Ultimate magazine theme for WordPress.

RUNETDAGI IJTIMOIY TARMOQLAR STATISTIKASI

139

“So‘nggi paytlarda Ijtimoiy tarmoqlar bo‘yicha Runetning turli saytlarida statistika paydo bo‘lib qoldi. Ulardagi ma’lumotlarni umumlashtirishga harakat qildik.

«VKontakte» 2019 yil rus tilidagi Internet segmentida ijtimoiy tarmoqlar orasida trafik hajmi bo‘yicha so‘zsiz yetakchi bo‘ldi. Bu haqda TASS (Rossiya markaziy axborot davlat qo‘mitasi) matbuot xizmati xabar bergan, endilikda uning sayti “Runetdagi deyarli barcha ijtimoiy tarmoqlarning trafigi yarmini egallaydi”.

“«Shu bilan birga ijtimoiy tarmoqlarning ulushi yiliga 1,2 baravar oshdi (ja’mi trafiklarning 40-48, 41%) – deya ta’kidlaydi «VKontakte» ma’muriyatining rasmiy vakili. — Uning raqobatchisi (2019 yil so‘nggi oyida) faqat 26,79% ta’minlay olardi — deydi RMDAQ muxbiri”.

Baholash mezonida — 2019 yildagi Seo-auditor hisobotiga qaraldi. Bunda yirik Rossiya internet xizmatlari Yandeks.Metrika, SpyLog/Openstat, LiveInternet, Hotlog, Reyting@Mail.ru — Seo-auditor.ru statistika ma’lumotlariga asoslanadi.

Hisobot tuzuvchilar ijtimoiy tarmoqlarning mashhurligini “Runet”da ijtimoiy tarmoq tomonidan qamrab olingan, trafik ulushi sifatida ta’riflaydi. 2018-2019 yillar mobaynida trafiklar hajmi bo‘yicha rus tilida so‘zlashuvchi ijtimoiy tarmoqlar orasida birinchilik uchun Seo-auditor har oylik hisobotiga ko‘ra, o‘zaro «VKontakte» va «Odnoklassniki»lar bahs olib borishganligini bildirgan.

Lekin 2019 yil davomida «VKontakte» sezilarli darajada yetakchilikni boy bermadi. Shunga ko‘ra oxirgi “uchlik”ka kirgan Facebook («Feysbuk») tarmog‘i 2019 yilda 2-o‘rinni ushlab turdi, unga runet ijtimoiy tarmog‘idan trafik 25,5% dan 32,3% gacha kelib turgan.

O‘tgan yili turli oylar ichida «Odnoklassniki» ulushi 12,8% dan 20,6% gachani tashkil etgan. Shu asnoda «VKontakte» ko‘rsatkich hajmi 40,9% dan 51,2 gacha oraliqda bo‘lgan.

«VKontakte» eng yirik Yevropa ijtimoiy tarmog‘i hisoblanib, 300 milliondan ortiq ro‘yxatdan o‘tgan akkauntlarini o‘z ichiga olgan. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, har kuni ushbu saytga 85 million foydalanuvchi kiradi.

«Odnoklassniki»ning ijtimoiy tarmog‘iga har oyda 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan faol auditoriyaning 64% foydalanuvchi tashrif buyuradi. Umumiy ko‘rsatkich 8,5%ga oshdi. Mobil auditoriya soni esa 30% ko‘tarildi. Katalizator tubdan ortishiga videokontentni ko‘payishi sabab bo‘ldi.

ComScore xabar berishicha, bugungi kunda «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmog‘i Rossiya videoresurslari orasida 2-o‘rinni egallab turgan ekan. «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmog‘i mashhurligi kundan-kunga o‘sib bormoqda. Mail.ru Group kompaniyasi tahlilchilari 2019 yil foydalanuvchilar soni 8,5% o‘sdi, 51 million nafarga yetganini ta’kidlashmoqda.

Bundan tashqari, har kungi saytga IP-manzillaridan ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar soni 50 milliondan ortiqligini, foydalanuvchi o‘rtacha kuniga 40 daqiqa vaqtini ijtimoiy tarmoqda o‘tkazayotganini hisoblab chiqishdi.

Mutaxassislarning fikricha, ijtimoiy tarmoqlardagi mashhurlik videoxizmat qo‘shilgandan keyin oshgan. Eslatib o‘tamiz, Mail.ru Group faqatgina ijtimoiy tarmoqni emas, balki «VKontakte» va «Moy mir» tarmoqlarini boshqaradi, shuningdek, Qiwi to‘lov tizimi aktivining 1,31% ga egalik qiladi.

Mazkur mavzuga mazmunan aloqador bo’lgan va avvalgi sahifalarimizda chop etilgan “Biznesni ijtimoiy tarmoqlarda targ’ib etish kerakmi?” hamda “Axborotning asosiy xususiyatlari” nomli maqolalarimizda ham atroflicha to’xtalib o’tgan edk.

Shunungdek kelgusi nashrlarimizda chop etilishi rejalashtirilgan “Ijtimoiy tarmoqlar etikasi” va “Internet bolalari” hamda “Facebook misolidagi aqlli tasma” nomli maqolalarimizda ham atroflicha suhbatlashamiz.

Ushbu web-sayt ma’muri hamda oddiy bir inson sifatida Sizga Allohdan, sihat-salomatlik, tinchlik va hotirijamlik hamda ezguli ishlaringizda omad nasib etishini chin dildan tilab Qobiljon Ataxanov.

P.S. E’tiboringizga taqdim etilayotgan maqolalarga munosabat bildirib, sharhingizni yozib qoldirsangiz bag‘oyat hursand bo‘laman va oldindan o‘z minnatdorchiligimni izhor qilaman! Maqola Sizga manzur kelgan bo‘lsa, iltimos, yaqinlaringiz bilan o‘rtoqlashing.

Tanlangan sara maqolalar bilan tanishish istagingiz bo‘lsa, marhamat ushbu manzilga tashrif buyursangiz barcha to‘plangan maqolalar jamlanmasi bilan tanishish imkoniga ega bo‘lasiz.