Ultimate magazine theme for WordPress.

FACEBOOK MISOLIDAGI “AQLLI TASMA”

114

Ijtimoiy tarmoqlar va aksariyat video-xosting platformalarida “aqlli tasmalar” funksiyasi mavjud. Bu to‘plangan ma’lumotlar asosida har bir kishiga o‘zi uchun qiziq bo‘lgan narsalarni namoyish etadigan xatti-harakatlar, mashg‘ulotlar, foydalanuvchining tarkibga bo‘lgan munosabatini tahlil qiluvchi maxsus algoritmlardir. Shuning uchun, agar siz odamlar ko‘rishini istasangiz, postlaringiz avvalo algoritmga mos kelishi kerak.

Buni qanday amalga oshiriladi? “Aqlli tasmalar” algoritmi nimani nazarda tutadi? Qanday qilib ustunlikka erishish mumkin? Tarkibning qaysi turlari mashhur?

Bu haqda “NextMedia ekspertlar marketingi agentligi” ta’sischisi va direktori Elnara Petrova “Yaratamiz. O‘ynaymiz. Jalb qilamiz – STORIKRAFT 2020” doirasida hikoya qiladi.

Facebook foydalanuvchisi bir kunda 1500 dan ortiq xabarlar oladi, ammo o‘rta hisobda tasmada ulardan faqat 100 tasini ko‘radi. Agar siz o‘z tasmangiz bilan hamkasblar, do‘stlar, qarindoshlar tasmalarini solishtirsangiz, bu turlicha axborot maydonlari ekanini ko‘rasiz. Bizda kirishda 1500 ta yozuv, chiqishda 100 ta, qolganlari algoritm tasmasidan o‘tmagan.

Foydalanuvchi uchun nimani namoyish qilishni hal etishda algoritmlar e’tiboridagi uchta asosiy omil:

Facebook algoritmlari nimalarni hisobga oladi?

  • Dolzarblik. Algoritm e’lon qilinayotgan chiqishlarning reytingini belgilaydi va uni biz tasmada ko‘rgan tartibda namoyish qiladi. Facebook nuqtai nazarida dolzarblik, nafaqat e’lon qilingan sana, balki foydalanuvchining kutgan narsalariga mos kelishi. Algoritmlar evergreen-kontentni (abadiy yashil) taniy oladi va ular uzoq vaqt davomida dolzarbligini saqlab qoladi.
  • Postlarni ko‘rish vaqti. Facebook foydalanuvchi sahifadagi u yoki bu chiqishni ko‘rishga qancha vaqt sarflashini, qaysi qurilmadan kirayotganini va tarkibni qanday iste’mol qilishini aniqlay oladi. Bu siz hamjamiyat strategiyasini tuzishda e’tiborga olishingiz muhim bo‘lgan jixat. Agar siz foydalanuvchi ocholmaydigan havolalarni e’lon qilsangiz, algoritm buni eslab qoladi va sizning postlaringizni bu va boshqa shu kabi foydalanuvchilarga taqdim qilmaydi.
  • Video bilan shug‘ullanish. An’anaviy layk yoki sharh emas, balki ovozni yoqish, to‘liq ekran rejimiga o‘tish, videoni yuqori sifatda ko‘rish.

SIZNING VAZIFANGIZ – FOYDALANUVCHILARNING DIQQATINI BOSHQARISH.

Facebook algoritmlari yana nimalarni hisobga oladi?

  • Almashinuv chastotasi (ulashish funksiyasi)
  • Layk va izohlar
  • Sizning hamjamiyatingizga obuna bo‘lish
  • Xabar e’lon qilingani to‘g‘risidagi xabar sozlamalari
  • Translyatsiyalarga ulanish vaqti
  • Videoni ko‘rish hisoboti. Obunachilar yuklangan videolarning qaysi qismini ko‘radilar?
  • Messenjerlarjagi bevosita kommunikatsiyalar soni

Qanday qilib ta’sir doirasini aniqlash va ustuvorlikka erishish kerak?

  • Muhim mezonlar bo‘yicha qaror qabul qiluvchi odamlarni tahlil qiling: kasbi, kompaniyasi, kuchli tomonlari.
  • Ularni nima qiziqtirishi, nimalarni yozayotgani va nima deyayotganlarini aniqlang.
  • 3-6 oy mobaynida siz e’tibor berishga tayyor bo‘lgan odamlar ro‘yxatini tuzing.
  • Ularning chiqishlariga izohlar yozing va muhokamalarda ishtirok eting.
  • Ularning nomlarini o‘z chiqishlaringizda eslatib o‘ting.

NATIJA: SIZ ULARNING TASMASIDASIZ, ALGORITMLAR SIZLARNI TANISH VA DO‘ST DEB HISOBLAY BOSHLAYDI.

2015 yilda Facebook “namoyishda ustuvorlik” opsiyasini taqdim etdi, bu bizga qaysi do‘stlarimiz yoki yangiliklar tasmasida birinchi bo‘lib qanday xabarlarni ko‘rishni tanlash imkonini beradi. Siz sozlamada qaysi ustunlikni tanlasangiz, xabarlar sahifasidagi yangiliklar tasmasining yuqori qismida siz istagan postlar ko‘rinish beradi. Ushbu opsiya uchun maksimal cheklov – 25 akkaunt.

Qanday qilib foydalanuvchilarni sizning yozganlaringizni birinchi o‘ringa qo‘yishiga ishontirish mumkin? Ulardan buni bevosita iltimos qiling. Agar 5 % obunachilar sizga ustuvorlik bersalar, algoritmlar sizni foydali manba sifatida qabul qiladi va ijtimoiy tarmoqlarda qo‘llab-quvvatlay boshlaydi.

MASLAHAT: HECH BIR PLATFORMA RAQOBATCHI PLATFORMANI YOQTIRMAYDI. YOUTUBE VIDYEOLAVHALARIGA HAVOLALAR BERMANG, ALOHIDA VIDYEOLAVHA SIFATIDA YUKLANG.

Facebookda ommalashgan formatlar

Efir videoga nisbatan olti marta ko‘proq kommunikatsiya to‘playdi. Bu bevosita efirning qanday tashkil qilinishi bilan bog‘liq. Formatning mohiyati interfaol kommunikatsiyaga bog‘liq.

Facebook treninglar, savol-javoblar, davra suhbatlari, auditoriya bilan muloqot qilish, mehmon va mutaxassislarni taklif qilishda foydalanish uchun veb-platforma sifatida qulay. Facebook oqim xizmati uzoq vaqtdan beri ishlab keladi, shu maqsadda sizning translyatsiyalaringizni yanada professionallashtiruvchi dasturlar yaratilgan. Masalan: Zoom, Ecamm, Belive.tv.

Jonli efir bilan ishlash bo‘yicha ba’zi maslahatlar:

  • Albatta efirlarni ishlating.
  • Efir muntazamligini qanday uzaytirish haqida o‘ylang. Masalan, efirdan mos nomlar ostidagi qisqa roliklarni kesib olish mumkin.
  • Jonli efirlarga tayyorgarlik ko‘ring. Bu murakkab janr. Agar siz tuturiqsiz gap aytib qo‘ysangiz yoki xato qilsangiz, bu siz uchun xavfli bo‘lishi, sizga qarshi vosita sifatida kelishi mumkin. Tomoshabinlar bu kabi muvaffaqiyatsizliklarni tez ilg‘ab olishadi.

Elnara Petrovaning mahorat darsi “Yaratamiz. O‘ynaymiz. Jalb qilamiz – STORIKRAFT 2020” innovatsion laboratoriyasining bir qismidir. Mintaqaviy innovatsion laboratoriya Yevropa Ittifoqi moliyalashtiradigan va Internews tomonidan amalga oshirilayotgan “Markaziy Osiyoda radikallashuv va noto‘g‘ri axborot tarqalishiga qarshi kurashni kuchaytirish” loyihasi doirasida o‘tkaziladi.

Mazkur mavzuga mazmunan aloqador bo’lgan va avvalgi sahifalarimizda chop etilgan “Biznesni ijtimoiy tarmoqlarda targ’ib etish kerakmi?” va “Axborotning asosiy xususiyatlari” hamda “Runetdagi ijtimoiy tarmoqlar statistikasi” nomli maqolalarimizda ham atroflicha to’xtalib o’tgan edk.

Shunungdek kelgusi nashrlarimizda chop etilishi rejalashtirilgan “Internet bolalari” hamda “Facebook misolidagi aqlli tasma” nomli maqolalarimizda ham atroflicha suhbatlashamiz.

Ushbu web-sayt ma’muri hamda oddiy bir inson sifatida Sizga Allohdan, sihat-salomatlik, tinchlik va hotirijamlik hamda ezguli ishlaringizda omad nasib etishini chin dildan tilab Qobiljon Ataxanov.

P.S. E’tiboringizga taqdim etilayotgan maqolalarga munosabat bildirib, sharhingizni yozib qoldirsangiz bag‘oyat hursand bo‘laman va oldindan o‘z minnatdorchiligimni izhor qilaman! Maqola Sizga manzur kelgan bo‘lsa, iltimos, yaqinlaringiz bilan o‘rtoqlashing.

Tanlangan sara maqolalar bilan tanishish istagingiz bo‘lsa, marhamat ushbu manzilga tashrif buyursangiz barcha to‘plangan maqolalar jamlanmasi bilan tanishish imkoniga ega bo‘lasiz.