Ultimate magazine theme for WordPress.

11 APREL – XALQARO “FASHISTIK KONSLAGERLARNING MAHBUSLARINI OZOD QILISH” KUNI SIFATIDA NISHONLANADI

46

Ushbu kunda butun dunyo bo‘ylab unitilmas sana – Xalqaro fashistik konslagerlarining mahbuslarini ozod qilish kuni sifatida keng nishonlanadi.

Barchaga ma’lum bo‘lganidek, konslagerlar – bu siyosiy, ijtimoiy, irqiy, diniy va boshqa sabablarga ko‘ra juda ko‘p mahbuslar saqlanuvchi maxsus qamoqxonalardir.

Ikkinchi jahon urushi davrida konslagerlar, Germaniyada va u ishg‘ol qilgan boshqa hududlarda ham keng tarqalgan.

Ikkinchi jahon urushi tarixida yarim asrdan buyon sirligicha qolayotgan “101 o‘zbekning jasorati” alohida ahamiyat kasb etadi.

“fashistik konslagerlarning mahbuslarini ozod qilish” kuni_2

…Frontda vaziyat yomonlashib og‘irlashgan bir davrda, Gitler biron-bir chora o‘ylab topishni buyuradi. Moskva uchun tarixiy jangdan avval, Smolenskni qo‘lga kiritishda qiynalgan nemis askarlarining tushkun kayfiyatini ko‘tarish kerak edi. Bir oy ichida butun mamlakatni bosib olgan fashistlar, mana ikki oydan ortiq muddat davomida ruslarning yerdarida to‘xtab qolishgan edi.

Shunda, Germaniya targ‘ibot vaziri Yozef Gebbels, o‘z askarlariga dushmanning saviyasi past, ongsiz va ochko‘zligini ko‘rsatishga qaror qiladi. Gebbels sovet askarlari bir bo‘lak non uchun bir-birlarini tilka pora qilib tashlashi to‘g‘risida qisqa videofilmni tasvirga olishni rejalashtirgan edi.

Ayniqsa, harbiy asirlar orasidan yervopalik irq ko‘rinishiga ega bo‘lmaganlari tanlab olindi. Fashistlarning asosiy maqsadi asirlarni qo‘pol qilib aytganda hayvon darajasigacha qiynash va ularda insoniylik xislatlaridan hech narsa qolmasligini rejalashtirishgan… Och qolgan yirqirtlar orasiga bir bo‘lak ovqatni tashlash edi.

Oradan bir oz vaqt o‘tganidan keyin lagerga yuqori mansabdor shaxslar, kinooperator va rejissyorlar otryadi kelib suratga olish ishlarini boshlab yuborishdi.

“fashistik konslagerlarning mahbuslarini ozod qilish” kuni_3

O‘zbeklar atrofi to‘sib o‘ralgan “qo‘ra”da saqlanmoqda edi, yaqinlashib kelayotgan avtomashina yukxona eshigini ochdi, yangi uzilgan shirmoy nonning takrorlanmas isi atrofni tutib ketdi. Ushbu rejaning ososiy maqsadi, asirda bo‘lganlar ularga tashlangan nonni talashib bir-birlari bilan urishib, kinokamera qarshisida o‘zaro talashib urushishlari kerak bo‘lgan.

Mazkur film harbiy asirlar non bo‘lagi uchun qanday tashlanishlari aks etgan Reyxning eng buyuk filmi bo‘lishi kerak edi. Bu film orqali Reyxning askarlariga “Sizlarni qalbingizda rahm shavqat qolmasligi kerak. Chunki ular odam emas” degan g‘oyani singdiruvchi o‘quv filmi namoyish qilinishi kerak bo‘lgan.

Lekin barchasi bunday bo‘lmadi.

… qo‘ra ichiga tashlangan nonning oldiga, asirga olinganlarning eng yoshi keldi. Barcha sukunatda edi. Shundan so‘ng, nonni yosh bolakay qo‘lga oldi va uch marotaba o‘pib, peshonasiga tekkazdi, bu harakati bilan bolakay non uning uchun azizligini ko‘rsatdi. Bolakay nonni asirdagilarning eng yoshi kattasiga olib borib berdi. Asirga olinganlar hammasi aylanasimon bo‘lishib sharqona “chordana” qurib o‘tirib nonni kichik bo‘laklarga bo‘lib bir-birlariga uzata boshlashdi, ushbu holat xuddi to‘ydagi osh tarqatish marosimiga o‘xshar edi. Asirga olinganlarning har biri o‘zining non bo‘lagini avvalo hidlab, uning issiqligidan biroz qo‘llarini isitib, ko‘zlarini yumgan holicha yeyishni boshlashdi. Ushbu g‘ayrioddiy tanavvuldan so‘ng «Xudoga shukur» degan so‘z eshitildi.

“fashistik konslagerlarning mahbuslarini ozod qilish” kuni_4

Nemislar ushbu holatni ko‘rib g‘azabdan o‘zlarini qo‘yarga joy topa olishmadi. Gebbelsning rejasi xalqning oliy-janobligi tufayli amalga oshmadi. Xalqning bunday oliy janob bo‘lishi, bir-biriga bunday hurmat-ehtimrom qilishi Gebbelsning hatto tushiga ham kirmagan edi, uning qarshisida turgan asirdagilar Vatanini va nonni bunday qadrlashlari tahsinga sazovor edi.

Har bahorda Utrext yonida joylashgan Amersfort shahri yaqinidagi o‘rmonda yuzlab gollandiyalik – erkak va ayollar, yosh-u qarilar to‘planishadi.

Bu yerda ular fashistlar tomonidan shu joyda otilgan va yarim asrdan ko‘proq vaqt davomida unitilgan “101” sovet askarlari xotirasiga sham qo‘yadilar.

Bugungi avlod unutmasligi kerakki, bu “101” askar va yuz minglab o‘zbekistonliklar bizning tinch hayotimiz, kelajagimiz uchun o‘z hayotlarini qurbon qilganlar.

“fashistik konslagerlarning mahbuslarini ozod qilish” kuni_5

2020 yilda “O‘zbekkino” O‘zbekistonning har bir oilasidan yaqin qarindoshini olib ketgan, eng shavqatsiz urushga ta’sir ko‘rsatgan ajoyib ajdodlarimiz va ularning jasorati to‘g‘risida kinofilmni suratga olmoqchi. “101 nafar o‘zbek askarlari to‘g‘risida”gi kinofilmning loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda, deya xabar qilgan O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Ushbu sayt ma’muri hamda oddiy bir inson sifatida Sizga Allohdan, sihat-salomatlik, tinchlik va hotirijamlik hamda ezguli ishlaringizda omad nasib etishini chin dildan tilab Qobiljon ATAXANOV.

P.S. E’tiboringizga taqdim etilayotgan maqolalarga munosabat bildirib, sharhingizni yozib qoldirsangiz bag‘oyat hursand bo‘laman va oldindan o‘z minnatdorchiligimni izhor qilaman! Maqola Sizga manzur kelgan bo‘lsa, iltimos, yaqinlaringiz bilan o‘rtoqlashing.

Tanlangan sara maqolalar bilan tanishish istagingiz bo‘lsa, marhamat ushbu manzilga tashrif buyursangiz barcha to‘plangan maqolalar jamlanmasi bilan tanishish imkoniga ega bo‘lasiz.