Ultimate magazine theme for WordPress.

JIB CHINOZ TUMAN SUDINING DEPUTATLARGA AXBOROTI

54

JINOYAT ISHLARI BOʻYICHA CHINOZ TUMAN SUDI 2020 YIL YARIM YILLIK FAOLIYATI YUZASIDAN DEPUTATLARGA AXBOROT BERDI

 

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020 yil 13 iyuldagi “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan sudlar faoliyatiga oid axborotni eshitish samaradorligini oshirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi KQ-104-sonli qarorini ijrosini taʻminlash maqsadida jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyati Chinoz tuman sudi tomonidan 2020 yilning 6 oyi davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan Chinoz tumani Xalq deputatlari Kengashiga 2020 yil 18 avgust kuni axborot berildi.

Unga koʻra, jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyati Chinoz tuman sudi 2020 yilning 6 oyi davomida (2019 yil 6 oy davri qavs ichida) 109 (130) nafar shaxsga nisbatan 78 (99) ta jinoyat ishi koʻrib tamomlangan boʻlib, shulardan 92 (103) nafar shaxslarga nisbatan 63 (74) ta jinoyat ishi boʻyicha ayblov hukmi chiqarilgan, 17 (26) nafar shaxslarga nisbatan 15 (24) ta jinoyat ishi tugatilgan.

Shundan, ayollarga nisbatan 12 (5) ta shaxsga nisbatan 10 (5) ta jinoyat ishi koʻrilgan boʻlib, 11 (2) ta shaxsga nisbatan 9 (2) ta jinoyat ishi boʻyicha jazo tayinlanib ayblov hukm chiqarilgan, 1 (3) ta shaxsga nisbatan 1 (3) ta jinoyat ishi taraflarning oʻzaro yarashganligi munosabati bilan tugatilgan.

Voyaga etmaganlarga nisbatan 1 (4) ta shaxsga nisbatan 1 (3) ta jinoyat ishi koʻrilgan boʻlib, (4) ta shaxsga nisbatan (3) ta jinoyat ishi boʻyicha jazo tayinlanib hukm chiqarilgan, 1 ta shaxsga nisbatan 1 ta jinoyat ishi taraflarning oʻzaro yarashganligi munosabati bilan tugatilgan.

60 yoshdan oshganlarga nisbatan 3 (3) ta shaxsga nisbatan 3 (3) ta jinoyat ishi koʻrilgan boʻlib, 3 (3) ta shaxsga nisbatan 3 (3) ta jinoyat ishi boʻyicha jazo tayinlanib hukm chiqarilgan.

Yoshlar (14-30)ga nisbatan 47 (50) ta shaxsga nisbatan 33 (41) ta jinoyat ishi koʻrilgan boʻlib, 36 (41) ta shaxsga nisbatan 22 (32) ta jinoyat ishi jazo tayinlanib hukm chiqarilgan, 11 (9) ta shaxsga nisbatan 11 (9) ta jinoyat ishi taraflarning oʻzaro yarashganligi munosabati bilan tugatilgan.

Koʻrilgan 78 (99) ta jinoyat ishlaridan 24 ta yoki 30,7 foizi (35 ta yoki 35,3 foiz) sayyor sud majlisida koʻrilgan. Aksariyat sayyor sud majlislari “Yallama”, “Yangi chinoz”, “Sarbozor”, “Koʻtarma”, “Olmazor”, “Xamza”, “Yoʻltushgan”, “Kattatepalik”, “Xoʻja”, “Besh kappa” va boshqa mahalla fuqarolar yigʻini hududlarida oʻtkazilgan.

Shuningdek, koʻrib tamomlangan jinoyat ishlari yuzasidan 53 ta yoki 67,9 foizi (43 ta yoki 43,4 foiz) xususiy ajrim chiqarilib, sodir etilgan jinoyatlarni kelib chiqish sababi va ularning oldini olish yuzasidan joylarga muhokama qilish uchun yuborilgan.

Huquqiy targʻibotlar aholi oʻrtasida 2 ta (6 ta), oʻquv muassasalarida 2 ta (1 ta) hamda ommaviy axborot vositalarida televideniyeda 3 ta (2 ta), gazeta, jurnallarda 2 ta (16 ta) chiqishlar qilingan.

2020 yilning 6 oyida jami 162 (171) ta qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash haqidagi iltimosnomalar, maʻmuriy nazorat oʻrnatish va boshqa turdagi materiallar koʻrilgan.

Jumladan, jazoni oʻtayotgan mahkumlarga nisbatan 42 ta (25 ta) ozodlikni cheklash jazosini oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish, 7 ta (2 ta) muayyan huquqdan maxrum qilish jazosini oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish, 19 ta (32 ta) axloq tuzatish ishlari jazosini oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish, 17 ta (36 ta) maʻmuriy nazorat oʻrnatish, 1 ta (1 ta) axloq tuzatish ishlari jazosini ozodlikni cheklash jazosiga, 2 ta (4 ta) axloq tuzatish ishlari jazosini ozodlikdan maxrum qilish jazosiga, 6 ta (5 ta) ozodlikni cheklash jazosini ozodlikdan maxrum qilish jazosiga almashtirish haqidagi materiallar koʻrilgan.

Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyati Chinoz tuman sudi