Ultimate magazine theme for WordPress.

SPORTCHILARNING MASHG‘ULOTLARI UCHUN FOYDALI BO‘LGAN YONG‘OQLAR

26

Sportchilarning bazaviy ovqatlanish ratsioniga oddiy odamlarga tanish bo‘lmagan narsalar kiritilgan. Yong‘oqlarning barcha turi o‘zida katta miqdordagi proteinni jamlaydi. Bu esa vegetarian sportchilar uchun ayni muddao. Bundan tashqari ularning yadrosi mikroelementlar va А, В, Е, С va РР vitaminlariga boy. Ushbu maqolada chempionlar uchun bunday mahsulotlarning bir nechtasini ko‘rsatib o‘tamiz.

Sportchilar uchun foydali yong‘oqlar_2

1. Eryong‘oq.

Mushak massasini yig‘ish uchun asosiy mahsulot. U antioksidantlar, kaliy va kalsiy, magniy, mis va marganetsni o‘z ichiga oladi. Erkaklarda potensiya kuchini va ayollarda libidoni kuchaytiradi. Shuningdek, u yengil hazm bo‘ladi va yurak-qon tomir kasalliklarida juda foydali.

Sportchilar uchun foydali yong‘oqlar_3

2. Yong‘oq.

Jarohatlarda ilk yordamchi. Bir hovuch tozalangan yong‘oq omega-3 yog‘ kislotasining 91 foiz kunlik normasini o‘zida to‘playdi. U mashg‘ulotdan so‘ng mushak tolalarini tiklaydi va sportchining umumiy tiklanish jarayonini tezlashtiradi. Afsuski, undagi kislota tanamiz tomonidan ishlab chiqarilmaydi va uni faqat tashqaridan olish mumkin.

Sportchilar uchun foydali yong‘oqlar_4

3. Bodom.

Bodomni boshqa yong‘oqlar bilan taqqoslaganda u o‘zida uglevodlarni kam mujassam qilgan, biroq undagi protein 18 foizga teng! Shu bois ham uni nafaqat sportchilar, balki diabet bilan og‘rigan insonlar ham sevib iste’mol qilishadi. Kalsiy, Kaliy va magniyni yig‘ish bo‘yicha rekordchi. Qolaversa, murakkab mashg‘ulotlardan so‘ng tiklanishda va qondagi qand miqdorini kamaytirishda asqotadi. Shu bois agar siz ko‘p miqdorda shirinliklarni iste’mol qilsangiz, bodom balansni ushlashda yordamga keladi. Uning yana bir sehrli xususiyati shundaki, u sportchidagi dofamin (kayfiyatni ko‘taruvchi) moddasini ishlab chiqarishini rag‘batlantiradi.

Sportchilar uchun foydali yong‘oqlar_5

4. Qarag‘ay yong‘og‘i.

U noyob aminokislota tarkibiga ega: tarkibida ko‘p miqdorda arginin va linoleik kislotalari mavjud. Arginin mushak to‘qimasini sintez qilishda ishtirok etadi va uning “to‘g‘ri” shakl olishida yordam beradi. Linoleik kislota esa skelet mushaklarini tiklashda as qotadi. Qarag‘ay yong‘oqlarini В, Е va Р vitaminlarining “ombori” deyish mumkin. Ular asab tizimini barqarorlashtirish va qon tarkibini tozalashda ham ishlatiladi.

Sportchilar uchun foydali yong‘oqlar_6

5. Funduk (o‘rmon yong‘og‘i).

Uning tarkibida zararlangan DNK a’zolarini qayta tiklay oladigan В vitaminining to‘liq liniyasi mavjud. Bir hovuch funduk o‘zida tavsiya qilingan Е vitaminining 86 foizini mujassamlashtirgan. Shuning uchun bu yong‘oq vazn yo‘qotish davrida terining elastikligini ta’minlovchi ajralmas unsur hisoblanadi.

Sportchilar uchun foydali yong‘oqlar_7

6. Xandon pista.

Bunda boshqa yong‘oqlarga qaraganda kaliy va K vitamini uchraydi. Shu bois u mushaklar hajmini saqlab qolishda katta ahamiyatga ega. Har bir charchoq alomatlari sezilgan, holsizlik paydo bo‘lgan har bir mashg‘ulotda kaliy yetishmasligi ro‘ya beradi. Bunday holatda Sizga xandon pista yordamga keladi. U В6 vitaminiga ham boy. Shu bois u metobolizm jarayonini tezlashtiradi va vazn tashlash davrida organizmni rag‘batlantiradi.

Sportchilar uchun foydali yong‘oqlar_8

7. Keshyu.

Eng kam yog‘li yong‘oq. Ammo uning 100 grammida 82 milligramm magniy mavjud bo‘lib, u diyetologlar tavsiya qilgan me’yorning 21 foizi demakdir. Magniy charchoqni oladi. Uzoq va samarali mehnat qilish imkonini beradi. Ushbu element sportchiga tushadigan bosimni to‘g‘ri taqsimlaydi, uni tinchlantiradi, mushaklardagi spazmlar va mikrojarohatlarning xavfini kamaytiradi.

Sportchilar uchun foydali yong‘oqlar_9

8. Braziliya yong‘og‘i.

U asab tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan magniy va ruxni o‘z ichiga oladi. U selenga boy, buning natijasida tanaga oqsillarni yaxshiroq singdirishga imkon beradi. Yog‘ miqdori yuqori bo‘lganligi sababli Braziliya yong‘og‘i hamma uchun foydali emas: ektomorflar va sportchilar mushaklarining o‘sishi davrida ularga e’tibor berishi kerak.

Sportchilar uchun foydali yong‘oqlar_10

9. Muskat yong‘og‘i.

Muskat yong‘og‘i ushbu ro‘yxatda ajralib turadi. Chunki yagona narsa mustaqil taom bo‘lib emas, balki faqat ziravorlar sifatida ishlatiladi. Ammo kichik dozalarda muskat yong‘og‘ining hayratlanarli qudrati bor: bu metobolizm va mashg‘ulot jarayonida yog‘ni yoqish jarayonini tezlashtiradi. Buning barchasi ko‘p miqdordagi to‘yinmagan yog‘ bilan bog‘liq.

Kuniga nechta yong‘oq yeyish mumkin?

Yonoq tarkibida kaloriya juda yuqori. Shuning uchun bir necha ovqatlardan keyin ongsiz ravishda iste’mol qilish yaxshi emas. Bu bel va dumba sohasida ortiqcha yog‘ yig‘ilishiga olib kelishi mumkin. Umuman olganda mashg‘ulotlarga zarar yetkazmagan holda kuniga 1, maksimum 1,5 hovuch yong‘oq iste’mol qilish kerak. Albatta, tuz qo‘shmasdan.

Qachon yong‘oq yegan ma’qul: mashg‘ulotdan oldinmi yoki keyin?

Yong‘oqlar proteinli mahsulotdir. Shuning uchun tana dam olayotganda ulardan foydalanish kerak: mashg‘ulotlardan so‘ng, yotishdan oldin… Shu tarzda protein tanaga yaxshi so‘riladi. Agar sizda mashg‘ulotlar juda ko‘p bo‘lsa, quritilgan mevalar va shokolad olib yuring. Ularni yong‘oq bilan aralashtirib iste’mol qilish tananing samarali to‘yinishini ta’minlaydi, deya ma’lumot bergan O‘zbekiston milliy Olimpiya Qo‘mitasining Axborot-tahlil departamenti direktori R.Tuktamishev.

Ushbu sayt ma’muri hamda oddiy bir inson sifatida Sizga Allohdan, sihat-salomatlik, tinchlik va hotirijamlik hamda ezguli ishlaringizda omad nasib etishini chin dildan tilab Qobiljon ATAXANOV.

P.S. E’tiboringizga taqdim etilayotgan maqolalarga munosabat bildirib, sharhingizni yozib qoldirsangiz bag‘oyat hursand bo‘laman va oldindan o‘z minnatdorchiligimni izhor qilaman! Maqola Sizga manzur kelgan bo‘lsa, iltimos, yaqinlaringiz bilan o‘rtoqlashing.

Tanlangan sara maqolalar bilan tanishish istagingiz bo‘lsa, marhamat ushbu manzilga tashrif buyursangiz barcha to‘plangan maqolalar jamlanmasi bilan tanishish imkoniga ega bo‘lasiz.