Ultimate magazine theme for WordPress.

AYOLLAR BOR …

67

AYOLLAR BOR — YOLG‘IZLIKNI OR BILADI,

AYOLLAR BOR — TAYYOR ERNI XOR QILADI.

AYOLLAR BOR — INJIQ ERIN ALQAB YURAR,

AYOLLAR BOR – TO‘RA ERIN QARG‘AB YURAR.

 

AYOLLAR BOR — YIGIRMADA BOSH BO‘LADI,

AYOLLAR BOR — OLTMISHDA HAM YOSH BO‘LADI!

AYOLLAR BOR — ERIM TILLO, DARDKASH DEYDI,

AYOLLAR BOR — ERIM ALKASH, PASTKASH DEYDI.

 

AYOLLAR BOR — SALGA KULAR XINGIR-XINGIR,

AYOLLAR BOR — ISHI DOIM MING‘IR-MING‘IR…

AYOLLAR BOR — ER SO‘KINSA JIM TURADI,

AYOLLAR BOR — ERKALASANG DO‘Q URADI….

 

AYOLLAR BOR — KULIB YAXSHILIKKA YO‘YAR,

AYOLLAR BOR — OYLAB QOVOG‘INI UYAR!

AYOLLAR BOR — ER G‘AMINI ARITADI,

AYOLLAR BOR — JAVRAB, ERIN QARITADI.

 

AYOLLAR BOR — QALBING NURGA TO‘LDIRADI,

AYOLLAR BOR — “BESH KUN BURUN O‘LDIRADI…”

AYOLLAR BOR — SHIJOATGA TO‘LDIRADI,

AYOLLAR BOR — G‘AYRATINGNI SO‘NDIRADI.

 

AYOLLAR BOR — G‘AMGIN BO‘LSANG KULDIRADI,

AYOLLAR BOR — PAYMONANGNI TO‘LDIRADI.

AYOLLAR BOR — ER BOSHINI XAM QILADI,

MULZAM QILIB DIYDASINI NAM QILADI.

 

AYOLLAR BOR — NOLIGANI-NOLIGAN-YE-YE-YEY,

SHAYTON MARDIKORI UNDAN XORIGAN-YE-YEY!

AYOLLAR BOR — ERNI SIQIB SIL QILADI,

AYOLLAR BOR — “NUSXA”NI ASL QILADI!!!

 

AYOLLAR BOR — KULIB YURAR, KULDIRADI,

QO‘L KO‘TARSANG UY TO‘RIGA YUGURADI…

AYOLLAR BOR — SAL BO‘SH KELSANG “TO‘YDIRADI”,

SO‘KSANG, ONASIGA “KETIB” KUYDIRADI.

 

AYOLLAR BOR — ER QADAMIN POYLAB YURAR,

AYOLLAR BOR — ERI YO‘LDA OYLAB YURAR…

AYOLLAR BOR — JANJALLI DAVRADAN QOCHAR,

AYOLLAR BOR — O‘Z “KETI”NI O‘ZI OCHAR…

 

AYOLLAR BOR — U TUFAYLI BALAND BOSHING,

PALOVXONTO‘RADUR ICHGAN YOVG‘ON OSHING…

AYOLLAR BOR — PINXON SAQLAR IBODATIN,

AYOLLAR BOR — KO‘Z-KO‘Z QILISHDUR ODATI…

 

AYOLLAR BOR — HALOL ERIN “ADASHTIRAR”,

“CHARCHADIM” DEB BAHONANI QALASHTIRAR.

AYOLLAR BOR — UYLARIDAN ILON CHIQQAN,

TO‘LG‘OQ TUTIB ONASI KAFEDA TUQQAN…

 

AYOLLAR BOR — OG‘IZ OCHAR RO‘ZA TUTMAY,

KO‘CHA KEZAR OSH–NON QO‘YIB ERIN KUTMAY

SEN YAXSHI TOIFA BO‘LGIN EY MUQADDAS!!!

DO‘ST-YOR, XATTO DUSHMANING HAM QILSIN HAVAS!

 

YORING UCHUN MOX BO‘L, U SEN UCHUN YULDUZ!!!

AKSI ERSA — TAVBA,… TAVBA,… KECHA – KUNDUZ.

Muqaddas Mamadaliyeva

Hamisha xushkayfiyat Sizga hamrox bo‘lsin!

Ushbu web-sayt ma’muri hamda oddiy bir inson sifatida Sizga va oilangizga Allohdan, sihat-salomatlik, tinchlik va hotirijamlik, baxtli hayot kechirish hamda boshlagan ezgu ishlaringizda omad nasib etishini chin dildan tilab Qobiljon Ataxanov

P.S. E’tiboringizga taqdim etilayotgan she’rlarga munosabat bildirib, o‘z sharhingizni yozib qoldirsangiz bag‘oyat hursand bo‘laman va oldindan o‘z minnatdorchiligimni izhor qilaman! Sizga she’r manzur kelgan bo‘lsa, iltimos, ijtimoiy tarmoqlarning tugmalaridan birini bosib yaqinlaringiz bilan o‘rtoqlashing!

She’riyat gulshanidan bahra olish istagingiz bo‘lsa, marhamat ushbu manzilga tashrif buyursangiz barcha to‘plangan she’rlar jamlanmasi bilan tanishish imkoniga ega bo‘lasiz.