Ultimate magazine theme for WordPress.

INTERNET BOLALARI

79

Aziz ota-onalar, sizlarga farzandingizni internet bilan “cheklab qo‘yish”, “ta’qiqlash”, “yo‘l qo‘ymaslik” iboralarini qo‘llashni maslahat bermagan bo‘lardik. Aksincha ular bilan ko‘p vaqtingizni o‘tkazing. Ular sizga ishonsin, siz ularga.

Internet saytlariga birgalikda sayr eting, ularga dunyodagi qiziqarli, foydali ma’lumotlarni ko‘rsating. Shunda farzandingiz “xavfli” saytlarni o‘zi farqlab oladi, unga kirish xavf tug‘dirishini bilib oladi. Shunda ham statistika ma’lumotlari bilan tanishtirib o‘tamiz.

Ma’lumki, bolalar yoshining aniq bir pallasiga kelganda ular sezilarli darajada tubdan farq qilishni boshlashadi. Har bir bosqich bolalarning qiziqishiga va internetdan foydalanishiga qarab aks etadi.

ligainternet ma’lumotiga ko‘ra, 4 yoshdagi bolalarning 88% internetga ota-onasi bilan birga kirishadi. 8-9 yoshga borib bolalar tarmoqqa o‘zlari mustaqil ravishda kira boshlashadi. Shunga ko‘ra ularning 80 foizi yotoqxonadagi alohida kompyuterdan yoki mobil telefon orqali nazoratsiz internetdan foydalana olishadi.

O‘smirlarning 80% dan ziyodini ijtimoiy tarmoqlarda o‘z profiliga ega va ularning har bir oltinchisini 100 dan ortiq do‘stlari, ulardan 40% internetdan tashqari muloqot olib borishadi (Yevropada bolalarning 8% onlayn-tanishuv orqali yuzma-yuz uchrashishadi).

Internet bolalari-2

14 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilarning yarmidan ko‘pini nomaqbul saytlarga kirishadi. Ularning 39% pornosaytlarga, 19% zo‘rlash sahnalarini kuzatishadi, yana 16% qimor o‘yinlariga qiziqishadi. Bolalarning 90% pornografiyaga oid tarmoqlarga duch kelishgan. Shulardan 65% shu tarmoq bo‘yicha aniq bir maqsad yo‘lida qidirgan.

Internetga qaram asosiy xavf guruhini 12 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar tashkil etib, ular o‘z-o‘zini namoyon etishga muhtoj sezishadi, boshqa vositalar bo‘lmaganda o‘z fikr va quvvatlari bilan almashishga kompyuterga murojaat etishadi.

Statistik ma’lumotlariga ko‘ra, dasturiy ta’minotni kushandalari 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar bo‘lib, onlayn-o‘yin o‘ynayotgan vaqtida muammolar yuzaga kelsa, kodlarni o‘zgartirishga qiziqisharkan.

Mazkur mavzuga mazmunan aloqador bo’lgan va avvalgi sahifalarimizda chop etilgan “Biznesni ijtimoiy tarmoqlarda targ’ib etish kerakmi?” va “Axborotning asosiy xususiyatlari” hamda “Runetdagi ijtimoiy tarmoqlar statistikasi” nomli maqolalarimizda ham atroflicha to’xtalib o’tgan edk.

Shunungdek kelgusi nashrlarimizda chop etilishi rejalashtirilgan “Facebook misolidagi aqlli tasma” nomli maqolamizda ham atroflicha suhbatlashamiz.

Ushbu web-sayt ma’muri hamda oddiy bir inson sifatida Sizga Allohdan, sihat-salomatlik, tinchlik va hotirijamlik hamda ezguli ishlaringizda omad nasib etishini chin dildan tilab Qobiljon Ataxanov.

P.S. E’tiboringizga taqdim etilayotgan maqolalarga munosabat bildirib, sharhingizni yozib qoldirsangiz bag‘oyat hursand bo‘laman va oldindan o‘z minnatdorchiligimni izhor qilaman! Maqola Sizga manzur kelgan bo‘lsa, iltimos, yaqinlaringiz bilan o‘rtoqlashing.

Tanlangan sara maqolalar bilan tanishish istagingiz bo‘lsa, marhamat ushbu manzilga tashrif buyursangiz barcha to‘plangan maqolalar jamlanmasi bilan tanishish imkoniga ega bo‘lasiz.

Комментарии закрыты.