Долзарб янгиликлар
Faqatgina bir soat umrimiz qolsa...
Бош саҳифа » Интернет бизнес » Faqatgina bir soat umrimiz qolsa…

Faqatgina bir soat umrimiz qolsa…

Hayotiy voqea asosida

Salom aziz do’stlar hamda saytimiz muhlislari! Sizlar bilan LiveJournal.Uz deb nomlangan menining shaxsiy blogimniҲаёт сабоқлари” bo’limidagi sahifalarda nashr qilinayotgan ushbu maqolada yana bir bor uchrashib turganimdan beihtiyor mamnunman!

Bugun men Sizning e’tiboringizni badiiy adabioyotdan olingan va har birimiz uchun saboq bo’ladigan bir voqea tafsiloti bayon etilgan lavhaga qaratmoqchiman, zero ushbu maqola barchamizni iymon sari borishimizda yo’ldosh bo’lsa, Ilohim.

Siz hayotingiz davomida o’lim bilan yuzma-yuz to’qnash kelgan odamni uchratganmisiz? Uning qanday ahvolga tushganini o’z ko’zingiz bilan ko’rib, uni shohidi bo’lganmisiz? Bu albatta dahshat, ammo o’lim haq ekanligini hech qachon yodimizdan chiqarmasligimiz lozim ekan, hayot ekanligimizda Alloh bizga in’om etgan umrimizning qadriga etishimiz, har lahzada insonlar hamda jamiyat uchun naf keltiruvchi foydali ishlarga umrimizni bahshida qilmog’imiz lozimdir.

Bir donishmand odam bunday degan ekan, — “Odamning haqiqiy maqsadi – hayotda mavjud bo’lish emas, balki yashashdir”.

Faqatgina bir soat umrimiz qolsa...

Faqatgina bir soat umrimiz qolsa… yohud hayotning qadr-qiymatini anglamoq uchun nima qilgan bo’lar edik yoki uning qadr-qiymatini qanday baholar edik, hayolan bir o’z tasavvuringizga keltirib ko’rishga harakat qiling?!

Ammo, hayotligimizda hammamiz o’z turmushimizning g’am-tashvishlari, ro’zg’or, bola-chaqa o’stirib, ularni tarbiyalash, yashash sharoitimizni boshqalardan kam bo’lmasligi uchun qayg’urib, mol-mulk, boylik orttirish bilan band bo’lib yugur-yugur bilan umrimizning eng bebaho daqiqalarini o’tib borayotganiga ahamiyat ham berishga vaqt topa olmaymiz.

Pul yoki mol-dunyo qadrlimi yohud hayot…

Ba’zilar, pul yoki mol-dunyo topish uchun o’z shaxsiy hayotlariga xavf soluvchi qilmishlarni sodir etishga boradilar, vaholangki bu qilmish oqibatida o’lim bilan to’qnash kelishini anglab etsalarda, undan ongli ravishda qaytishni istamaydilar.

Men ushbu blogim sahifalarida chop etilayotgan Internetda pul ishlash sirlariga bag’ishlangan pul ishlashning usullari va yo’llari haqida bir qancha maqolalar nashr qilib, odamlarni o’z hayotlarini xavf-xatarga qo’ymay turib ham pul ishlab topishlari mumkinligiga ishontirishga hamda bu yo’lda ularga o’z qo’limdan kelganicha baholi-qudrat yordam berishga harakat qilmoqdaman.

Men eng avvalo hozirda barchamizni birdek tashvishlantirayotgan ishsizlikdan moliyaviy qiyin sharoitda yashayotgan yurtdoshlarimizga shu tariqa yordam berish istagidaman, zora mening mehnatlarim besamar ketmasa.

O’z navbatida, men Sizlarga o’zim uchratgan tarbiyaviy jihatdan eng dolzarb bo’lgan va yosh yigit hamda qizlarimizni Allohdan in’om etilgan bebaho ne’mat safatida qadrlanadigan “hayot”ga bo’lgan munosabatlarini yuksak darajaga olib chiqishda hazina bo’lib xizmat qiluvchi hikoyani taqdim etmoqchiman.

Faqatgina bir soat umrimiz qolsa...

Marhamat o’qib ko’ring, balki Siz ham ushbu mavzuda yoritilgan boshqa biror bir asar bilan tanishdirsiz, o’ylaymanki uni o’qib chiqgach maqola so’nggida o’z shaxsiy fikr va mulohazalaringiz qoldirasiz.

Hikoyaga hech qanday o’zgarishlar kiritilmagan holda uning muallifining barcha huquqlari saqlangan tarzda havola etilmoqda.

O’sha paytlartez yordambo’limida ishlar edim. O’qishni endigina tamomlab, yangi ishga joylashganim uchun bu erdagi hamma hodisa menga o’ziga yarasha hayajon va zavq bag’ishlardi.

“Doktor” degan murojaatdan o’zimcha g’urur tuyib, endi har doim bu murojaatga ko’nikishim haqida o’ylardim. Barcha katta kasalxonalarning ham maxsus “tez yordam” bo’limi bo’lib, bu erda shifokorlar navbatchilik qilishadi. Tajribali mutaxassis shifokorlar yonida menga ko’p mas’uliyat tushmasdi. Faqat ularni diqqat bilan kuzatib, tajriba orttirishga harakat qilsam, kifoya edi.

Bir kuni tunggi soat 1 lar atrofi. Bir 16-17 yoshlardagi o’spirinni olib kelishdi. O’spiringa ikki ayol ham yurishiga yordamlashib kelar edi. Orqalaridan yugurib kelayotgan kishi esa nafasi bo’g’ziga tiqilgancha, entikkan holatda: — Iltimos, o’g’limni qutqaring, qutqaring o’g’limni! – deya tinimsiz takrorlardi.

Bir payt shoshilganicha navbatchi doktor etib keldi. Men esa doktorning yonida, qachon tashxis qo’yar ekan deya kutib turardim. Yigitchaning otasi esa so’zida davom etayotgandi: — Doktor, bilasizmi, o’g’lim o’zini o’ldirmoqchi bo’lib dori ichibdi. Bilib qolib, darrov bu erga olib keldik…

Faqatgina bir soat umrimiz qolsa...

— Shunaqa deng?! Ichgan dorilari yoningizdami? – deya so’radi doctor. Ota cho’ntagidan bir necha dori qutilarni olib doktorga ko’rsatdi.

— Ha, mana. Bunisidan o’n beshtacha, bunisidan o’nta, bunisidan esa uch-beshta ichibdi.

— Bu dorilarni ichganiga taxminan qancha vaqt bo’ldi?

— Taxminan, ikki soatcha bo’ldi. Doktor dori qutilarini sinchiklab qaradi. Keyin, bir yigitchaga, bir qutilarga qaradi-da, boshini “yo’q” ifodasi bilan qimirlatib, yuzini burishtirdi: — Hmm, afsus, afsus!

Yigitchaning oilasi esa doktorning biror nima deyishini kutishardi, ammo undan bir sas ham chiqmadi. Men esa yigitchaning oshqozonini yuvish mumkinligini o’ylardim.

Bu jimjitlikni otaning ovozi buzdi: — Nima qilamiz doktor? Doktorning yuzi jiddiylashdi, yigitchaga umidsizlik bilan boqdi. Boshini qimirlatib, qo’llari bilan o’zining chorasizligini ifodaladi.

So’zlari yigitchaning otasining yuragiga o’q kabi sanchildi, go’yo. — Afsus, qilinadigan hech qanday amaliyot (operatsiya) yordam bermaydi. Juda kech olib kelibsizlar. Qolaversa, bu dorilar…

Men esa oila a’zolarini kuzatardim. Hammalarining ko’zlarida chorasizlik, jimgina turishardi. Yigitchaning yuzida esa – qo’rqinch, vahima namoyon bo’ldi…

Onasi va singlisiga tayanib turgan yigitcha doktorning yuziga umidvor holda qaradi. Uning so’zlaridagi keskinlikni va yuzidagi jiddiylikni ko’rib, oyoqlarida mador qolmadi.

Sekingina holsizlanib, sidirilib, erga o’tirib qoldi. Yigitning otasi ham, onasi ham bir o’zlaricha vahimaga tushib, allanimalar deyishardi. Keyin, takror sukunat… Uzoq davom etgan ushbu sukunatdan so’ng: — Nima bo’ladi, nahotki hech narsa qila olmasangiz?! — dedi ota-ona ilinj bilan.

Shifokor esa bunday dedi: — Yordam berish uchun endi kech. Bu kabi holatlarda afsuski bizning qo’limizdan hech narsa kelmaydi. Bir soatlardan so’ng uni yo’qotamiz. Men bemorni ungacha faqat kuzatuvga olishim mumkin, xolos…

Men ham bu so’zlardan dovdirab qoldim. Yigitchaning yuziga qarardim. O’lim qo’rquvi va umidsizlik uning ko’zlarida zohir edi. O’zimcha uning hozir nimalar his qilayotganini tasavvur qildim. O’lim shunchalar yaqinlashishi haqiqatan qiyin holat edi. Ammo inson bir soat keyin o’lishini bilsa nimalar o’ylar, nimalar his qilib, qaysi ishlarni bajarardi.

Aslida har birimiz uchun ham bunday vaqt keladi-ku! Hayotning tashvishlari bilan bo’lib olimni bizga etib kelmas narsa deya tushunamiz. Hozir bu yigitcha balki, hayotini, do’stlarini, oilasini o’ylamoqda yoki o’limdan so’ngra nima bo’lishini, ya’ni bir soat so’ng…

Faqatgina bir soat umrimiz qolsa...

Balki uning ortidan nima deyishlarini, yoki qabrda qanday ahvolga tushishini o’ylarmidi! Balki uning shu vaqtga qadar rejalashtirgan ishlari bordir, endi esa bu hayollarini bir yonga surib, so’nggi soatini qanday kechirishni o’ylardi, go’yo. Boshqa tarafdan hayot davom etardi. Ichkaridagi bir bemorning yaqinlari kelib doktordan ba’zi narsalarni so’rar, boshqa yondan esa og’ir bir bemorni olib kelishardi. U xasta uchun boshqa bir navbatchi shifokorni chaqirishdi.

Bir inson birozdan so’ng o’limini kutib olsa ham, bu hayot boshqalar uchun davom etaveradi, deb o’ylardim. Ota esa o’z savoli, to’g’rirog’i o’tinchini yana bir bor takrorladi: — Hech umid yo’qmi doktor? Nahotki hech narsa qilishning iloji bo’lmasa? Ichkariga kirgan boshqa bir doktor ishora bilan nima bo’ldi deya so’radi. Doktor o’rnidan turib, keskinlik bilan javob berdi: — Joniga qasd qilmoqchi bo’libdi. Afsuski kech olib kelishibdi. So’ngra so’zlab beraman sizga.

Bu so’zlarni diqqat bilan tinglagan yigitchaning yuzidagi umid so’lib borardi. Pushaymonlik hissi ichra, titroq ovoz bilan: — Qutqaring meni, nima lozim bo’lsa hammasini bajarishga roziman. Iltimos, qutqaringlar meni… O’lishni istamayman! – der edi.

Doktor unga lom-mim demadi. Men esa o’limga shunchalar yaqinlashib turgan insonni birinchi marotaba ko’rayotgan edim. Ustiga ustak hali juda yosh edi. Hayolan morgga kirib uning sovuq badanini ko’zdan kechirishimni o’ylab, etim junjikib ketdi. Demak, yonimda turgan bu tirik inson birozdan keyin o’ladi va biz uning murdasiga qarab tashxis qo’yib so’ng hisobot yozamiz!

Hayot va o’lim, yashash va o’lish… Yoshlik, qarilik. Hayotni anglab etish, o’limni tushunish… Yashayotgan hayotimizning oxir-nihoyasi o’lim ekanligini xotirlashlik. O’limga doimo hozir bo’lish yoki o’zini tayyor deb his etish. Hayolimdan ayni mana shunday hayollar o’tardi.

Doktor xonadan chiqayotganida men ham uning ortidan ergashdim. Uzun koridor bo’ylab borar ekanmiz, biroz achinish bilan dedim: — Doktor, oshqozonini yuvib, qonini tozalab ko’rsak bo’lmasmikin? Axir…

Doktor birdan menga qaradi va ko’zlarimga tikildi: — Ukam, ko’rib turibsanku, bu erda oyoqda zo’rg’a turadigan, yoshi o’tib qolgan qariya odamlar ham hayotda yana bir soatgina yashash uchun qanchalik kurashadilar. Bu yosh yigitcha esa bor-yo’g’i o’n etti yoshida o’z joniga qasd qilmoqchi bo’libdi. O’lishni istasa nega men unga qarshilik ko’rsatishim kerak? Biroz istagan taqdiri bilan yuzma-yuz kelsin, o’ylansin! Keyin ko’ramiz. O’lim nima va hayot nima, tushunsin!

Faqatgina bir soat umrimiz qolsa...

Yashashning qadrini, oilasiga bu ishi bilan qanchalik zug’um qilganligini anglab etsin. Allohni yodga olsin, Uning quli ekanligini eslasin. O’limni va undan keyingi hayotini ham mushohada qilsin…

… Bu so’zlarning ortidan meni hayratga tushurgan bir kulgu eshitildi. — Sen ham ishondingmi uning o’lishiga? — Ha… Nima, yigitcha o’lmaydimi? Doktor tabassum bilan qo’lidagi dori qutilarini ko’rsatdi. Qarasam, qo’lidagi dori qutilari – vitamin, yo’talga qarshi va balg’am ko’chiruvchi dorilarniki ekan…

Ushbu maqolani o’qib, o’ziga yarasha saboq oladiganlardan, umrning qadriga etadiganlardan, hamisha ezgu amallarga intilib yashaydiganlardan, hayotdagi har holu-kordan (har holatdan) ibrat oladigan bandalardan bo’lishlik Sizu-bizga nasiyb aylasin! Alloh bergan omonat umrga xiyonat qilmay, xayrli o’tkazishlik nasiyb qilsin, Ilohim…

Ushbu blogning ma’muri, undagi maqolalarning muallifi hamda oddiy bir inson sifatida Sizga va oilangizga Allohdan, sihat-salomatlik, ulkan baxt, tinchlik va hotirijamlik hamda boshlagan ezgu ishlaringizda omad nasib etishini chin dildan tilab,

Hurmat va ehtirom ila, Qobiljon Ataxanov

P.S. Agar sahifadagi maqola Sizga manzur kelgan bo’lsa, iltimos, quyidagi tugmachalardan birini bosib yaqinlaringiz bilan o’rtoqlashing! Oldindan o’z minnatdorchiligimni izhor qilaman!

Муаллиф: - Қобилжон Атаханов

Тавсия этамиз

Internetda pul ishlash

Интернетда пул ишлаш сирлари — Биринчи қисм.

Глобал тармоқдан доимий равишда даромад орттириш Ассалому алайкум, муҳтарам ва азиз меҳмонлар ҳамда блог муҳлислари! …

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *