Ultimate magazine theme for WordPress.

U MENING ONAM

28

SHYE’R

U MENING ONAM

Siynasi bukilgan yelka ortida,

Bir mushfiq, bir hoksor ayolni ko’rdim

Shunda zim ko’zlarim hayol tortdi-da,

Nigohim uzolmay, o’ylarim so’rdim

 

Qo’llari mehnatdan bo’libdi qadoq,

Tizzasi joynamoz ustida uhlar,

Ko’zlari yoshlanib tolmadi qandoq?

Uning nolasidan tebranar ruhlar.

 

Jismidan-da kichik tushar soyasi,

Oh nechun, yurakda kata dardlari

Qulay deb turibdi, sabr qoyasi

Bo’g’zini kuydirar hayot shartlari.

 

Qarshisida turar ulkan poydevor

Zabt etay deydi-yu, charchadi biroz,

U axir yolg’iz, u axir ayol

O’zgadek yurdimi zeb qilib pardoz!?

 

Bilmadi, umri ham o’tdi yugurib

Yashadi hamisha topmay halovat.

Hasta bo’ishga ham qo’ydi ulgurib,

Shunda ham aytar, tinmay salovat

 

Taqdirga ko’nikkan u mungli ayol,

Faqat farzand uchun yashar barhayot

U ham farzandidek surgandi hayol,

Orzulari bo’ldi ming qatra bayot

 

O’ylarim poyoni tugamay butun,

Bag’riga chorladi kel deya onam,

O’shal halovatsizn shul mushfiq bugun-

U mening onamdir, u mening onam…

Nozimaxon Nurmatova

Hamisha xushkayfiyat Sizga hamrox bo‘lsin!

Ushbu web-sayt ma’muri hamda oddiy bir inson sifatida Sizga va oilangizga Allohdan, sihat-salomatlik, tinchlik va hotirijamlik, baxtli hayot kechirish hamda boshlagan ezgu ishlaringizda omad nasib etishini chin dildan tilab,

Hurmat va ehtirom ila, Qobiljon Ataxanov

P.S. Sizga she’r manzur kelgan bo‘lsa, iltimos, ijtimoiy tarmoqlarning tugmalaridan birini bosib yaqinlaringiz bilan o‘rtoqlashing!

She’riyat gulshanidan bahra olish istagingiz bo‘lsa, marhamat ushbu manzilga tashrif buyursangiz barcha to‘plangan she’rlar jamlanmasi bilan tanishish imkoniga ega bo‘lasiz.

E’tiboringizga taqdim etilayotgan she’rlarga munosabat bildirib, o‘z sharhingizni yozib qoldirsangiz bag‘oyat hursand bo‘laman va oldindan o‘z minnatdorchiligimni izhor qilaman!