teri kasalliklarining tabobatida ishlatiladigan baliqning bu turini mahalliy aholi doktor baliq deb atashadi.

Shuningdek, avvalgi sahifalarimizning birida Eron tabiatining jozibali maskanlaridan va mamlakatning eng muhim suv ekosistemalaridan biri hisoblangan Hashilon botqoqligi haqidagi maqolani e‘tiboringizga havola qilgan edik.

Ushbu web-sayt ma’muri va muallifi hamda oddiy bir inson sifatida Sizga Allohdan, sihat-salomatlik, tinchlik va hotirijamlik hamda ezguli ishlaringizda omad nasib etishini chin dildan tilab Qobiljon Ataxanov.

P.S. E’tiboringizga taqdim etilayotgan maqolalarga munosabat bildirib, sharhingizni yozib qoldirsangiz bag‘oyat hursand bo‘laman va oldindan o‘z minnatdorchiligimni izhor qilaman! Maqola Sizga manzur kelgan bo‘lsa, iltimos, yaqinlaringiz bilan o‘rtoqlashing.

Tanlangan sara maqolalar bilan tanishish istagingiz bo‘lsa, marhamat ushbu manzilga tashrif buyursangiz barcha to‘plangan maqolalar jamlanmasi bilan tanishish imkoniga ega bo‘lasiz.