Ultimate magazine theme for WordPress.

MISSIONYERLARNING PUCH MAQSAD VA G‘OYALARI

56

Ma’naviyat insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir.

Ruhiy poklanish moddiy, tabiiy asosni emas, balki moddiy bo‘lmagan asosni anglatuvchi falsafiy tushunchadir. Shunday ekan, ruhan pok insonni hech qachon na kuch bilan, na bo‘xton so‘z bilan yengib bo‘lmaydi. Ruhan pok inson ma’naviyatli bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, millatning kuchi ana shunda.

Qalban uyg‘onish hissi faqat insonga xos tuyg‘udir. Axir chaqaloq dunyoga kelishi bilanoq, uning qulog‘iga azon chaqiriladi, bu azal-azaldan ota-bobolarimizdan avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan udum. Rusiyzabon aholi esa tug‘ilgan chaqaloqni cherkovda cho‘qintirsa, yana boshqa xalq o‘zining urf-odati bilan ilk dunyoga kelgan chaqaloqning tug‘ilishini e’tiqodi yo‘nalishida bayram qiladi. Chaqaloq yo islom, yoki xristian, buddaviylik diniga mansub o‘laroq voyaga yetadi.

Missionyerlarning puch maqsad va g'oyalari-2

Millat, etnik, til, irq, tug‘ilgan joyi, fuqarolik kabi xususiyatlaridan qat’i nazar, butun yer yuzi bo‘ylab yoyilgan, e’tirof etilgan jahon dinlari islom, xristianlik, buddaviylik hammaga ma’lum. Islom dini jahon dinlari ichida eng yoshi bo‘lib, e’tiqod qiluvchilar soni jihatidan xristianlikdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.

Islom VII asrda Arabiston yarim oroli, hozirga Saudiya Arabistonida paydo bo‘lgan. Islom so‘zi «itoat», «ixlos» va «omonlik» ma’nolarini anglatadi. Xristianlik, buddaviylik dinlari ham o‘ziga xos ma’no va mazmun hamda tarixga ega.

Biroq SSSR parchalanib, avvalgi respublikalar o‘rnida mustaqil davlatlar yuzaga kelganida, ayniqsa, yangi musulmon mamlakatlari duch kelgan eng katta xatar xalqaro missionerlik tashkilotlarining mazkur davlatlarga yopirilib kelishi va keng miqyosda ish boshlashlari bo‘ldi.

Missionyerlarning puch maqsad va g'oyalari-3

Ular, jumladan, O‘zbekistonda ham juda qisqa muddatda, g‘oyat yaxshi tashkil etilgan tarmoqlarni vujudga keltirishdi. Xristianlarning, o‘zlari e’tirof etmaydigan, balki hatto inkor qiladigan ko‘plab va turli tuman sektalari mustaqilligimizning dastlabki yillari demokratiya niqobi ostida adliya ro‘yxatidan o‘tib oldi, rasmiy tashkilot sifatida joylarda o‘nlab ibodatxonalarni qurdi va ulardan g‘arazli maqsadlarda foydalanish faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.

Ibodatxonalari ochiqcha ishlagani bilan missionerlar o‘zlari asosan yashirincha ishlashdi va makkorona uslublardan foydalanishdi. Ilmga chanqoq, dunyo bilan muloqotga kirishishga ishtiyoqmand xalqimiz, tabiiy, bunday o‘quv markazlariga murojaat qiladi. Lekin, o‘qish jarayonida, «o‘qituvchi»lari asosan missionerlardan iborat ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Ular yurtimizga til yoki kompyuter o‘rgatish, har xil sohalar bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlash uchun markazlarni tashkil etib, xayriya ishlari bilan shug‘ullanadigan nodavlat tashkilotlari qiyofasida kirib kelishdi.

Missionyerlarning puch maqsad va g'oyalari-4

2000 yilning boshlarida Bolalar jamg‘armasi yo‘li bilan AQSHan sharoiti og‘ir ko‘p bolali oilalar farzandlariga muruvvat yordami ko‘rsatish maqsadida Namanganga kelishdi. Viloyatning bir qator tumanlarida, Namangan shahrida bo‘lib, bolalarga muruvvat yordami berdilar, kattalarga esa dinimizga zid adabiyotlarni tarqatganiga nima deysiz?

Masalaning yana bir tomoniga e’tibor bering:

«Inson huquqlarini himoya qilish», «vijdon erkinligini ta’minlash» kabi sirtdan chiroyli niqoblar ostida jamiyatni doimiy bezovta qilib turish orqali boshqaruvda asabiy vaziyatini vujudga keltirish, turli-tuman matbuot organlari va nodavlat tashkilotlar vositasida tashviqot yuritib, o‘zlarini go‘yo xalqning himoyasiga otlangan ko‘rsatib, xalqning «dardi»ni aytib, davlatga qarshi gij-gijlash, davlatni esa bu qutqularni bostirish uchun keskin choralar ko‘rishga majburlash va mana shu yo‘l bilan xalq va davlat orasiga o‘zaro ishonchsizlik ruhini singdirish, missionerlarning eng jirkanch maqsadlaridan biridir.

Missionerlarning asosiy maqsadlari ham dinsiz bir millatni dinga kiritish emas, balki musulmon farzandlarini, ko‘p sabablarga ko‘ra haq dinlari ta’limotidan xabarsiz qolgan holatidan foydalanib, islomdan chiqarishdir. Ular, din ilmidan ozmi-ko‘pmi xabardorlarga ro‘para kelmaydi, asosan, bilmaydiganlarni «ovlaydi», o‘shalarni yo‘ldan uradi.

Missionerlarning ortida turgan, ularni katta mablag‘lar bilan ta’minlayotgan, informatsiya va huquqiy jihatdan har tomonlama qo‘llab-quvvatlab turganlar bu davlatlarni madaniy va ma’naviy istiloh qilish va bu yerlarda o‘zlarini begonasiratmasdan mustahkam o‘rnashib olish uchun missionerlarning tuzog‘iga ilinganlardan foydalanadi. Bunga tarix va tajriba guvoh.

Muallif: G‘ulomjon OLIMOV

 

Ushbu sayt ma’muri hamda oddiy bir inson sifatida Sizga Allohdan, sihat-salomatlik, tinchlik va hotirijamlik hamda ezguli ishlaringizda omad nasib etishini chin dildan tilab Qobiljon Ataxanov.

P.S. E’tiboringizga taqdim etilayotgan maqolalarga munosabat bildirib, sharhingizni yozib qoldirsangiz bag‘oyat hursand bo‘laman va oldindan o‘z minnatdorchiligimni izhor qilaman! Maqola Sizga manzur kelgan bo‘lsa, iltimos, yaqinlaringiz bilan o‘rtoqlashing.

Tanlangan sara maqolalar bilan tanishish istagingiz bo‘lsa, marhamat ushbu manzilga tashrif buyursangiz barcha to‘plangan maqolalar jamlanmasi bilan tanishish imkoniga ega bo‘lasiz.