ИНСОН ВА ҚОНУН

Qibrayda uchrashuv va sayyor qabul

Prezidentimizning 2019 yil 9 yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, hududlardagi mavjud muammolarni hal etish maqsadida bevosita joylarda xalq bilan ochiq muloqotlar olib borish, sayyor qabullar uyushtirish va keng qamrovli uchrashuvlar o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ayni shu maqsadda Toshkent viloyati Qibray tumani jinoyat va fuqarolik ishlari bo‘yicha hamda iqtisodiy sudlari raislari tomonidan joriy yil 13 fevral kuni tumanning A.Navoiy mfy hududida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi IIV Toshkent 2-sonli akademik litseyida “Sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish” mavzusida tuman aholisi bilan uchrashuv va sayyor qabul o‘tkazildi.

So‘nggi yillarda barcha sohalarda bo‘lgani kabi sud tizimida ham keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Tadbirning asosiy maqsadi tuman sudlarining faoliyati bilan aholini yaqindan tanishtirish hamda fuqarolarni qiynayotgan savollarga javob topishdan iborat.

Inson borki, baxtli va farovon yashashni, farzandlari kamolini ko‘rishni orzu qiladi. Buning uchun nafaqat u istiqomat qilayotgan xonadon, balki mahalla, yurt tinch bo‘lmog‘i lozim. Shu ma’noda profilaktika, ya’ni jinoyatchilikka va huquqbuzarlikka qarshi kurashishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu jarayonda huquq tartibot idoralari xodimlari bilan bir qatorda jamoatchilikning ham ishtiroki va yordami nihoyatda muhim. Chunki hech bir jinoyat to‘satdan ro‘y bermaydi. Jinoyatni yillar davomida to‘planib qolgan muammo yoki muhit yuzaga keltiradi. Shu bois tevarak-atrofda yuz berayotgan voqea-hodisalarga aslo loqayd bo‘lmaslik kerak.

Arzimasdek tuyulgan muammolar bartaraf etilmas ekan ular ertaga katta tashvishlarni keltirib chiqarishi tayin. Raqamlarda keltirilishicha, 2019 yilda jinoyat ishlari bo‘yicha Qibray tuman sudida 216 ta ish ko‘rib chiqilgan. Bu ko‘rsatkich 2018 yilda 256 tani tashkil etgan. Tumanda xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan 30 ta ish ko‘rib chiqilgan. 2018 yilda bu ko‘rsatkich 43 tani tashkil etgan. Aslida bu kabi raqamlar kamayishiga emas, butunlay bo‘lmasligiga erishishimiz zarur.

Oilaviy munosabatlarning darz ketayotgani og‘riqli nuqtalarimizdan biridir. Bitta oila barbod bo‘lsa, bundan jamiyat ham aziyat chekadi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudi tomonidan 2019 yilda 916 ta nikohdan ajratish haqidagi fuqarolik ishlari ko‘rib chiqilgan. Ushbu jarayonda bir qancha da’volar rad etildi, bir qancha oilalar esa yarashtirib qo‘yildi. Afsuski, da’vo qanoatlantirilgan holatlar ham bo‘ldi. Ya’ni bir nechta oilalar barbod bo‘ldi. Bu nimadan dalolat beradi? Demak, oila deya atalmish muqaddas qo‘rg‘on mustahkamligini ta’minlash o‘rniga, aksincha uning darz ketishiga yo‘l qo‘yilmoqda. Ayanchli tomoni, otasiz yoki onasiz bolalar soni oshayapti. Ota yoki onaning tarbiyasini ko‘rmagan bola esa har tomonga yo‘rg‘alaydi, turli salbiy illatlarning ta’siriga tushib qoladi. To‘kis oilada ulg‘aymagan farzandning kelajagi yorug‘ bo‘lishi qiyin. Demak, tegishli mutasaddi tashkilotlar hamkorlikni yanada kuchaytirgan holda oilalar bilan ishlashga, ularning dardu muammolari yechimini topishda ko‘maklashishga ko‘proq ahamiyat qaratishi zarur. Qolaversa, oilani balandparvoz gaplar, turli tadbirlaru uchrashuvlar bilan asrab qolishning imkoni yo‘q. Buning uchun ularga moddiy va ma’naviy ko‘mak zarur. Ya’ni muammoli oilalar bilan yaqindan samimiy muloqot qilib, ularni qiynayotgan muammo va tashvishlarni birgalikda baham ko‘rish shart. Eng muhimi, bu muntazam davom etadigan jarayonga aylansagina oilalarning bag‘ri ham, baxti ham chinakamiga butun bo‘ladi.

Uchrashuv davomida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammoli masalalar hamda qiziqtirgan savollar yuzasidan mutasaddilardan javoblar olishdi.

Тэги
Показать больше?

Статьи по Теме

Кнопка "Перейти наверх" (Go To Top)
Близко
Биз сайтни энг яхши намойиш этиш учун cookie-файллардан фойдаланамиз. Ушбу сайтдан фойдаланишда давом этиб, Сиз cookie-файллардан фойдаланишга розилик билдирасиз.
Қабул қилиш
Рад этиш