Ultimate magazine theme for WordPress.

MUNOSABAT: KARANTINNI QACHON TUGASHI O‘ZIMIZGA BOG‘LIQ

50

Prezidentimiz shu yilning 26 may kuni investitsiya masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi avvalida mamlakatimizda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida to‘xtalib, karantin qoidalariga rioya etilishi bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratdi.

Bozorlar, savdo komplekslari, banklarda ijtimoiy masofaga amal qilmaslik, ko‘cha-ko‘yda tibbiy niqob taqmaslik, uylarda turli yig‘inlar o‘tkazish holatlari ko‘paygani sababli keyingi kunlarda mamlakatimizda koronavirus yuqtirib olganlar soni sezilarli ortdi. Bunday salbiy holatlar kasallikni aniqlash, oldini olish va davolash uchun qilayotgan barcha harakatlarimiz, budjetdan sarflanayotgan trillionlab mablag‘lar samarasini yo‘qqa chiqarishi mumkin.

Karantinni qachon tugashi o‘zimizga bog‘liq-2

Afsuski, ko‘pchilik karantin cheklovlari yumshatilishini “Bo‘ldi, endi bemalol, oldingidek yashasak bo‘laveradi”, deb tushunmoqda. Holbuki, ofat hali chekingani yo‘q. Karantin talablariga amal qilmasak, avvalo, o‘zimizni, qolaversa, yaqinlarimiz salomatligini xavf ostiga qo‘yamiz. Shunday ekan, barchamiz gigiyenaning oddiy qoidalariga amal qilaylik. Ko‘chaga tibbiy niqobda chiqishimiz, iloji boricha odamlar gavjum joylarga borishdan tiyilishimiz, oraliq masofani saqlash, umuman, tozalikka, sog‘lom turmush tarziga jiddiy ahamiyat berishimiz kerak. Shu orqali biz xavfli kasallikning oilamizga kirib kelishining oldini olamiz. Qolaversa, hukumatimizning pandemiyaga qarshi amaliy sa’y-harakatlari natijadorligi ortishiga hissa qo‘shgan bo‘lamiz.

Karantinni qachon tugashi o‘zimizga bog‘liq-3

Videoselektorda pandemiyaning iqtisodiyotga ta’sirini yumshatishga qaratilgan islohotlarni, bu yo‘lda joriy qilingan imtiyozlarni aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga to‘g‘ri va manzilli yetkazishdagi ishlar ko‘ngildagidek yo‘lga qo‘yilmagani ta’kidlandi. Haqiqatan ham, joylarda yurganimizda buning guvohi bo‘ldik. Berilayotgan imtiyozlar, yengilliklarni partiyamizning asosiy elektoratiga o‘z vaqtida tushuntirish parlament quyi palatasidagi eng katta fraksiya sifatida biz deputatlarning zimmasiga mas’uliyat yuklaydi.

Ochig‘ini aytish kerak, bu yo‘nalishda ayni paytda olib borayotgan ishlarimiz yetarli emas. Joylarda mahalliy kengashga saylangan deputatlarimiz bilan birga Prezidentning pandemiyaga oid qarorlari va topshiriqlari ijrosi yuzasidan parlament va kengashlarning ta’sirchan nazoratini har doimgidan ham kuchaytirishimiz zarur.

Barno MIRZAMOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,
O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

Avvalgi sahifalarimizning birida koronavirusdan saqlanish va ehtiyot choralari haqida alohida maqola nashr qilgan holda e’tiboringizga havola qilgan edik.

Ushbu web-sayt ma’muri hamda oddiy bir inson sifatida Sizga Allohdan, sihat-salomatlik, tinchlik va hotirijamlik hamda ezguli ishlaringizda omad nasib etishini chin dildan tilab Qobiljon Ataxanov.

P.S. E’tiboringizga taqdim etilayotgan maqolalarga munosabat bildirib, sharhingizni yozib qoldirsangiz bag‘oyat hursand bo‘laman va oldindan o‘z minnatdorchiligimni izhor qilaman! Maqola Sizga manzur kelgan bo‘lsa, iltimos, yaqinlaringiz bilan o‘rtoqlashing.

Tanlangan sara maqolalar bilan tanishish istagingiz bo‘lsa, marhamat ushbu manzilga tashrif buyursangiz barcha to‘plangan maqolalar jamlanmasi bilan tanishish imkoniga ega bo‘lasiz.