Последние новости
Домой » INTERNET BIZNES » Google AdSense — Internetda pul ishlashning eng qulay va ishonchli usuli.
Google AdSense — Интернетда пул ишлашнинг энг қулай ва ишончли усули!

Google AdSense — Internetda pul ishlashning eng qulay va ishonchli usuli.

Google kompaniyasining global tarmoqda tutgan o’rni

Assalomu alaykum, muhtaram va aziz mehmonlar hamda sayt muhlislari!

Internet tarmog’iga ulanib, izlash tizimlarida qidirish uchun Internetda pul ishlash… jumlasini kiritsangiz, oradan bir soniya o’tmay qarshingizda bir qancha web-saytlar namoyon bo’ladi, sekin-asta ularni ko’zdan kechirish maqsadida birma-bir tashrif buyursangiz har xil yo’llar va usullarda daromad olishni tavsiya etishdan iborat bo’lgan ma’lumot va maslahatlar beruvchi maqolalar, audio va videolavhalarni ko’plab uchratish mumkin.

O’zimning bevosita xizmat vazifalarimni bajarish bilan bog’liq ayrim bir vaziyatlarni inobatga olgan holda Sizning doimiy e’tiboringizda bo’lgan shaxsiy web-saytimda bir muncha vaqt davomida yangi maqolalar chop etishimning imkoniyati mavjud bo’lmadi, buning uchun oldindan uzr!

Navbatdagi maqolamda Sizlar bilan uchrashib turganimdan bag’oyat hursandman va bugungi maqolada men Sizning e’tiboringizga Internet tarmog’ida ajoyib va dunyoda eng ko’p mijoz to’plash imkoniga sazovor bo’lgan hamda o’zining bevosita ko’rsatayotgan xizmatlari yordamida kishilarga buyuk tarmoqdan imkon qadar ko’proq pul ishlab topishdek eng dolzarb masalada katta imkoniyat va shart-sharoitlar yaratib berayotgan Google AdSense tizimi haqida atroflicha va to’laqonli ma’lumot berishga harakat qilaman.

Bugun biz Sizlar bilan birgalikda, Google AdSense tizimi — Internetda pul ishlash bo’yicha qanday o’rin egallashiga bag’ishlangan mavzu yuzasidan suhbatlashamiz.

Google AdSense — Internetda pul ishlashning eng qulay va ishonchli usuli.

Hozirgi davrdagi har bir Internet foydalanuvchilari orasida butun dunyo hamjamiyatini o’rgimchak to’riga uzviy bog’lab turgan eng qudratli Google kompaniyasining global tarmoqda tutgan o’rni haqida eshitmagan yoki bilmagan odam bo’lmasa kerak, to’g’rimi?

Bilaman, bu savolga ushbu tarmoqdan foydalanuvchi har birimiz bir ovozdan – “ha, hammamiz yaxshi bilamiz” – deb javob beramiz. Lekin hammamiz ham ushbu kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan barcha imkoniyatlar, qulayliklar va yaratilgan shart-sharoitlarning xususiyatlari haqida to’laqonli tushunchalarga egamizmi? – degan savolga aksariyat Internet tarmog’idan foydalanuvchilar to’liq javob taqdim eta olmaydilar.

Internet tarmog’idan eng faol foydalanuvchi sifatida ajralib turuvchi ayrim hamyurtlarimiz mazkur kompaniyaning tarmoq foydalanuvchilariga taqdim etayotgan xizmatlari, ularga yaratilayotgan qulayliklar, komfort shaklidagi shart-sharoitlarni taqdim etishi hamda foydaluvchilarni nafaqat o’zining xizmatlaridan foydalanishlari bilan cheklanib qolmasliklarini ta’minlash bilan bir qatorda, o’z tizimiga qarashli bo’lgan yo’nalishlar yordamida yaxshigina daromad orttirib olishlari uchun ham to’laqonli imkoniyatlar yaratib berganligini yaxshi bilsalarda, ba’zi bir kishilarimiz yoki Internet tarmog’idan foydalanishni endigina boshlagan yangi mijozlar esa bunday imkoniyatlar haqida batafsil tushunchalarga mutlaqo ega bo’lmasliklari mumkin.

Google AdSense tizimi bugungi kundagi Internetda pul ishlab topishning eng oson, tez va real natijalar beruvchi yagona va eng ishonchli, shu bilan birga kafolatlangan usullaridan hisoblanadi, ushbu mavzuning kengroq talqinda tasavvur qilishingiz uchun Internetda pul ishlash sirlari mavzusiga bag’ishlangan maqolalarimni har birini birma-bir batafsil o’qib, tanishib chiqsangiz kifoya bo’ladi.

Google AdSense tizimida passiv daromad olish

Google AdSense tizimi yordamida Internet tarmog’ida muntazam ravishda pul ishlab topish ushbu tarmoqda faoliyat yurituvchi info-biznesmenlar tilida “passiv daromad olish” deyiladi.

Passiv daromad deganda, biz nimani tushunmog’imiz lozimligini ko’rib chiqsak. Bunda biz, “Siz ishlamasangiz ham Sizga pul to’lanaveradi” — degan ayrim kishilarimiz ongiga o’rnashib qolgan yoki noto’g’ri tushuncha sifatida keltirib chiqaradigan fikrlardan farqlab olishimiz zarur.

O’z navbatida — “Siz ishlamasangiz ham Sizga pul to’lanaveradi” – degan tushuncha ko’pchilik kishilarimiz orasida ko’plab uchrab turadi, bu albatta ko’chma ma’noda ishlatiladigan so’zlar birikmasidir. Aslida, esa ishlamaydigan yoki ishlashni mutlaqo istamaydigan kishilarga tarmoqda hech qachon o’z-o’zidan pul to’lanmaydi, bu o’z isbotini to’liq topgan ayni bir haqiqatdir.

Men doim bir narsaga hayron bo’laman, axir real hayotimiz kabi Internet tarmog’ida ham ishlamagan odamga hech kim hech qachon ish haqi to’lamasligini, ya’ni biror-bir real faoliyat bilan shug’ullanmasangiz yoki biror-bir vazifani bajarmasangiz tarmoqdan daromad olishning hech qanday imkoni yo’qligi haqidagi oddiygina hayotiy haqiqatni tushunmasliklariga aqlim bovar qilmaydi.

Google AdSense — Internetda pul ishlashning eng qulay va ishonchli usuli.

Aksariyat hollarda Internet tarmog’idagi izlash tizimlariga hamyurtlarimiz tomonidan kiritilayotgan so’rov (zapros)larini uchratib yoqa ushlab qolasan kishi. Kiritilayotgan so’rovlar qanday – deysizmi?

Mana o’zingiz e’tibor bering, “Internetda sarmoyasiz pul ishlash”, “Internetda pul tikmasdan daromad olish”, “Internetda mablag’ sarflamay daromad olish”, eng kulguli va ajablanarlisi – Internetda ishlamay turib daromad olish”, yana bu ham etmagandek, so’rovnomalarning oxiriga “… yo’llari” yoki “usullari”ni qo’shib qo’yishadi.

Bular darhaqiqat kulguli emasmi? Albatta bu ham kulguli, ham ajablanarli holatlardir. Nega odamlar ishlamay turib yoki biror bir sarmoya tikmay turib daromad orttirishni izlashadi hayronman, nahotki, bunday imkoniyat na real hayotimizda, na Internetda mavjud bo’lmasligini bilmasalar yoxud tushunmasalar, qiziq?!

Yuqoridagi so’rovnomalarga o’xshash reklamalarni tarmoqda juda ham ko’p uchratish mumkin, lekin ular haqiqatdan mutlaqo yiroq narsalardan boshqasi emas. Ularning aksariyati, real hayotimizda uchrab turadigan firibgar “muttaham”lar kabi Internet tarmog’idagi firibgarlar tomonidan o’ylab topilgan firibgarlik usullaridan boshqa narsa emas. Bunday ulovlarga aldanib, ular taklif etadigan usullardan foydalanishni mutlaqo tavsiya etmayman.

O’zingiz bir tasavvur qilib ko’ring, Siz biror bir savdo qiluvchi do’kon ochib, uni jihozlab, savdo-sotiq qilish uchun mahsulotlar bilan to’ldirib, uni ishga tushirib, so’ngra daromad olishga kirishasiz to’g’rimi? Unga avvalam bor binoni yoki sotib olasiz yoxud ijara kelishuviga asosan vaqtincha foydalanishga olasiz, buning uchun to’lovlarni amalga oshirish kerakmi, albatta kerak.

So’ngra, savdo-sotiq bo’yicha xizmat ko’rsatish uchun do’konni mahsulotlar bilan to’ldirish kerakmi, juda ham kerak. Bular uchun har kim ham sarmoya tikmay yoki unda ishlamay, ya’ni mehnat qilmay turib ham daromad olishi mumkinmi, menimcha yo’q albatta?!

Agar mening bu gaplarimga ishonmaydigan kishilar orangizda uchrasa, menga albatta maqolam ostida sharh sifatida izoh yozib qoldirsangiz, men Sizni barcha shubhalantirayotgan savol yoki muammolaringizga, shu masaladagi holatlarga asoslantirilgan javob yoki batafsil tushuntirish berishim mumkin.

Google AdSense — Internetda pul ishlashning eng qulay va ishonchli usuli.

To’g’ri, Google AdSense tizimi yordamida tarmoqda pul ishlab topishning eng ishonchli, oson va tez orada real natija beruvchi usul sifatida Internet sarhadlarida keng ommalashgan, lekin uni noto’g’ri talqin qilish kerak emas deb hisoblayman.

Haqiqatan ham bu usul tarmoqdan pul ishlab topishning juda ham qulay, ishonchli va kafolatlangan usullar orasida birinchi raqam sifatida e’tirof etilgan va mazkur usuldan bevosita foydalangan holda real hayotdagi asosiy ish joyingizda oladigan oylik ish haqingizdan bir necha barobar ko’prog’ini ham “ishlab, yana bir bor takrorlayman faqatgina ishlab” topsangiz bo’ladi. Uning boshqacha usullari hali odamzot tomonidan yaratilmagan va kelajakda ham yaratilishi gumondir.

To’g’ri, Google AdSense tizimi yordamida pul ishlab topish bu real haqiqat, men buni reklama qilish yoki o’z hamkorlik havolamni Sizga tavsiya etish bilan bunga Sizni jalb qilmoqchi emasman, faqatgina uni Sizga real pul ishlab topish manbai sifatida tavsiya etaman xolos.

Bir qarashda bu gap ertakka o’xshaydi, lekin bunday faoliyat yuritish orqali bir qancha ko’plab miqdorda pul ishlab topayotgan odamlar nafaqat chet elda yashovchi info-biznesmenlar orasida, balki Siz yashab turgan shahar yoki qishlog’ingizda ham topilishi aniq, faqatgina Siz ularni tanimaysiz yoki ular bilan uchrashmagan bo’lishingiz mumkin.

Passiv daromad haqida to’liqroq tushunchaga ega bo’lishingiz uchun real hayotdan misol keltirishga harakat qilaman. Bunga real hayotdagi passiv daromadga eng yaxshi misol sifatida biror bir uy-joy yoki binoni ijara (arenda)ga berish orqali pul ishlashni ko’rsatish mumkin. Tasavvur qilaylik, ijaraga beruvchi o’ziga mulk sifatida tegishli bo’lgan beshta uy-joyini yoki bino inshootini ijaraga berdi.

Kommunal to’lovlarga ajratiladigan harajatlardan tashqari mijozlar har oyda ijara beruvchiga ma’lum bir miqdorda pul mablag’i to’lab borishadi. Har bir uy-joydan yoki binodan deylik, misol tariqasida bir oyda 100 AQSh dollari miqdorida daromad olinishini hisobga olsak, mulk egasi har oyda 500 AQSh dollari miqdorida passiv daromad ko’rib boradi.

To’g’ri, bu daromad har oyda 500 AQSh dollari miqdorida unga har oyda oyma-oy u ishlasa ham, ishlamasa ham to’lab borilaveradi. Lekin shu o’rinda bir narsani yodimizdan chiqarmasligimiz lozimki, ushbu misolda keltirib o’tgan kishimiz qachonlardir o’z mehnati natijasida orttirgan daromadlari hisobidan ushbu mulklarni sotib olib, uni ijaraga berish yo’li orqali daromad qilmoqda. Bu ishlamay turib ham daromad olish turiga kirmaydi, bu usul sarmoya kiritish orqali daromad orttirish turiga taalluqlidir.

Google AdSense tizimida qanday tarzda yoki qanday yo’llar orqali pul ishlash mumkin?

Endi Google AdSense tizimining xususiyatlarini baholashga to’xtaladigan bo’lsak, ushbu tizim ham uy-joy yoki bino inshootni ijaraga berish kabi mulk egasiga muntazam ravishda foyda keltiradigan daromad manbaidir. Siz ushbu tizim yordamida har haftada etti, har bir oyda taxminan o’ttiz, bir yilda esa uch yuz oltmish besh kechayu-kunduz davomida uzluksiz ravishda tarmoqdan daromad orttirib borishingiz mumkin.

Google AdSense — Internetda pul ishlashning eng qulay va ishonchli usuli.

Google AdSense tizimining ajoyibligi va betakrorligi shundan iboratki, Siz uxlayotgan vaqtingizda ham, asosiy ish faoliyatingiz bilan mashg’ul bo’lgan paytingizda ham, mehnat ta’tili davrida dam olish maskanlarida xordiq chiqarayotgan davringizda ham, chet elga sayohatda yurgan kunlaringizda ham, umuman olganda kechayu-kunduz tinimsiz tarzda Sizga daromad keltirish yo’lida xizmat qiladi.

Bir so’z bilan qisqacha qilib aytganda, Google AdSense tizimi beto’xtov, tinim bilmay Sizga qayg’urib ishlayveradi, ishlayveradi, Siz esa faqatgina daromadni hisob-kitob qilish bilan mashg’ul bo’lasiz! Keladigan daromad ham o’zimizning milliy valyutamizda emas, balki AQSh dollari ko’rinishida Sizning nomingizga tinimisiz kelib turadi.

X-o’-o’-o’-sh, endi biz uchun nima ish qilish qoladi?, — deb so’rarsiz, biz esa ularni sarflashimiz lozim bo’ladi. Sarflaganda ham ularni o’z joyiga, aqlni peshlagan holda to’g’ri yo’lni tanlabgina sarflashimiz zarurdir. Chunki, har bir bizga berilayotgan imkoniyatlar albatta bu dunyoda hisob-kitobliligini unutmasligimiz lozim.

Shu o’rinda, aziz do’stim Sizda, — xo’sh Google AdSense tizimida qanday usulda yoki qanaqa yo’llar orqali pul ishlash mumkin? – degan savol tug’ilishi tabiiydir. Men quyida Sizga ushbu savol yuzasidan qisqaroq va tushunarli tarzda javob berishga harakat qilaman. Sizning eng avvalo qiladigan ishingiz o’zingiz yaxshi tushunadigan, barcha sir-asrorlarini to’laligicha biladigan soha, mutaxassislik yoki faoliyatingizga doir web-resurs, ya’ni web-sayt, shaxsiy blog yoki informatsion portal yaratishingiz zarur bo’ladi.

Agar Sizda ularning yaratilishi bo’yicha tushunchalar, lozim darajadagi malaka va tajriba etarli bo’lmasa yoxud Siz ularni o’zlashtirishni istamasangiz marhamat qilib mening ushbu blogimning web-sayt, shaxsiy blog yoki informatsion portal yaratishga bag’ishlangan darsliklarim nashr qilinadigan turkumga tashrif buyurib, unda chop etib borilayotgan maqolalar hamda darsliklar bo’yicha qo’llanmalar bilan birma-bir tanishib borsangiz, buning uddasidan albatta chiqasiz.

Demak, Sizda web-resurs mavjud deb hisoblaydigan bo’lsak, Siz ushbu resursingizdan Google AdSense tizimining reklamalari uchun o’zingiz istagan qismidan joy ajratasiz, ushbu joyga tizimning reklamalari joylashtirilgach web-resursingiz faoliyat yuritishi natijasida Sizga daromad oqib kelaveradi.

To’g’ri, albatta birdaniga katta hajmdagi mablag’ kelmaydi, ushbu tizim yordamida pul ishlab topishni boshlaganingizdan keyin o’z web-resursingizni Internet tarmog’ida muntazam ravishda rivojlantirib, ommaboplashtirib borishingiz va buning uchun ma’lum miqdorda vaqt ajratishingiz, diqqatingizni bir erga jamlagan holda mehnat qilishingiz zarur bo’ladi.

Xo’sh bunday mehnat nimadan iborat bo’ladi? – deb so’rashingiz mumkin, bu savolga men quyidagi tarzda javob beraman. Buning uchun Siz o’z web-resursingizni eng avvalo insonlar uchun foyda keltiruvchi ma’lumotlar, axborotlar, audio yoki video fayllar, suratlar, qo’shiqlar, matnlar umuman olganda hozirgi kunda odamlarni ko’proq qiziqtirayotgan masalalar yuzasidan to’plangan barcha yo’nalishlardagi eng dolzarb, qiziqarli bo’lgan va aynan insonlar uchun birinchi navbatda naf beruvchi informatsiyalar bilan boyitib borishingiz shart.

Shu o’rinda yana yuqoridagi ijara misoliga qayta murojaat qilamiz, mulk egasi uy-joylarni yoki bino inshootlarni ijaraga berish orqali pul topishdan avval ularni shaxsiy mulki sifatida xarid qilib olishi, ularni ta’mirlashi, jihozlashi va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishi uchun ma’lum bir muddat vaqt, kuch va pul mablag’lari sarf qilishiga to’g’ri keladi, bu tabiiy jarayon. Hamma narsalar tayyor bo’lganidan keyingina ularni o’zga shaxslar tasarrufiga foydalanish uchun o’tkazganidan so’ng keladigan mo’maygina daromadni olishni boshlaydi.

Google AdSense — Internetda pul ishlashning eng qulay va ishonchli usuli.

Google AdSense tizimi ham xuddi shunday, Siz o’z shaxsiy web-resursingizdan unga ijara uchun joy ajratib berasiz, ushbu tizim esa unga o’z xizmatlarini yoki savdo-sotiq faoliyatini reklama qilib berish to’g’risida buyurtma bergan mijozlarning reklamalarini Sizdan ijaraga olgan joyiga joylashtiradi va Sizning web-resursingizga tashrif buyurgan mijozlaringiz yoki muhlislaringizga namoyish qilish orqali ma’lum bir miqdorda daromad oladi.

Umumiy hisobda olgan daromadlarining bir qismini o’zining ehtiyojlari uchun ajratib olib, qolgan qismini Sizning hisobingizga to’lab beradi. Mana Sizga, buyuk arifmetiklar tomonidan yaratilgan hisob-kitob shundan iborat, menimcha tushuntirishlarimdan qoniqish xosil qildingiz deb o’ylayman.

Agarda bular ham Sizda to’laqonli tasavvur qoldirmagan bo’lsa, maqola ostida uni sharhlash yo’li bilan o’z izohlaringiz bilan birga savollaringizni yozib qoldirsangiz, birinchidan buning uchun minnatdor bo’laman, ikkinchidan savollaringizga yanada batafsilroq ma’lumotlarga asoslangan maqola tayyorlab, atroflicha tushuntirish berishga harakat qilaman.

Agar Siz hozir Internetda pul ishlash sirlarini mukammal tarzda o’zlashtirib olishingiz uchun bir oz vaqtingiz ajratib, diqqatingizni shu yo’nalishga sarflab global tarmoq tizimidan pul ishlab topish haqida yaxshi bilim olish, mazkur yo’nalishda Sizga naf keltiruvchi kerakli narsalarni o’rganish istagida bo’lsangiz, mening shaxsiy blogimda chop etib borilayotgan har bir maqolalarni birma-bir o’qib boring, shu bilan bir qatorda unda berilayotgan tavsiyalarni amalda bajarib borsangiz tez kunlarda o’z oldingizga qo’ygan maqsadingizga albatta erishasiz.

Buning natijasida Siz tomoningizdan sarflangan vaqt va mehnatlaringiz ertaga Sizga Google AdSense tizimi daromad keltira boshlaydi. Shundan so’ng, Sizning birgina qiladigan ishingiz har oy o’z shaxsiy web-resurslaringiz orqali keladigan dollarlarni sanashdan iborat bo’lib qoladi.

Google AdSense tizimidan ko’proq miqdorda pul ishlab topish uchun reklamalar joylashgan web-resurslaringizni global tarmoq tizimida har tomonlama va har jihatdan rivojlantirishingiz hamda ommalashtirishingiz kerak bo’ladi.

Ha, albatta bu oson ish emas, bunga erishish uchun bir muncha ter tekib mehnat qilishingiz zarur bo’ladi hamda unda ko’plab-ko’plab uzluksiz ravishda ma’lumotlar, axborotlar va maqolalar chop etib borish bilan birga, odamlar uchun naf keltiruvchi boshqa turdagi fayllar bilan ham boyitib borishingiz lozim.

Shuning bilan bir qatorda, Google AdSense tizimi yordamida daromad orttirishning barcha jihatlari faqatgina shu narsalarga bog’liq emas, Sizning web-resurslaringiz ko’proq miqdorda daromad keltiradigan darajada bo’lishi uchun uning domen nomiga, xosting xizmatining sifat darajasiga, web-resursingizni brauzerda yuklanish va ishlash tezligiga, uning tashqi dizayni (ko’rinishi)ga, web-resurslaringizda nashr qilinadigan ma’lumotlar, axborotlarning foydalanuvchilar uchun qiziqarli bo’lishi bilan birga, ularga naf keltirish yoki keltirimaslik jihatlariga, umuman olib aytadigan bo’lsak, web-resursingizning juda ko’p jihatlari qancha miqdorda foyda olishingizni hal qilishda muhim o’rin tutadi.

Agarda Sizda web-sayt, shaxsiy blog yoki informatsion protal yoxud korporativ sayt yaratish istagi tug’ilgan bo’lsa, men o’zim tomonimdan shu yo’nalishda muntazam ravishda tayyorlanib, nashr qilib boriladigan maxsus o’quv darsliklar bo’yicha maqolalarimni birin-ketin o’zlashtirib borsangiz, tez orada o’z shaxsiy web-resursingizni to’laqonli yaratish sirlarini o’zlashtirib olasiz. Men esa o’z navbatida Sizga omad va matonat tilab qolaman.

Google AdSense tizimi yordamida qanday mavzudagi web-resurslarda pul ishlash mumkin?

Ushbu savolga to’laqonli ishonch bilan aytamanki, Sizning web-resursingizning tanlangan mavzusi unchalik katta rol o’ynamaydi, Google AdSense tizimi har qanday mavzu va hajmdagi, katta, kichik yoki uncha katta bo’lmagan o’rtacha hajmdagi web-resurslarga ega bo’lgan web-usta (master)larga o’z shaxsiy web-resurslarida ushbu tizimning reklamalarni namoyish qilish orqali tez va oson darajada pul ishlab topish imkoniyatini yaratib beradi.

Google AdSense — Internetda pul ishlashning eng qulay va ishonchli usuli.

Bundan tashqari, Google AdSense tizimining o’zi Sizning web-resursingizni ko’proq qidiruv natijalarida chiqarib berishga, resursingizni tezroq ommalashishiga hamda unga ko’proq foydalanuvchilar kirishiga yordam beradi. Chunki, Sizning web-resursingizga bir kunda qancha ko’p foydalanuvchilar tashrif buyursa, uning reklamalari ham unga shuncha ko’p miqdorda daromad keltiradi, shu bilan birga Sizga ham to’lov miqdori ortib boradi.

Xo’sh, tarmoqdan pul ishlab topishingiz uchun web-resursingizga qanday reklamalarni qo’yishingiz kerak? Mazkur tizimning eng ajoyib va muhim qulayliklaridan biri ham shuki, u ham bo’lsa Siz bu haqida mutlaqo bosh qotirishingiz shart emas.

Barcha zarur ishlarni Google AdSense tizimining o’zi Siz uchun ularni amalga oshiradi. Siz faqatgina uning tomonidan taqdim etiladigan maxsus reklama kodlarini o’z shaxsiy web-resursingizga joylashtirib qo’yasiz, Google AdSense tizimi esa web-resursingiz tematikasi va mavzusi aynan qanday yo’nalishda ekanligini o’zi aniqlab, ularga mos keladigagn reklamalarni o’zi ko’rsatib boradi.

Masalan, Siz uy hayvonlaridan biri bo’lgan it boqish, ularni asrash, sayr qildirish, nasl qoldirish va hokazolar haqida web-resurs yaratgansiz va Siz shu yo’nalishdagi qiziqishlaringiz yuzasidan ma’lumotlar nashr qilib, boshqa turdagi fayllar bilan boyitib borasiz, Google AdSense tizimining o’zi web-resursingizda itlar uchun maxsus oziq-ovqatlar, ular uchun xizmat ko’rsatadigan do’konlar, dorixonalar va ularni davolovchi yoki parvarishlovchi muassasalar, ular kasallanganda ishlatiladigan dori-darmonlar haqida ma’lumotlarni taqdim etuvchi korxona, tashkilot va muassasalarning reklamalarni ko’rsatib boradi.

Demak, bundan ko’rinib turibdiki, Sizning web-resursingizga tashrif buyuruvchilar nafaqat itlarni boqish yoki saqlash bilan bog’liq ma’lumotlarni olibgina qolmay, reklama yordamida ularni parvarishlash hamda davolash bo’yicha ham to’laqonli ma’lumotlar olishlari mumkin bo’ladi. Bu shuni anglatadiki, Sizning web-resursingiz insonlar uchun eng muhim bo’lgan ma’lumotlarni ulashmoqda, aynan shu jihatdan ham odamlar uchun naf keltiruvchi web-resurs sifatida baholanib, uni tarmoqda yanada rivojlanishi uchun yordamlashadi.

Bundan tashqari, agar o’z web-resursingizga Google qidiruv tizimini ham joylashtirsangiz, Sizning web-resursingiz orqali amalga oshirilgan qidiruv natijalari bilan birga Sizning resursingizdagi reklamalar ham ko’rsatilib boriladi.

Google AdSense tizimiga qanday a’zo bo’lish mumkin?

Menimcha bundan osonroq ish bo’lmasa kerak deb hisoblayman, chunki Google AdSense tizimi a’zo bo’lishni hozirgi kunda maktab o’quvchisi ham eplab oladi. Oddiygina qilib tushuntiradigan bo’lsam, Google kompaniyasi tizimida tegishli tartibda ro’yxatdan o’tib, maxsus elektron pochta qutisini shakllantirasiz, agarda Sizda bu masalada qiyinchilik yuz bersa yoki uni amalga oshirishni bilmasangiz, mening aynan shu mavzuga bag’ishlangan maqolamni o’qib, tanishib chiqsangiz va unda amalga oshirish lozim bo’lgan vazifalarni birma-bir men tomonimdan ko’rsatilganidek bajarsangiz, bunga albatta erishasiz.

Google AdSense — Internetda pul ishlashning eng qulay va ishonchli usuli.

Mazkur tizimda ro’yhatdan o’tganingizdan so’ng, Google kompaniyasi tizimiga qarashli barcha yo’nalishdagi xizmatlardan birgina shu akkauntingizdan foydalanib ishlashingiz mumkin bo’ladi. Shundan so’ng, o’z shaxsiy akkauntingiz yordamida Google AdSense tizimiga kirib, u erdagi Siz tomoningizdan to’ldirilishi lozim bo’lgan formani batafsil ma’lumotlar bilan to’ldirib chiqasiz va ushbu tizimning reklamalarini joylashtirishni rejalashtirgan o’z shaxsiy web-resursingizning “url” manzilini ilovada qayd etib ko’rsatasiz.

Binobarin ushbu masalada ham Sizda to’laqonli tushuncha mavjud bo’lmasa, mening mazkur mavzularda tayyorlangan va chop etilgan mazkur manzildagi maqolalarimni birin-ketin o’qib, o’zlashtirsangiz buni albatta uddalaysiz deb hisoblayman.

Mazkur tizimda ro’yxatdan o’tganingizdan so’ng, Google AdSense kompaniyasi mutaxassislari tomonidan Sizning a’zoligingiz tasdiqlangan taqdirda, o’z a’zolik akkauntingizdagi shaxsiy kabinetingizga kirib kerakli hajm va ko’rinishdagi reklama kodlarining nusxa sifatida ko’chirib olib, o’z shaxsiy web-resursingizning maxsus ajratilgan joylariga qo’yishingiz va uning namoyish etilishi natijasida pul ishlashni boshlashingiz mumkin bo’ladi.

Kompaniya tomonidan a’zolikni tasdiqlash jarayoni odatda ko’p vaqtni talab qilmaydi, eng uzog’i bilan 48 soat davomida a’zoligingiz yoki tasdiqlanadi yoki rad etiladi. Buning sabablari juda ham ko’p bo’lishi mumkin, lekin mazkur mavzu mutlaqo alohida yondoshuvni talab etganligi bois, shu mavzuga bag’ishlangan maqolada bu to’g’risida batafsil tushuntirishlar berib o’tishga harakat qilganman.

Google AdSense kompaniyasi tizimida qancha miqdorda pul ishlab topish mumkin?

Sizning veb-resursingiz Internet tarmog’ida qanchalik rivojlangan va ommalashtirilgan bo’lsa, unga bir sutka davomida qancha ko’p odam web-resursingizga kirib, undagi qiziqarli ma’lumotlar va axborotlar bilan tanishish jarayonida mazkur reklamalardagi havolalarning birini bosib reklama qiluvchining web-resursiga o’tsa Sizning hisobingizga shuncha ko’p miqdorda pul tushib boraveradi.

Agar, Sizning web-resursingizdan reklama qiluvchining web-resursiga o’tgan foydalanuvchi, o’sha reklama qilinayotgan mahsulotni yoki biror-bir boshqa mahsulotni xarid qilish (bunda xizmat ko’rsatish turlari ham bo’lishi mumkin) uchun buyurtma berib, to’lovni amalga oshirsa, unda Sizning ko’radigan daromadingiz yana bir necha barobar ko’payveradi.

Shuningdek, Sizning web-resursingizda Google AdSense tizimining reklama kodlari joy olganidan so’ng, shaxsiy akkauntingizdagi kabinetingizda har bir reklama materiallari, ularning qaysi biri qancha miqdorda daromad keltirayotganligi, qaysi biri samarasiz ishlayotganligi haqida to’liq axborotlar va web-resursingizni Internet tarmog’idagi faoliyati davomida kelayotgan daromadlarning hisob-kitobi haqida batafsil hisobot ko’rsatib boriladi.

Google AdSense — Internetda pul ishlashning eng qulay va ishonchli usuli.

O’z navbatida Sizda, — olinayotgan daromad uchun soliq to’lanadimi? – degan savol tug’ilishi mumkin. Bu savol albatta dolzarb bo’libgina qolmay, hozirda ko’pgina web-usta (master)larni bir xilda tashvishlantirib kelayotgan munozarali masaladir. Bu mavzuga atroflicha va kengroq tushuntirish berish maqsadida shu mavzuga bag’ishlangan maqolada batafsil ma’lumotlar yoritib berilgan.

Xo’sh, Google AdSense tizimi shuncha ko’p veb-resurslarga reklama materiallarini qaerdan etkazib beradi? Ushbu kompaniya dunyo hamjamiyatida faoliyat yuritib kelayotgan juda ko’plab katta va kichik, mahalliy va xorijiy kompaniya, firma, tashkilotlar, umuman olganda o’z mahsulotlari va ko’rsatadigan xizmat turlarini taqdim etuvchi sub’ektlar bilan reklama qilish ishlarini amalga oshirish bo’yicha uzluksiz va beto’xtov shartnomalar tuzib boradi.

Chunki ushbu kompaniya barcha tadbirkorlik sub’ektlari hamda yuridik shaxslar tomonidan Internet tarmog’ida reklama ishlarini amalga oshiruvchi eng qudratli, ishonchli va o’z shon-shuhratiga sazovor bo’lgan kompaniya sifatida qadrlanadi va e’zozlanadi. Buning eng yagona sababi, u butun dunyo hamjamiyatida faoliyat yuritayotgan barcha sub’ektlarni, hox u fuqaro bo’lsin, hox u yuridik shaxs bo’lsin hammani birdek, halol va aldovsiz ishlashga da’vat qiladi, o’zi ham ana shu tamoyilga qat’iy amal qiladi. Agarda ushbu kompaniya bilan tuzilgan shartnoma talablariga amal qilmaganlarni yoki uni aldashni maqsad qilgan shaxslarni tezda aniqlab, ushbu shaxslarga nisbatan qat’iy jazo choralarini qo’llaydi.

Buni oddiyroq qilib tushuntiradigan bo’lsam, bu shundan iboratki, Sizning web-resursingiz uyda boqiladigan itlarni parvarishlash va ularni saqlashga bag’ishlangan bo’lsayu, Siz o’z web-resursingizda Google AdSense tizimi reklamalarini namoyish qilish bo’yicha tomonlar o’rtasida tuziladigan shartnomada taqiqlangan, ya’ni tamaki, spirtli ichimliklarni yoki insoniyatning shaxsiyatiga qarshi qaratilgan o’ta shafqatsiz munosabatda bo’lish to’g’risidagi materiallarni reklama qilishni amalga oshirsangiz, Sizning ushbu tizimdagi akkauntingiz zudlik bilan “qora ro’yxatga” kiritib qo’yiladi.

Shu bilan bo’ldimi, hammasi shumi, shunga ham shuncha vahimami? – deb o’ylayotgan bo’lsangiz xato qilasiz. Bu hali hammasi emas, eng avvalo “qora ro’yxatga” kiritilasiz, keyin Sizning web-resursingiz Internet tarmog’idagi izlash tizimlaridagi egallab turgan pozitsiyalari bekor qilinadi va namoyish etilishi bo’yicha “bann”, ya’ni taqiq qo’yiladi va qidiruv tizimlarida ko’rsatilmay qo’yiladi.

Google AdSense — Internetda pul ishlashning eng qulay va ishonchli usuli.

Bundan keyin o’z web-resursingizni Internet tarmog’idan o’zingiz ham qidirib topa olmay qolasiz. Bu degani, uning barcha sifatlari, ko’rsatgichlari va unga foydalanuvchilarning barcha so’rovlari bo’yicha taqdim etish ishlari bekor qilinadi va foydalanuvchiga Sizning web-resursingiz qayta ko’rsatilmaydi. Mana endi bu tamom degani hisoblanadi.

Qani endi shu bilan tamom bo’lsa edi, bu ham hali hammasi emas, endigi navbat Sizning hisobingizda to’plangan mablag’larga qaratiladi va ularning to’lovlari bekor qilinib, kompaniya hisobiga o’tkazib yuboriladi. Qarab turibsizki, shuncha mehnat qilib, shuncha vaqt ajratib qilgan barcha harakatlaringiz birgina shuning o’zi bilan yakun topadi.

Shuning uchun Google AdSense tizimi bilan hamkorlik qilishni boshlagan vaqtingizdan e’tiboran, aldov va mug’ombirlikni mutlaqo ishlatilishiga yo’l qo’ymang, bu yaxshi natijalarga olib kelmaydi. Endi eng achinarli bir holatni tushuntirishga harakat qilaman, bu shunda ifodalanadiki, Siz endi o’z shaxsiy web-resursingizni yangitdan yaratib, uni Internet tarmog’iga joylashtirib, yana mutlaqo noldan boshlab ommalashtirgan taqdiringizda ham, o’z shaxsiy kompyuteringiz “IP” manzilidan turib Google AdSense tizimidan qaytadan ro’yxatdan o’ta olmaysiz va o’z akkauntingizga kiraolmaysiz hamda uning reklamalarini ham o’z web-resursingizga joylashtirib, buning natijasida daromad ololmay qolasiz. Bu shundan dalolatki, Sizning shaxsiy kompyuteringiz “IP” manziliga taqiq qo’yilgan.

Google AdSense — Internetda pul ishlashning eng qulay va ishonchli usuli.

Mana endi barchasi barbod bo’ldi desak aniqroq bo’ladi. Menimcha boshqacharoq tushuntirishni hojati qolmagan, —  deb o’ylayman. Agar shu tariqa ham to’liqroq va atroflicha tushuntirib bera olmagan bo’lsam, maqola ostida o’zingizni qiziqtirgan savollar bilan birga sharh yozib qoldiring, men albatta bundandan boshqacharoq usullar bilan tushuntirish berishga harakat qilaman.

Endi Google AdSense tizimi Sizning web-resursingiz uchun reklama materiallarini taqdim etishi masalasiga qaytadigan bo’lsak, ushbu tizim Sizning ixtiyoringizga reklama materiallarining ulkan tanlovini tanlash imkonini yaratib beradi. Har qanday tematika va mavzuda web-resurs yaratmang, Google AdSense tizimi Sizning web-resursingiz bag’ishlangan mavzusiga mos keladigan reklamalarni tanlab, ularni topib ko’rsata oladi.

Sizda Google AdSense tizimi qaysi web-resursda qanday reklamalarni joylashtirishni qanday qilib aniqlaydi? – degan savol tug’ilishi mumkin. Google kompaniyasida faoliyat yuritayotgan o’z kasbining bilag’onlari har qanday web-resursning tuzilishi qandayligini, resursning sahifalari qay yo’sinda ishlashini, insonlar hamda jamiyatga qanday naf keltirishi mumkinligi va boshqa bir qator jihatlarini yaxshilab tahlil qilib ko’radilar, natijada barcha ijobiy jihatlarni hisobga olib reklamalarning maxsus murakkab va kundan-kunga takomillashtirilib borilayotgan kodlarini yangilab yaratish borasida tinmay ish olib borishadi va shu yo’nalishda o’z mijozlariga reklamalarni mos tarzda tanlab taqdim etishadi.

Siz Google AdSense tizimi tomonidan taqdim etilgan oddiy va sodda sozlanmalarni o’z web-resursingizga moslaysiz va ajratilgan maxsus joyga o’rnatasiz, qolgan barcha ishlarni kompaniyaning o’zi Sizning o’rningizga bajaradi.

Shuning bilan birga, Google qidiruv tizimining maxsus blogini o’z web-resursingizga joylashtirsangiz Google kompaniyasi Sizga resursingiz orqali amalga oshirilgan har bir qidiruv, har bir natija uchun pul to’laydi.

Qanday reklamalar Google AdSense tizimi tomonidan namoyishga qo’yiladi?

Aziz do’stim, Siz bu masalada huch ham qayg’urmang, Google AdSense tizimi har doim web-resursingizning tematikasi va mavzusiga eng yaqin va mos bo’lgan reklamalarni namoyish qilib boradi. Lekin, ba’zan web-resursingizda yarim yalang’och ayollarning suratlari yoki boshqacharoq yoqimsiz holatlarni tasviri tushirilgan reklamalarni namoyish etilishini istamasligingiz mumkin.

Bu holat uchun ham Google AdSense tizimi Sizga bevosita yordam beradi va uning maxsus reklama filtri yordamida xohlagan turdagi reklamaning resursingizda namoyish etilishini cheklash imkoniga ega bo’lasiz. Bu ishni amalga oshirilishi ushbu tizimning eng maqbul jihatlariga mos keladi va uning o’zi ham buni qo’llab-quvvatlaydi.

Google AdSense — Internetda pul ishlashning eng qulay va ishonchli usuli.

Mazkur reklama filtri yordamida Siz web-resursingizga raqobatdosh bo’lgan resurslarning reklama materiallarini ham namoyish etilishini taqiqlashingiz mumkin. Masalan, Siz it boqish, ularni asrash, sayr qildirish, nasl qoldirish va hokazolar haqidagi ma’lumotlarni taqdim etuvchi web-resurs yaratgansiz, tabiiyki, resursingiz foydalanuvchilari aynan shu sohaga qiziquvchi kishilar bo’lishadi.

Agar Sizning web-resursingizga o’xshash raqobatdosh resurslarning reklamalari Sizning saytingizda namoyish etilsa, tabiiyki Sizning resursingiz foydalanuvchilari ushbu reklamalar orqali mutlaqo boshqa web-resurslarga o’tib ketishlari mumkin. Bu esa shundan dalolat beradiki, Sizning web-resursingiz o’z foydalanuvchilarini yo’qotadi va ushbu foydalanuvchilar yana qaytib kelishi gumon bo’lib qoladi degan gap.

Bu esa o’z navbatida, Sizning web-resursingizni Internet tarmog’ida erishgan shuhratiga hamda egallagan pozitsiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bundan imkon qadar qochish va unga qarshi ijobiy natijalarga erishish borasida kurash olib borish lozim bo’ladi.

Insoniyatga yaxshi ma’lumki, bizning real hayotimiz kechayotgan jamiyatda – “yashash, rivojlanish va taraqqiy etish uchun kurashish” zarurligi tabiiy ato etilgan muhim jihatlar sarasi sifatida ahamiyat kasb etadi.

Shular bilan bir qatorda, Google AdSense tizimining filtrlari va web-usta (master)lar uchun juda qo’l keladigan boshqa sozlanmalarni taqdim etishi, Internetda pul ishlab topish yo’lida amalga oshirayotgan harakatlaringizni ancha osonlashtiradi. Bir so’z bilan aytganda, Google AdSense tizimi Sizning manfaatlaringiz yo’lida tinmay ishlaydi – Siz esa dam olasiz, xordiq chiqarasiz!

Lekin, bu degani – Siz mutlaqo ishlamay, bekorchilikka berilib yuravering, — degani emas. Bunday o’ylaganlar juda ham katta xatoga yo’l qo’yadilar. Siz vaqti-vaqti bilan, hech bo’lmaganda bir hafta davomida kamida ikki yoki uch marta o’z shaxsiy web-resursingizda yangi va muhim bo’lgan yangiliklar, maqolalar, qiziqarli materiallar qo’shib borish bilan boyitishingiz zarurdir, aks holda bee’tiborsizlik qilib uni doimiy ravishda ommmalashtirib bormasangiz, web-resursingiz qidiruv tizimlaridagi egallagan pozitsiyalari tez orada pasayib ketishi mumkin.

Google AdSense — Internetda pul ishlashning eng qulay va ishonchli usuli.

Bu esa eng yomon ko’rinishdagi holatlarga olib keladi va tarmoqdan orttirib borayotgan daromadingiz miqdori ham keskin pasayadi, bora-bora mutlaqo daromad olib kelmaydigan va insonlarga naf keltirmaydigan web-resursi sifatida baholanib, Google tizimi tomonidan “bann” qo’yilishi mumkin. Men albatta, — Sizni bunday holatni yuz berishga yo’l qo’ymaysiz, — deb hisoblayman.

Ishonchim komilki, Google AdSense tizimi tomonidan yaratilgan bunday qulayliklar va imkoniyatlar naqadar puxta o’ylanib, tatbiq etilayotganligiga ushbu tizimga a’zo bo’lib, mazkur dasturda ishlay boshlagan davringizda o’zingiz bularga to’liq amin bo’lasiz!

Men ushbu maqolamni chop etish bilan birga Sizni Google AdSense tizimi yordamida milliarder bo’lib boyib ketishingizni kafolatlamasam-da, mazkur tizim yordamida Internet tarmog’ida xorijlik bir qator info-biznes sohasi vakillari qatori bir muncha yaxshigina daromad ishlab topishingiz mumkinligiga ishonch bildirib qolaman.

Agar Google AdSense tizimi hech qanday daromad keltirmaganda, odamlar uchun foydasi bo’lmaganda hamda yuqorida bayon etilganlarimning barchasi shunchaki safsata bo’lganida edi, men o’zim uchun qanchalik qadrli bo’lgan vaqtimni yo’qotib, buning natijasida qancha mehnat sarf qilib ushbu maqolani yozib, Sizning e’tiboringizga taqdim etmagan bo’lar edim.

Bundan tashqari, bugungi kunga kelib o’z web-resurslarida Google AdSense tizimi reklamalarini namoyish etayotgan qanchadan-qancha obro’li bo’lgan, o’z shuhrati va salohiyatiga ega bo’lgan kompaniyalarning web-resurslari ham mazkur tizimning reklamalarini joylashtirish uchun alohida maxsus joy ajratishmagan va bu ishga kirishmagan bo’lar edilar.

Sinab ko’rish istagingiz bo’lsa, o’zingiz bir tahlil qilib ko’rishingiz uchun o’zimizning yuritimizda yoki xorij davlatlarda mashhur bo’lgan kompaniyalar va info-biznes soha vakillarining web-resurslariga tashrif buyurib, kuzatib ko’ring, o’zingiz bunga shohid bo’lasiz.

Agar bu gaplarga shubha qiladigan bo’lsangiz, mening mazkur mavzuni kengroq yoritish maqsadida nashr qilgan ushbu maqolamni, so’ngra esa mazkur sahifadagi ma’lumotlarni batafsil o’qib, unda keltirilgan misollarni atroflicha tahlil qilib chiqsangiz foydadan holi bo’lmaydi.

Yurtimizda faoliyat yuritayotgan ko’pgina web-usta (master)lar ana shu yo’l orqali tarmoqdan daromad topishyapti, demak bu ish Sizning ham qo’lingizdan keladi, Siz ham foyda olishingiz mumkin! Google AdSense tizimi yordamida qancha miqdorda pul ishlab topishingizning asosiy bog’liqligi, Sizning web-resursingizning qanchalik mashhurligiga, unga bir sutka davomida qancha ko’p tashrif buyurishligiga, tashrif buyuruvchilarga Sizning web-resursingizdagi materiallar qanchalik qiziqarli ekanligi bilan jalb etish jihatlariga hamda bir marta tashrif buyurgan foydalanuvchilar qancha vaqt davomida web-resursingizdagi ma’lumotlar bilan uzluksiz foydalanishlari va yana bir qancha faktorlarga bevosita bog’liq.

Google AdSense — Internetda pul ishlashning eng qulay va ishonchli usuli.

Sizning web-resursingiz odamlar uchun qanchalik qiziqarli bo’lsa, ular o’z vaqtlarini ko’proq web-resursingizdagi ma’lumotlar bilan uzluksiz ravishda (chiqib ketmay) tanishish uchun sarflasalar, Siz shuncha ko’p miqdorda pul ishlab topish imkoniyatini qo’lga kiritasiz. Hech kim kirmaydigan va hech kimga foyda keltirmaydigan ham undagi materiallar odamlar uchun qiziqarli bo’lmagan web-resursdan hech qanday foyda kelmaydi.

Endi web-resursda joylashtirilgan reklamalarning narxlariga to’xtalib o’tsak. Har xil reklama, har xil narxda baholanadi. Reklamalar aksariyat 1 AQSh dollaridan ko’proq narxda bo’lishi mumkin, deylik bir sutka davomida – bir kishi web-resursingizda namoyish etilayotgan reklamani sichqoncha bilan bir marta bossa, Sizning hisobingizga 1 AQSh dollari miqdorida pul kelib tushadi.

Bundan tashqari, 4-5 AQSh dollar miqdoridagi narxli reklamalar ham namoyish etilishi mumkin, tarmoqda yaxshigina rivojlangan va ommalashtirilgan, o’z shuhrati va yuqori mavqeiga ega bo’lgan, bir sutka davomida ko’p sonli odamlar tashrif buyuradigan va doimiy foydalanuvchilariga ega bo’lgan web-resurslarida namoyish etiladigan reklamaning narxi bir bosishga 15 AQSh dollari miqdorida foyda keltirishi ham ko’p marta kuzatilgan.

Demak, bundan shunday xulosa qilishimiz lozimki, eng avvalo barcha e’tiborni pul topish yoki hali rivojlanmagan web-resursdan daromad olishga emas, uni global tarmoqda etarli darajada rivojlantirish va ommaviylashtirishga hamda odamlar uchun naf keltiradigan qiziqarli va dolzarb muammolarni echishga, insonlarni mushkulini osonlashtirishga qaratilgan ma’lumotlar, axborotlar hamda boshqa turdagi fayllar bilan boyitib borishingiz zarur.

Aziz do’stim hamda yurtdoshim, endi ushbu maqolani yozib, tayyorlashim hamda Sizning e’tiboringizga taqdim etishim uchun asosiy turtki bo’lgan masalaga to’xtalib o’tmoqchiman. Maqolani shu qismigacha o’qib, tanishib chiqqaningizdan so’ng, Sizda – “xo’sh, buni bunchalik tushuntirib, ommalashtirishning Sizga nima keragi bor?” yoki “bundan Siz qanday manfaat ko’rasiz?” – degan savollar hayolingizda paydo bo’lishi mumkin.

Google AdSense — Internetda pul ishlashning eng qulay va ishonchli usuli.

Menga aslida, bundan zarracha ham foyda yo’q, faqatgina mening web-resursimni Internet tarmog’ida ommalashishiga biroz ko’mak berishi mumkin xolos. Lekin asosiy maqsad bu emas, mening asosiy maqsadim o’zimga o’xshagan yurdoshlarim ham o’z shaxsiy web-resurslarini yaratishlarini, uni doimiy ravishda yuritib, uni tarmoqda rivojlantirib hamda ommalashtirishlarini, unda eng avvalo odamlar hamda jamiyat uchun qandaydir naf keltiradigan, umuman olganda barcha uchun birdek foyda beradigan ma’lumotlar hamda axborotlarni jamlab borishlarini, buning natijasida esa hayotimizda muhim o’rin egallagan global tarmoq orqali bir muncha bo’lsada, daromad orttirishlarini istayman.

Mana shu mening oldimda turgan eng dolzarb va muhim bo’lgan asosiy maqsad. Bu maqsad hech bo’lmaganda bir insonga naf keltirsayu, o’sha inson o’z ehtiyojlari uchun shu yo’l orqali manfaat ko’rishiga olib kelsa, men o’zimni beixtiyor bahtiyor deb bilaman.

Keling aziz do’stlarim, ushbu mavzuga bag’ishlangan maqolaga shu erda qisqacha tanaffus e’lon qilsakda, Sizga o’z qimmatli vaqtingizni sarflab mening shaxsiy web-blogimga tashrif buyurib, e’tiboringizga taqdim etilgan maqolamni to’liq o’qib, tanishib chiqganingiz uchun minnatdorchiligimni izhor qilib, mazkur mavzuni davomi sifatida kelgusi sahifadagi maqolada yana uchrashishga umid bildirib qolaman.

Aziz hamyurtim, sabringizga qoyil qoldim, maqola shunchalik uzundan-uzun bo’lib yozildiki, o’zim ham charchab ketdim, Sizchi?! Lekin Siz uni shu joygacha o’qib keldingizmi, demak Sizni mazkur mavzu juda ham qiziqtirib qolgan. Endi men Sizni biroz bo’lsada, kayfiyatingizni ko’tarishga harakat qilib ko’raman. Hajviyaga munosabatingiz qanday, keling bir mazza qilib kulishaylik?!

Olis yo’nalishga qatnaydigan yuk mashinasi haydovchisi yo’l-yo’lakay bir qahvaxonaga kirib tovuq go’shti sotib oldi. Ammo qo’l yuvish uchun chiqqanida, qo’shni stolda o’tirgan uch nafar bezorilar tovuq go’shtini eb qo’ydilar. Haydovchi hech narsa bo’lmagandek, ovqatning pulini to’ladida, qahvaxonadan chiqib ketdi.

Birozdan so’ng bezorilardan biri sotuvchiga dedi:
— Bu yigit juda qo’rqoqqa o’xshaydi. O’zini himoya qila olmasligi aniq. Ko’rinib turibdi.
Shunda sotuvchi unga:
— Ha, mashina haydashniyam yaxshi bilmas ekan. Hozirgina yo’l chetida turgan uchta mototsiklni ustidan majaqlab o’tib ketdi.

Hamisha xushkayfiyat Sizga hamrox bo’lsin!

Ushbu web-sayt ma’muri, maqolalarning muallifi hamda oddiy bir inson sifatida Sizga va oilangizga Allohdan, sihat-salomatlik, tinchlik va hotirijamlik, baxtli hayot kechirish hamda boshlagan ezgu ishlaringizda omad nasib etishini chin dildan tilab,

Hurmat va ehtirom ila, Qobiljon Ataxanov

P.S. Maqola Sizga manzur kelgan bo’lsa, iltimos, quyidagi tugmalardan birini bosib yaqinlaringiz bilan o’rtoqlashing! Agar maqolaga munosabat bildirib, o’z sharhingizni yozib qoldirsangiz bag’oyat hursand bo’laman. Oldindan o’z minnatdorchiligimni izhor qilaman!

О программе Қобилжон Атаханов

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *