Ultimate magazine theme for WordPress.

AXBOROTNING ASOSIY XUSUSIYATLARI

149

 Ushbu masalani tadqiq etgan Sankt-peterburglik olima G.S.Melnik quyidagilarni qayd etadi: «Axborot – hamma joyda ko‘ptomonlamalik (universal) xususiyatiga hamda aniqlash-baholash (atributiv) sifatiga egadir.

Birinchidan, axborot almashish moddiyat va ijtimoiyatning bir butunligi sifatida doimiy ravishda yuz beradi…

Ikkinchidan, hap qanday axborot bo‘laklanish, maydalanish, uziq-yuluqlik xususiyatiga ega (disket) bo‘lib, xabar “bo‘laklari”, qismlari ko‘rinishda mavjud bo‘ladi hamda moddiylashgan shakl (ovoz, matn, tasvir)da ifodalanadi va qayd etiladi.

Uchinchidan, axborot oqimi uzluksiz harakat qiladi.

To‘rtinchidan, axborot almashishning ayon ashyosiga aylanishi uchun iste’molga kirishi va ishlatilish qiymatiga ega bo‘lishi zarur.

Axborotning asosiy xususiyatlari-3

…Axborot pragmatik (baholash) xususiyatiga ham ega ya’ni uzatuvchi va iste’mol qiluvchiga nisbatan muayyan yangilik qiymatini va munosabatini kasb etadi. Axborot iste’molga kirguncha mavjud bo‘lgan noma’lumlikni bartaraf etuvchi ma’lumotlarnigina ifoda etadi, bilmaslikka, mavhumlikka barham beruvchi yoki uni kamaytiruvchi narsa axborotdir», degan qarash keng tarqalgan.

Axborotning foydalik darajasini uni iste’mol qiluvchi belgilaydi. Axborot o‘z iste’molchisini topgan ekan, demak, bu axborot u uchun muayyan qiymatga ega bo‘ladi. Shuningdek, axborotdan ko‘p marta, takror-takror foydalanish ham mumkin.

By uning tadrijiylik, takroriylik xususiyatiga egaligidan kelib chiqadi. Ayni paytda u eskirishi va o‘z “sig‘imi” va ko‘lamini, qiymati va ahamiyatini o‘zgartirishi ham mumkin.

Zero, axborot ham davriylik qonuniyatiga bo‘ysunadi: tug‘iladi, shakllanadi, muayyan davrni o‘taydi, qariydi va o‘z qiymatini yo‘qota boradi.

By xususiyat axborotga ijtimoiy-tarixiy nuqtai nazarda yondashishni ham taqozo etadi. Shaxs va jamiyat doimo muayyan axboriy muhitda mavjuddir.

“Axborotning yo‘qligi ham axborotdir” qabiladagi munozarali fikr ham mohiyat e’tibori bilan aslida ushbu ta’kidni tasdiqlaydi.

Axboriy biqiqlik – axborot oqimidan ajralib qolish ham yolg‘on axborot kabi har qanday jarayonni orqaga tortadi, shaxs va jamiyat inqiroziga sabab bo‘ladi.

Yaponiyadagi Xitotsubasi dorilfununining taniqli professori Noriyuki Takayamaning “Yaponiya-Uzbekistan” mavzudagi seminarda qilgan quyidagi ta’kidlariga e’tibor qilaylik.

“Muassasaning hap bir a’zosi o‘z zimmasiga yuklangan vazifa va majburiyatni aniq bilishi uchun ularning barchasi bir xilda, lavozimidan qatiy nazar, butun muassasaga daxldor ma’lumotlar hamda aniq axborotga ega bo‘lishlari zarur…

…Yaponiyadagi istagan bir muassasaga qadam qo‘yar ekansiz, uning hap bir a’zosi sizga aynan bir xil axborot beradi… Bosh rahbarning yo‘qligida esa istagan bir xodim uning o‘rnini bosa olishi mumkin…

Yaponiyada faqat rahbarga ma’lum, ammo xodimlar bilmaydigan axboroti bo‘lmaydi. Bo‘lgan taqdirda ham bu nihoyatda cheklangan miqdorda uchraydi. Yaponiyada shaxsni juda katta axborotga ega bo‘lganligi uchungina rahbarlik o‘rnida saqlab turish mumkin emas…

Yaponlar, odatda, axborot va bilim xodimning vazifasi va maqomiga ya’ni, lavozimiga biriktirib, mustahkamlab qo‘yiladi, deb hisoblashadi. Ish o‘rnini o‘zgartirish zarur bo‘lib qolganda, u o‘z o‘rniga keladigan xodimga imkoni boricha batafsil va to‘liq axborot berishga ma’sul.

Axborotning asosiy xususiyatlari-2

By ishning avvalgiday bir maromda davom etishini ta’minlaydi. Yaponiyada yangi rahbarning ishni ibtidodan boshlashi yoki faoliyat mazmuni mundarijasining o‘zgarib ketishi, shuningdek, qo‘l ostidagi avvalgi xodimlar o‘rnini almashtirib, qayta tarkiblash hollari g‘ayriodatiydir”.

Ushbu fikrga yana shuni ham qo‘shimcha qilish kerakki, Yaponiyada axborotning maqomi aloxida olingan muassasalar doirasidagina emas, balki butun jamiyat miqyosida ham nihoyatda yuksakdir – “yapon mo‘jizasi” sirining asosiy omillaridan biri ham mana shunda.

Darvoqe, kun chiqar mamlakat Konstitutsiyasining maxsus va eng katta bo‘limida qayd etilishicha, axboriy kamolatga erishgan mukammal jamiyat bo‘lgan emas, kelajakda bunday jamiyatning yuzaga kelishini bashorat qilishgina mumkin. Ammo shu narsa aniq va ravshanki, axborotning ahamiyati bir nafas olayotgan xavoning qiymatiga monanddir.

Mazkur mavzuga mazmunan aloqador bo’lgan va avvalgi sahifalarimizning birida chop etilgan “Biznesni ijtimoiy tarmoqlarda targ’ib etish kerakmi?” nomli maqolamizda ham atroflicha to’xtalib o’tgan edk.

Shunungdek kelgusi nashrlarimizda chop etilishi rejalashtirilgan “Ijtimoiy tarmoqlar etikasi”, “Internet bolalari” va Runetdagi ijtimoiy tarmoqlar statistikasi hamda “Facebook misolidagi aqlli tasma” nomli maqolalarimizda ham atroflicha suhbatlashamiz.

Ushbu web-sayt ma’muri hamda oddiy bir inson sifatida Sizga Allohdan, sihat-salomatlik, tinchlik va hotirijamlik hamda ezguli ishlaringizda omad nasib etishini chin dildan tilab Qobiljon Ataxanov.

P.S. E’tiboringizga taqdim etilayotgan maqolalarga munosabat bildirib, sharhingizni yozib qoldirsangiz bag‘oyat hursand bo‘laman va oldindan o‘z minnatdorchiligimni izhor qilaman! Maqola Sizga manzur kelgan bo‘lsa, iltimos, yaqinlaringiz bilan o‘rtoqlashing.

Tanlangan sara maqolalar bilan tanishish istagingiz bo‘lsa, marhamat ushbu manzilga tashrif buyursangiz barcha to‘plangan maqolalar jamlanmasi bilan tanishish imkoniga ega bo‘lasiz.