Ultimate magazine theme for WordPress.

“CHUQURSOY” QURILISH SAVDO MAJMUASI ISHGA TUSHDI

49

Olmazor tumani hududida joylashgan  “Chuqursoy” (Jomiy) qurilish mollari savdo majmuasi ishga tushdi. Majmua hududi tuman sanitariya va epidemiologiya osoyishtaligi markazi  xodimlari tomonidan dezinfeksiya qilindi. Bozorning kirish qismida maxsus dezinfeksiyalash moslamasi o‘rnatildi.

Shuningdek, bu yerga tashrif buyuruvchi xaridorlar va tadbirkorlarning tana haroratini o‘lchash uchun alohida tibbiyot xodimi biriktirildi. Bozor tibbiy niqoblar va antiseptik vositalari bilan ta’minlangan.

“Chuqursoy”-Qurilish-savdo-majmuasi-ishga-tushdi-2

Olmazor tumani hokimligi vakillari hamda Sanitariya markazi xodimlari bozor ma’muriyati hamda tadbirkorlarga karantin talablariga to‘liq rioya etgan holda ishlashlari yuzasidan tushuntirish va ko‘rsatmalar berishdi.

Tadbirda tuman hokimligi mas’ullari, huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari, Bosh vazir qabulxonasi vakillari hamda boshqa tashkilot, korxona va idoralarning mas’ul mutasaddi xodimlari ishtirok etishdi.

Avvalgi sahifalarimizda koronavirusdan saqlanish choralari hamda pandemiyaning iqtisodiyotga ta’sirini yumshatishga qaratilgan islohotlar haqidagi maqolalarni e’tiboringizga havola qilgan edik.