Последние новости
OAVning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishining xalqaro tajribasi-mini
Домой » ИНТЕРНЕТ БИЗНЕС » ИНФО-БИЗНЕС » ВЕБ - ЛОЙИҲА » OAVning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishining xalqaro tajribasi

OAVning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishining xalqaro tajribasi

OAVning-ijtimoiy-tarmoqlardan-foydalanishining-xalqaro-tajribasi-1Bugungi kunda jurnalist uchun ijtimoiy tarmoq bebaho axborot manbaidir. BBCning yangiliklar bo‘limining boshlig‘i  Peter Xorrocks jurnalistlarning turli  xil ijtimoiy medialardan axborot manbasi sifatida foydalanishlari haqida buyruq beradi. U o‘z xodimlari asosan Twitter va RSS-kanalllarga e’tibor berishni uqtiradi.

Bundan tashqari jurnalistlar ijtimoiy tarmoq faydalanuvchilarning qayta aloqa jarayonida fikrlarini ham e’tiborga olishlari lozim. BBC rahbariyatining bunday qaror qabul qilishiga 2010 yil 12 yanvarda Gaitidagi Rixter shkalasi bo‘yicha 7,2 ballik er qimirlashi sabab bo‘ldi. Mamlakat bilan transport aloqa ma’lum muddatga uzilib, jurnalistlar halokat sodir bo‘lgan hududga yetib bora olishmadi.

OAVning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishining xalqaro tajribasi-3  

Birinchi bo‘lib electron va uyali aloqa tiklanganligi bois halokat guvohlari ijtimoiy tarmoqlardagi o‘z sahifalariga surat va videomaterialarni joylashtira boshladilar. Youtube.com portalida yer qimirlashi natijasida sodir bo‘lgan vayronagarchilik va qurbonlarning tasviri tushirilgan 30 soniyalik havaskor videomaterial joylashtirilib, u bir necha daqiqa ichida dunyoning yetakchi telekanallari tomonidan efirga uzatildi.OAVning-ijtimoiy-tarmoqlardan-foydalanishining-xalqaro-tajribasi-2

Bosma OAV ham Twitter.com.da berilgan guvohlarning materiallaridan keng foydalanishdi. Yana bir misol, 2009 yil 12 dekabrda Chelyabinsk viloyatining Kalachevo qishlog‘iga halokatga uchragan samolyot qulagan. Halok bo‘lganlarning ismi va familiyasidan tashqari hech qanday axborot yo‘q edi. Halokatni aks ettirgan televizion syujet uchun Vkontakte.ru va Odnoklassniki.ru.da foydalanuvchilar tomonidan yuklangan suratlardan foydalanilgan.

OAVning-ijtimoiy-tarmoqlardan-foydalanishining-xalqaro-tajribasi-4G‘arb jurnalistlari ijtimoiy tarmoqlarni «ijtimoiy media» deb atab, unga OAVning bir turi sifatida qarashmoqda. 2012 yili Fransiyaning AFP axborot agentligi «Tarmoqning yopiq eshiklari orqasida» deb nomlangan tajriba o‘tkazishdi. Besh nafar taniqli jurnalistlar qishloq joydagi fermalardan birida tashqi dunyodan uzilgan holda, besh kun davomida Twitter.com va Facebook.com.da berilayotgan yangiliklar asosidagina dunyoda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida yozishlari kerak edi.

OAVning-ijtimoiy-tarmoqlardan-foydalanishining-xalqaro-tajribasi-6Jurnalistlar kirishi mumkin bo‘lgan boshqa saytlar o‘chirib qo‘yiladi. Maqsad-ijtimoiy tarmoqlarda qo‘yilayotgan axborotning haqqoniyligini tekshirib ko‘rish edi. Natija kutilganidan ham a’lo bo‘ldi. Jurnalistlar taqdim etilgan materiallardagi faktlar tekshirilganida ularning haqqoniyligi aniqlandi.

2013 yilda AQSH hukumatining rasmiy saytlaridan birida davlat muassasasi faoliyatining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasidan samarali foydalanish, ijtimoiy tarmoqdagi sahifaga faydalanuvchilarni qay tarzda jalb etish va uning ijobiy imijini yaratish borasidagi qoidalarni aks etgan «How To Use Social Media Strategically in the Federal Government» sarlavhali animatsion rolik  qo‘yildi.

OAVning-ijtimoiy-tarmoqlardan-foydalanishining-xalqaro-tajribasi-7Rolik federal va hududiy muassasalarning jamoatchilik bilan aloqalar va axborot xizmatlari xodimlari uchun mo‘ljallangan edi. Rossiya Federatsiyasida Federal antimonopoliya xizmati birinchilardan bo‘lib, ya’ni 2004 yili Facebook.com.da o‘z sahifasini ochdi. Bugungi kunda ommaviy axborot vositalarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarining soni yil sayin ortib bormoqda.

So‘nggi tadqiqot natijalariga ko‘ra, jahondagi yirik OAV o‘zlarining sahifalarini Facebook.com.da (97 foiz) ochishmoqda. Twitter.com. undan atigi bir foizga orqada (96 foiz). Marketologlar o‘zlarining targ‘ibot va reklama roliklarini joylashtirish uchun Youtube.com.ni (90 foiz) tanlashmoqda.

OAVning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishining xalqaro tajribasi-8  

Facebookning ijrochi direktori Sheril Sandbergning fikriga ko‘ra, «yaqin besh yil ichida kontenti foydalanuvchilarni qiziqtira olmagan web-saytlar anoxronizmga aylanadi». Demak, yaqin yillarda internet-resurslarning deyarli barchasi ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘z auditoriyasini kengaytiradi.

Agar Sizga maqolada yoritilgan mavzu qiziqarli bo‘lsa, ushbu sohaga bag‘ishlangan sahifada yoki navbatdagi maqola bilan mana bu joyda tanishib chiqishingiz mumkin.

Ushbu web-sayt ma’muri, maqolalarning muallifi hamda oddiy bir inson sifatida Sizga va oilangizga Allohdan, sihat-salomatlik, tinchlik va hotirijamlik, baxtli hayot kechirish hamda boshlagan ezgu ishlaringizda omad nasib etishini chin dildan tilab,

Hurmat va ehtirom ila, Qobiljon Ataxanov

P.S. Maqola Sizga manzur kelgan bo‘lsa, iltimos, quyidagi tugmalardan birini bosib yaqinlaringiz bilan o‘rtoqlashing! Agar maqolaga munosabat bildirib, o‘z sharhingizni yozib qoldirsangiz bag‘oyat hursand bo‘laman va oldindan minnatdorchiligimni izhor qilaman!

О программе Қобилжон Атаханов

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *