Ultimate magazine theme for WordPress.

KEL, BIZGA SUYAN, VATAN!

77

KEL, BIZGA SUYAN, VATAN!

Biz suyanchig‘ bo‘lamiz,

Kel, bizga suyan, Vatan.

Biz qorachig‘ bo‘lamiz

O‘zing asragan, Vatan!

Shu kunlarga ming shukr,

Ming shukrlar Ollohga.

Shu yurtda topdik huzur,

Hamda tushdik nigohga.

Vatan, sen O‘zbekiston

Bo‘lguningcha jonini

Qilib butkul armug‘on,

Topib ming imkonini

Shunday sevdi bir inson,

Yetaklab karvonini

Karvon qilgan shu sarbon.

Biz qanday jim turaylik,

O‘t olgudek bu yurak.

Osmonlarda yuraylik,

Ko‘kdan topaylik darak.

Tomchini daryo qilgan

Bobomiz bor, bobomiz.

Jonini fido qilgan

Momomiz bor, momomiz.

Biz mustahkam bo‘lamiz,

Bizlar bekam bo‘lamiz.

Havas bilan qarashar,

Har dam ildam bo‘lamiz.

Hozircha shunday marra,

Yutuqlari bor yurtim.

Hali bundan ming karra

Bo‘ladi gulzor yurtim.

Men esa Maftunasi,

Nur bordir tilagimda.

Shu Vatanni joyladim

Kichkina yuragimga.

Yuragim bo‘ldi dengiz,

Yuragim bo‘ldi tengsiz,

Yuragim bo‘ldi quyosh,

Yuragim – sabr-bardosh.

Endi unga sig‘maydi

O‘tkinchi hoy-havaslar.

Unga xavf sololmaydi

Dili siyoh nokaslar.

Sabr berdi xudoyim,

Qadr berdi xudoyim.

Jon O‘zbekiston dedim,

Satr berdi xudoyim.

Ulkan she’riyat bilan

Bemalol so‘zlanaman.

Shu katta yurak bilan

Jahonga yuzlanaman.

Normatova Maftuna

Hamisha xushkayfiyat Sizga hamrox bo‘lsin!

Ushbu web-sayt ma’muri hamda oddiy bir inson sifatida Sizga va oilangizga Allohdan, sihat-salomatlik, tinchlik va hotirijamlik, baxtli hayot kechirish hamda boshlagan ezgu ishlaringizda omad nasib etishini chin dildan tilab Qobiljon Ataxanov

P.S. E’tiboringizga taqdim etilayotgan she’rlarga munosabat bildirib, o‘z sharhingizni yozib qoldirsangiz bag‘oyat hursand bo‘laman va oldindan o‘z minnatdorchiligimni izhor qilaman! Sizga she’r manzur kelgan bo‘lsa, iltimos, ijtimoiy tarmoqlarning tugmalaridan birini bosib yaqinlaringiz bilan o‘rtoqlashing!

She’riyat gulshanidan bahra olish istagingiz bo‘lsa, marhamat ushbu manzilga tashrif buyursangiz barcha to‘plangan she’rlar jamlanmasi bilan tanishish imkoniga ega bo‘lasiz.