Последние новости
Домой » INTERNET BIZNES » INFO-BIZNES » “GOLDEN-TEA” saytida real pul ishlash
“GOLDEN-TEA” saytida real pul ishlash

“GOLDEN-TEA” saytida real pul ishlash

Salom aziz hamyurtlar! Siz internet tarmog’ida iqtisodiy jihatdan mablag’ sarflamay turib ham “GOLDEN-TEA” iqtisodiy investitsion saytida onlayn pul ishlash mumkinligi haqida eshitganmisiz?

Albatta ayrimlar bu to’g’risida eshitgan bo’lishlari kerak va ushbu usul orqali ma’lum bir miqdorda daromad ham olishga ulgurishgan deb o’ylayman.

“Bilimlar mo’lligiga emas,
fikrlar mo’lligiga intilmoq joiz”
Demokrit

Hozirgi kunda ko’pchilik odamlar, ayniqsa yosh yigit va qizlarimiz internet tarmog’ida onlayn investitsion saytida real pul ishlash usullar orqali moddiy jihatdan pul sarflamay daromad orttirish yo’llarini izlashga o’rganib qolishgan. Bu albatta yaxshi, ammo bizdan avvalgi o’tgan ajdodlarimizdan qolgan — “tekinga mushuk ham oftobga chiqmaydi” — degan maqol shunday holatni kuzatganimda tez-tez yodimga tushadi (hazil)!

Bu ayni haqiqat, o’zingiz bir o’ylab ko’ringchi, Sizga biror bir kishi bir qandaydir yumushni bajarib berishni so’rab murojaat qilsa, Siz albatta uni bajarishga rozilik bildirishdan oldin bu yumush Sizga qanday manfaat olib kelishini o’ylab, tahlil qilib ko’rasiz va uning natijasida Siz qandaydir jihatdan manfaatdor bo’lishingizga ko’zingiz etgach, uni bajarishga rozilik bildirasiz, bu tabiiy hol.

Aks holda Siz uning taklifini “chiroyligina” qilib rad etasiz va “bu odamni es-hushi joyidami o’zi, qaysi ahmoq tekindan-tekinga bunday qiladi?” — degan fikrni hayolingizdan o’tkazib ko’rasiz, to’g’rimi axir?!

Ha to’g’ri, men aynan shunday yo’l tutgan bo’lar edim. Chunki, bugun odamgarchilik jihati ustun kelib bir marta uning yumushini bajarib bersangiz ham, lekin keyinchalik bunga afsuslanib kelgusida bunday qilmaslikka ahd qiladi kishi. Agarda Siz benihoya ravishda birovlarning yumushlarini moddiy manfaatdor bo’lmagan holda bajarib yuraversangiz, unda o’zingizni ro’zg’oringizni tebratishda mushkul ahvolga tushib qolasiz, shunday emasmi?

Aynan shunday, har qanday aqli raso kishi biror bir yumushni yoki vazifani doimiy ravishda moddiy manfaatdor bo’lmagan holda bajarishga ixtiyoriy tarzda rozilik bildirmaydi.

“GOLDEN-TEA” saytida real pul ishlash

Gar shunday ekan, pul ishlash sirlarini o’zlashtirishingizda mening mazkur web-resursimda muntazam ravishda nashr qilib boriladigan ushbu turkumning turli mavzulariga bag’ishlangan maqolalarni o’qib, kuzatib borsangiz ularda onlayn investitsion saytida real pul ishlashning turli xil usullari va yo’llari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo’lasiz va shu bilan birga amaliy tajriba ham orttirishingiz mumkin.

Chunki, men o’z maqolalarimda aynan shu mavzuga bag’ishlangan turli-tuman va amalda sinab ko’rilgan usullarini yoritib borishga harakat qilaman.

Aziz yurtdoshim, bugun men Sizning e’tiboringizga “Onlayn pul ishlash” usuliga bag’ishlangan maqolamda ajoyib bir web-resursni taqdim etmoqchiman. Uning nomi “Golden-tea” iqtisodiy investitsion sayti bo’lib unda Siz bilan birga ham moddiy jihatdan mablag’ sarflamay turib, ham moddiy mablag’ evaziga choy o’simligi ko’chatlarini xarid qilgan holda uning barglarini terib pul ishlash sirlarini o’zlashtirishga harakat qilamiz.

Bu gaplarim ko’chma ma’noda ishlatilgan bo’lib, haqiqatan ham Siz choy o’simligi barglarini terib pul topar ekanman – deb xavotirlanmang, uni web-resursni o’zi Sizning o’rningizga bajaradi, Siz esa ularni o’z hisobingiz (kassa)ga kirim qilasiz, to’plangan 50 foiz daromad kelgusida yana ko’chat sotib olish va boshqa harajatlar uchun ajratiladi, 50 foizini esa Siz o’z elektron hamyoningizga o’tkazib olishingiz mumkin, bu haqida keyinroq to’liq tushuntirish berib o’taman.

Sizdan birgina iltimosim, maqolani so’nggi qismigacha to’liq o’qib, tanishib chiqing, shoshma-shosharlik qilib yarim yo’lda qoldirib, tavsiya qilinayotgan sahifalarga o’tib ketsangiz maqolaning kelgusi satrlarida mazkur web-resursdan foydalanib daromad olish bo’yicha izohlab o’tiladigan sir va asrorlaridan bexabar bo’libgina qolmay, unda beriladigan imkoniyatlarni ham qo’ldan boy berishingiz mumkin, ularni esa boshqatdan orqaga qaytarishning imkoni bo’lmaydi.

“GOLDEN-TEA” saytida qanday qilib pul ishlash mumkin?

Tayyormisiz, qani ketdik bo’lmasa, eng avvalo mazkur saytning tashqi dizayniga baho beramiz nima deysiz?! Voh ajabo, buni qarangki, ko’z o’ngimizda odamni o’ziga jalb etadigan dizaynga ega bo’lgan ajoyib ko’rinishdagi web-resurs namoyon bo’ladi, bu hali hammasi emas, agar qarshi bo’lmasangiz sekin-asta uning barcha xususiyatlarini quyida batafsilroq ko’rib chiqamiz.

“GOLDEN-TEA” saytida real pul ishlash

Haqiqatan ham ajoyib, shunday emasmi? Bu hali hammasi emas, uning barcha jihatlari va qulayliklari hamda uning yordamida qanday usullar orqali pul ishlash mumkinligini batafsilroq o’zlashtirishga harakat qilib ko’ramiz.

Eng avvalo, web-resursning yuqori qismiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, u erda bir necha davlatlarning bayroq ramzlarini ko’ramiz, bu shundan dalolat beradiki, ushbu web-resurs mana shu ramzlar bilan belgilangan davlatlarda yashovchi millat shu tillardan birini tanlagan holda ham undan foydalanish mumkinligini bildiradi.

Lekin, ming afsuslar bo’lsinki, ular orasida bizning Siz bilan og’zaki yoki yozma tarzda so’zlashadigan, sobiq SSSR mustabid davridan qolib ketgan, ammo hozirgi hayotimizda o’zining munosib o’rnini tutib turgan «Kirill» yoxud bo’lmaganda biz uchun muqaddas sanalmish mustaqilligimiz davrida qabul qilingan «Lotin» alifbosiga asoslangan holda bayrog’imizning yo’qligini ko’rib o’ksinmang, biz o’zbeklar avlodidanmiz, biz o’zimiz xohlagan tilni tanlab ham ishimizni do’ndirib ketaveramiz, to’g’rimi?!

“GOLDEN-TEA” saytida real pul ishlash

Shunga qaramay, biz esa unda yozib yoki o’zaro suhbatlashib juda qoyil qilib qo’ymasak ham, ammo o’zimizga ancha tanish bo’lgan rus tilini tanlaymiz, Siz esa aziz yurtdoshim o’z tanlovingizga ko’ra, boshqa tildan foydalanishingiz ham mumkin bo’ladi. Yana quyida web-resurs bilan tanishishda davom etamiz va uning shu yuqori qismida saytdagi o’z akkauntingizga kirish (voyti) hamda ro’yxatdan o’tish (registratsiya) tugmachalarini ko’rib turibmiz.

Bundan tashqari, ushbu ikkita tugmachalar o’rtasida joylashgan havo rang fonga yozilgan “vk” va “f” harflariga ko’zimiz tushadi, bu belgilar “Vkontakte” hamda “Feysbuk” nomi bilan o’z shuhratiga ega bo’lgan ijtimoiy tarmoqlarga tegishli bo’lib, biz ko’rib chiqayotgan saytda ro’yxatdan o’tishimiz va o’z akkauntimizga shu yo’l orqali ham tashrif buyurishimiz mumkinligidan dalolat beradi.

“GOLDEN-TEA” saytida real pul ishlash

Agar Sizda ushbu web-resursda o’z akkauntingiz yaratilgan bo’lmasa hech ham afsuslanmang, hozirchalik buni uncha ahamiyati yo’q, lekin keyinchalik unda albatta ro’yxatdan o’tib o’z akkauntingiz ochishingiz va unda o’z sahifangizni yuritib borishingiz zarur. Chunki, aksariyat onlayn pul ishlashga ihtisoslashgan web-resurslar turli xildagi ijtimoiy tarmoqlarda o’z akkauntlariga ega bo’lgan mijozlarni jalb qilishga asosiy e’tiborni qaratishadi va shunday talablarni joriy etishadi.

Endi web-resursning yuqori qismidagi ro’yxatdan o’tish (registratsiya) tugmachasini yonidagi bulut shaklidagi oq fon ichidagi yozuvga e’tibor qaratamiz unda ko’rsatilishicha, unda har bir ro’yxatdan o’tgan kishiga 10 000 monet hisobida beg’araz tarzda bonus hisobi berilishi ko’rsatilgan.

“GOLDEN-TEA” saytida real pul ishlash

Bu shundan dalolatki, Siz ro’yxatdan o’tganingizdan so’ng ushbu bonusdan foydalangan holda saytda choy o’simligi ko’chatini xarid qilib uni maxsus o’yin maydonchasiga ekib, undan terib olinadigan choy barglarini web-resurs ma’muriyatiga sotish yo’li bilan daromad olishni boshlashingiz mumkin.

Bundan foydalanib Siz hech qanday mablag’ sarflamay turib pul ishlash imkoniga ega bo’lishingizdir. Bu hali mazkur saytning barcha imkoniyat va qulayliklari emas, Siz unda tegishli tartibda ro’yxatdan o’tib uning barcha jihatlari bilan har bir bo’limlariga birma-bir kirib batafsil tanishib chiqing, men esa o’z navbatida ushbu saytdagi boshqa bir qator imkoniyatlardan foydalangan holda pul ishlashning boshqa sirlari bilan birma-bir tanishtirib boraman.

“GOLDEN-TEA” saytida real pul ishlash

Aziz do’stim, biz ushbu sayt bilan tanishishda davom etar ekanmiz, uni qaysi davrdan boshlab o’z faoliyatini amalga oshirayotganligiga ahamiyat beraylik, bu juda ham muhimdir, u Internet tarmog’ida faoliyat yuritayotganiga uch yilu ikki oydan oshganligiga guvoh bo’lamiz. Xo’sh, shu o’tgan davr davomida qancha kishi unda ro’yxatdan o’tganligiga ham nazar tashlab ko’rsak, unda ro’yxatdan o’tgan kishilarning soni 1.072.313 dan ortganini ko’ramiz.

Demak, agar biz ro’yxatdan o’tgan kishilar sonini 3 yil 2 oy hisobidan kelib chiqib, 38 oyni tashkil etuvchi songa bo’lsak, mazkur web-resursdan ro’yxatdan o’tib foydalanayotgan kishilarning umumiy soni bir oyda taxminan 18.189 nafar kishini hamda ularga to’lab berilgan mablag’larni kuzatsak, shu kunga qadarli 75.522.305 (etmish besh million besh yuz yigirma ikki ming uch yuz besh) rublni tashkil qilganligiga ishonch hosil qilamiz.

Bu raqamlar men ushbu maqolani yozayotgan vaqtimdagi ko’rsatgichlar bo’lib, Siz aynan unga tashrif buyurganingizda boshqacha, ya’ni bundan ham ko’proqni tashkil etishi mumkin. Xo’sh, bundan qanday xulosa qilsa bo’ladi? Bu shundan dalolatki, demak mazkur web-resurs odamlarning ishonchini qozonishga allaqachon ulgurgan va hozirda ham o’z shuxratini yo’qotmay faoliyat yuritib kelmoqda. Xulosa qilib aytganda, odamlar uning yordamida hech qanday xavotirsiz pul ishlab topishmoqda.

Ishlab topilgan pullarni shaxsiy hisobingizga o’tkazish taritibi

Bunga maqolamning oxirgi qismigacha o’qib borsangiz, albatta Siz ham amin bo’lasiz. Buni men o’z misolimda real tarzda keltirilgan isbotlarim orqali tasdiqlab beraman.

“GOLDEN-TEA” saytida real pul ishlash

Haqiqatan ham mazkur web-resursda bir oz mablag’ tikkan holda qisqa vaqt oralig’ida bir qancha barobar ko’proq miqdorda pul ishlab topish mumkin, bu shaxsan o’zim tomonimdan sinovdan o’tkazilgan va yuz foizlik ishonch hosil qilingan fakt.

To’g’ri, bir vaqtning o’zida Siz millionlab pul ishlay olmaysiz, lekin bir oy davomida 10 000 dan 15 000 rublgacha bo’lgan pul mablag’ini bemalol ishlab topsangiz bo’ladi. Bu birgina shu web-resursning o’zidan, bunday web-saytlar internetda juda ham ko’p. Men kelgusi maqolalarimda Sizni albatta ana shunday to’laqonli ishonchga sazovor bo’lgan va muntazam ravishda to’lovlarni amalga oshirib kelayotgan web-resurslar haqida ham batafsil ma’lumotlar berib boraman. Buning uchun Siz doimiy ravishda ushbu blogning tegishli sahifalarida chop etilayotgan maqolalarni kuzatib boring.

“GOLDEN-TEA” saytida real pul ishlash

Bulardan tashqari, Siz o’zingizga bir qancha elektron hamyon (koshelek)larni ro’yxatdan o’tkazgan holda ularga egaligingizni tasdiqlatishingiz lozim bo’ladi. Masalan, “Paeer”, “Webmoney”, “Qiwi”, “Perfect Money” va “MoneyYandex” (YandeksDengi) hamda “Bitcoin” va hokazo kabi elektron to’lov ayriboshlash tizimlarida shaxsiy hamyon (koshelek)ingiz bo’lishi shart. Aks holda o’yinlarda ishtirok etishingiz uchun ayrim to’lovlarni amalga oshirish hamda ishlab topilgan pullarni o’z hisobingizga o’tkazib olishingizda muammolarga duch kelasiz.

Mazkur web-sayt bir vaqtning o’zida bir necha, ya’ni “Paeer”, “Qiwi”, “Perfect Money”, “Webmoney”, va “Money Yandex” (YandeksDengi) hamda “Bitcoin” kabi elektron to’lov tizimlari bilan ishlash imkonini beradi (yuqoridagi suratga qarang).

Sizda mazkur web-saytdan ro’yxatdan o’tib pul ishlab topish istagi tug’ildi deylik, unda Siz marhamat qilib ushbu havola orqali ro’yxatdan o’tsangiz meni referalim bo’lasiz, bundan Siz hech qanday zarar ko’rmaysiz, aksincha foydasi tegsa tegadi, lekin ziyoni tegmaydi.

Men esa Sizga ushbu web-resursda pul ishlab topishingizda amaliy yordam ko’rsatib, olib borayotgan faoliyatingiz davomida tegishli va foydali maslahatlar berib boraman. Buning uchun faqatgina mening referal havolam bo’yicha ro’yxatdan o’tganligingizni tekshirib ko’rishim lozim bo’ladi. Boshqa referal havolalar orqali ro’yxatdan o’tgan kishilarga men hech qanday yordam ko’rsatmayman va maslahatlar ham bermayman.

Keling aziz do’stim, web-sayt bilan tanishishda davom etamiz. Siz shu yo’nalishda daromad orttirish istagida bo’lsangiz albatta buning uchun iloji boricha “Google” va “Yandex” tizimlarida elektron quti (pochta)sini ro’yxatdan o’tkazganingiz ma’qul, ayrim bu turdagi iqtisodiy investitsion o’yinlar aynan shu tizimlarda pochta qutisiga ega bo’lgan mijozlar bilan ishlashni o’zlari uchun qulay deb hisoblashadi va boshqa pochtalar bilan ro’yxatdan o’tkazmay qo’yishlari mumkin.

Agar Siz ushbu elektron hisob-kitob tizimlarida tegishli tartibda ro’yxatdan o’tishni va hamyon ochishni hamda ularni shaxsiy identifikatsiyadan o’tkazishni bilmasangiz, shu turkumga bag’ishlangan tegishli ruknlarimizda nashr qilib boriladigan maqolalarim bilan tanishib chiqsangiz buning uddasidan albatta chiqasiz degan umiddaman.

Bular ham Sizga naf bermasa, marhamat qilib bevosita mazkur maqolam ostida sharh qoldirish yo’li bilan o’z muammolaringizni bayon qiling yoki E-mail — (goldbestseller@mail.ru) — elektron manzilim orqali menga murojaat qilsangiz, bajonu-dil imkon qadar yordam berishga harakat qilaman.

“GOLDEN-TEA” saytida real pul ishlash

Mana Siz ushbu web-saytda ro’yxatdan o’tishga ham muvaffaq bo’ldingiz deylik, Sizning qarshingizda mana bunday ko’rinishdagi o’yinga kirish qismi namoyon bo’ladi, shunda Siz bevosita “o’yinni boshlash” (nachat igrat) degan havo rangdagi tugmachani sichqoncha bilan bosishingiz lozim (quyidagi suratga qarang). Web-saytning mazkur qismida video prezentatsiya ham joylashtirilgan bo’lib Siz uni ko’rib, tanishishingiz mumkin bo’ladi.

“GOLDEN-TEA” saytida real pul ishlash

Shundan so’ng Sizning oldingizda juda ham chiroyli ko’rinishga ega bo’lgan o’yin, ya’ni choy o’simligini ekadigan maydoncha yuzaga keladi, lekin u erda hali hech qanday ekin bo’lmaydi. Meni ekin maydonim esa Siznikiga ko’ra boshqacharoq ko’rinishga ega, buning sababi men ushbu saytda taxminan bir yildan beri muntazam ravishda daromad olib kelaman. Quyiagi skrinshot bundan roppa-rosa bir yil oldin olingan surat bo’lib shu paytda mening akkauntimdagi ko’chatlarni ko’rib turibsiz.

“GOLDEN-TEA” saytida real pul ishlash

Ammo, yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, web-sayt ma’muriyati tomonidan har bir ro’yxatdan o’tuvchi kishiga bonus sifatida beriladigan 10 000 monet Sizning ixtiyoringizga kelib tushadi va Siz undan bemalol choy o’simligi sotib olish uchun do’kon (magazin)ga tashrif buyurasiz (quyidagi suratga qarang).

“GOLDEN-TEA” saytida real pul ishlash

Bu erda Sizning oldingizda uch xildagi choy o’simligining ko’chatlari namoyon bo’ladi va Siz ulardan eng kichigi, ya’ni narxi 10 000 monet turuvchi (maliy kust) deb nomlanuvchi ko’chatni xarid qilib olasiz.

Shunda Sizning qarshingizda quyidagi ko’rinishdagi manzara paydo bo’ladi va Siz ushbu choy ko’chatining ustiga sichqonchani ko’rsatgich belgisini keltirib, uni ustiga bosib turib ko’chatni ekin ekish maydonchasiga keltirib tanlagan joyingizga ekishingiz lozim bo’ladi.

“GOLDEN-TEA” saytida real pul ishlash

So’ngra ushbu ko’chat Sizga soatiga 100 dona choy barglarini etkazib beradi va Siz ularni sotish yo’li bilan bir oy davomida 3600 rubl miqdorida daromad olishga erishasiz. Ammo bu mablag’ning barchasi Sizning hamyoningizga tushadigan mablag’ emas, uning teng yarimi o’yin davomida yangi ko’chatlar xarid qilish va boshqa sarf-harajatlaringiz uchun yig’ilib boriladigan hisobga o’tkaziladi, yarimi esa Sizning hamyoningizga o’tkazish uchun maxsus hisobingizda saqlanib turiladi.

Ushbu saytda qancha miqdorda pul ishlab topish mumkin?

Shular bilan birga, web-sayt ma’muriyati tomonidan o’yin ishtirokchilariga har sutka davomida bir bor 10 dan 100 monetgacha beriladigan bonusi ham mavjud bo’lib, har kuni belgilangan vaqtda web-saytga tashrif buyurib ushbu bonuslarni olib yig’ishingiz ham mumkin. Ushbu usul bilan Siz o’z shaxsiy mablag’ingizni sarflamay turib ham pul ishlasangiz bo’ladi. Lekin bu usul juda ham kam arzimas miqdordagi pul ishlab topishga olib keladi va uzoq vaqtlar rivojlanishingizga to’g’ri keladi.

“GOLDEN-TEA” saytida real pul ishlash

Shu o’rinda Sizda — hisobimda yig’ilgan pullarni qanday qilib o’z shaxsiy elektron hamyonlarimga o’tkazib olsam bo’ladi? – degan savol tug’ilishi tabiiy. Bunda Siz o’z shaxsiy elektron hamyonlaringizni o’z akkauntingizga biriktirishingiz lozim bo’ladi.

Shundan so’ng, Siz o’z hisobingizda to’plangan mablag’larni istagan elektron hamyonlaringizni biriga hech qanday muammolarsiz o’tkazib olishingiz mumkin. Har kuni hisobingizga o’tkaziladigan mablag’ning eng kam miqdori 0.1 rubl, eng ko’p miqdori esa 10 000 rubl qilib belgilangan.

Mazkur web-resurs orqali to’laqonli ishonch bilan pul ishlashni boshlab sinovdan o’tkazib ko’rishingiz mumkin, unda pul ishlab topish mumkinligi va ishlab topilgan pullarni aniq o’z hisobingizga o’tkazib olishingizga men to’liq ishon bildiraman va zarur bo’lgan hollarda bepul tarzda amaliy yordam ham ko’rsatishim mumkin.

Faqat o’yin qoidalariga qat’iy amal qiling! Aks holda akkauntingizni bloklab qo’yishlari mumkin va u qayta hech qachon tiklanmaydi. Chunki, sayt ma’muriyati Sizni aynan qaysi “IP” (aypi) manzildan saytga kirganligingizni doimiy ravishda kuzatib boradi. Boshqa akkaunt yaratib harakat qilganingiz baribir Sizga yordam bermaydi, ishonmasangiz o’zingiz sinab ko’ring.

“GOLDEN-TEA” saytida real pul ishlash

Yuqorida men o’zim tomonimdan mazkur web-sayt orqali ishlab topilgan va o’z shaxsiy elektron hamyonlarim hisobiga o’tkazib olgan mablag’larimni 2017 yilning sentyabr oyini oxirgi sanalardagi to’lovlaridan ko’chirmani Sizning ixtiyoringizga taqdim etmoqdaman. Undan ko’rinishia, 26.08.2017 yildan to 27.09.2017 yilga qadarli, ya’ni bir oy davomida 2.546 rubl miqdoridagi mablag’ni o’z shaxsiy hisob raqamimga o’tkazib olganman. Faqatgina xavfsizlikni ta’minlash maqsadida shaxsiy elektron hamyonlarimning raqamlarini qisman o’chirib ko’rsatishga majburman, bundan ko’nglingiz ranjimasin, meni to’g’ri tushunasiz deb o’ylayman.

Bu hali ham hammasi emas, agar haqiqatan ham ko’proq daromad olishni istasangiz qancha ko’p mablag’ sarmoya qilsangiz shuncha ko’p daromad olasiz, lekin bu muntazam ravishda o’sib boraveradi. Shuningdek referallar jalb qilish yo’li bilan ham daromadingizni oshirib borishingiz mumkin.

Men hozir quyidagi skrinshot suratda o’zimning akkauntimdagi choy o’simligini qanchaga ko’payganligini va mening shaxsiy hisobimdagi to’plangan mablag’larni Sizga taqdim etmoqchiman. Bu ma’lumotlar 2018 yilning may oyini 15 sanasida olingan. Marhamat o’zingiz ko’rib, mulohaza qiling.

“GOLDEN-TEA” saytida real pul ishlash

Men taxminan bir yil davomida shunday darajaga etkazdim, u ham bo’lsa muntazam ravishda bo’lmaganligi, o’zimning asosiy ishimdan ortiqcha vaqt ajrata olmaganligim sababli unga etarli darajada e’tibor qilmadim. Agar buning ustida doimiy tarzda ishlab borilsa, bundan ham yaxshi ko’rsatgichlarga erishsa bo’ladi.

Faqat buning uchun hech bo’lmaganda bir kunda ikki-uch soat vaqt ajratish lozim. O’zingizni ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlaringizda rivojlantirib borsangiz har bir oyda aniq 10.000 yoki 15.000 rubl miqdorida malag’ni o’z shaxsiy hisobingizga o’tkazib olishga bemalol erishasiz. Endi o’zingiz hisoblab ko’ring, shu pullarni bizning milliy valyutamizga almashtirib olsangiz qancha miqdorni tashkil etadi.

Quyidagi suratda mening shaxsiy akkauntimdagi to’plangan shaxsiy mablag’larim hamda sarf-harajatlar uchun ajratilgan mablag’lar haqidagi ma’lumotlarga e’tiboringizni qaratishingizni lozim deb hisoblayman. Mening shaxsiy hisobimga o’tkazib olish uchun to’plangan daromadim 556.168 monetni, saytdagi sarf-harajatlarim uchun to’plangan jamg’armam esa 125.190 monetni tashkil etmoqda.

“GOLDEN-TEA” saytida real pul ishlash

Aziz do’stim shuningdek, men Sizni qat’iy tarzda оgohlantirmoqchimanki, bitta akkauntdan tashqari boshqa akkaunt ochib ro’yxatdan o’tishga urinmang, agar bunday harakatni amalga oshirsangiz resurs ma’muriyati Sizning “IP” (aypi) manzilingiz va boshqa manbalar (bularni sir tutishni lozim topdim, zarur hollarda murojaat qilsangiz bu haqda alohida ma’lumot berishim mumkin) orqali ikkinchi akkauntingizni ro’yxatdan o’tkazganligingizni osonlik bilan aniqlab oladi va avvalgi akkauntingizni ham bloklab qo’yadi.

Shu bilan birga Sizning “IP” (aypi) manzilingizga ta’qiq qo’yish yo’li bilan ushbu manzil orqali har qanday kompyuterdan hech kim ro’yxatdan o’tkazilmaydigan qilib qora ro’yxat (cherniy spisok)ga kiritib qo’yadi. Shundan so’ng, sarf qilgan mablag’laringizdan ham, ishlab topgan mablag’laringizdan ham mahrum qilinasiz.

Xulosa o’rnida hamda maqolamni yakuniy qismida shularni alohida ta’kidlamoqchimanki, bu o’yin hozirda tarmoqda mavjud bo’lgan ko’p sonli o’yinlar orasida eng ishonchli o’yin deb aniq aytaolaman. Agar shuncha uzoq vaqtdan beri muntazam ravishda ishlab kelyaptimi, demak unga nisbatan odamlarning ham ishonchi shunchaga ortgan. Bundan tashqari, agar loxotron yoki moshennik resurs bo’lganida, uni odamlarning o’zi ham faoliyat yuritishini allaqachon to’xtatib qo’yishgan bo’lar edilar.

Mana navbat masalaning eng qiziq va hayajonli qismiga ham etib keldi, men hozir Sizning e’tiboringizga men tomonimdan bir yil davomida ushbu resursga kiritgan moliyaviy sarmoyam, referallarni jalb qilish orqali hamda o’yindagi rivojlanish natijasida orttirgan, shuningdek bugungi kunda hisobimda saqlanayotgan mablag’larim haqidagi ma’lumotlar aks etgan skrinshot suratni taqdim etmoqdaman. Ko’ring, hisob-kitob qiling, mulohaza yuriting va ularning natijasini o’zingiz baholang. Omad Sizga yor bo’lsin!

“GOLDEN-TEA” saytida real pul ishlash

Shuning uchun marhamat qilib mening referalim sifatida ro’yxatdan o’ting, o’z yaqinlaringiz va do’stlaringizni ham jalb qiling, birgalikda va hamkorlikda ishlasak juda ham yaxshi daromadlarga erishishimizga to’liq aminman.

Shu o’rinda ta’kidlab o’tishim lozimki, bu ishni qilishingiz majburiy emas, bu faqatgina Sizning mustaqil ravishda tanlagan yo’lingiz bo’lishi lozim. Buning uchun meni taklifimni yaxshilab o’rganib, tahlil qilib ko’ring va o’z ishonchingizga tayangan holda qaror qabul qiling.

Xo’sh aziz do’stim, maqolam ozgina cho’o’o’zilib ketdimi? Uzr, uni boshidan to oxirigacha uzluksiz o’qib chiqqaningiz uchun Sizning sabr-bardoshingizga qoyil qoldim, gap yo’q!

Endi Sizni charchog’ingizni bir oz bo’lsada esingizdan chiqarishga harakat qilib ko’raman, agar qarshi bo’lmasangiz albatta. E’tiboringizga ushbu qatra-xandalarni havola qilaman.

Muxbir jarrohdan so’radi:

— Siz qanday qilib mashhur jarroh bo’lishga erishgansiz?
— Bolaligimda singlim otamizdan bekitgan pullarini qo’g’irchog’ining ichiga yashirardi. Men bo’lsam, hech kim yo’qligida qo’g’irchoqni kesib, pullarni olardim-da, keyin xuddi o’ziday qilib tikib qo’yardim.

Bir ayol dugonasiga dedi:

— Ertalab erimni kartoshka olib kelish uchun do’konga jo’natgandim, mashina urib ketibdi.
— Voy sho’rim!
Endi nima qilasan?
— Bilmadim… Hoynahoy, osh damlab qo’ya qolsam kerak.

Keling aziz do’stim va muhlislarim, hozirgi kundagi hayotimiz kechayotgan global bir davrda aksariyat kishilarni, ayniqsa yosh yigit va qizlarimizni, qolaversa barchamizni bir xilda qiziqtirayotgan, ya’ni onlayn pul ishlashga bag’ishlangan keng qamrovli mavzudagi ushbu maqolaga shu erda qisqacha tanaffus e’lon qilsakda, Sizga o’z qimmatli vaqtingizni sarflab mening sevimli blogimga tashrif buyurib, e’tiboringizga taqdim etilgan maqolamni to’liq o’qib, tanishganingiz uchun o’z minnatdorchiligimni izhor qilib, mazkur mavzuni davomi sifatida kelgusidagi sahifalarimizda nashr qilib boriladigan maqolalarimda yana uchrashishga umid bildirib qolaman.

Ushbu sayt ma’muri, maqolalarning muallifi hamda oddiy bir inson sifatida Sizga va oilangizga Allohdan, sihat-salomatlik, tinchlik va hotirijamlik, baxtli hayot kechirish hamda boshlagan ezgu ishlaringizda omad nasib etishini chin dildan tilab,

Hurmat va ehtirom ila, Qobiljon Ataxanov

P.S. Maqola Sizga manzur kelgan bo’lsa, iltimos, quyidagi tugmalardan birini bosib yaqinlaringiz bilan o’rtoqlashing! Agar maqolaga munosabat bildirib, o’z sharhingizni yozib qoldirsangiz bag’oyat hursand bo’laman. Oldindan o’z minnatdorchiligimni izhor qilaman!

О программе Қобилжон Атаханов

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *