Ultimate magazine theme for WordPress.

TA’LIM, MADANIYAT VA SPORT – O‘ZNET AFZALLIKLARI

193

2019–2021 yillarga Internet jahon axborot tarmog‘ida milliy kontentni yanada rivojlantirish bo‘yicha kompleks dastur tasdiqlandi (21.10.2019 yildagi 888-son VMQ).

Unda oltita yo‘nalish ko‘rsatilgan:

1. milliy veb-resurslar soni o‘sishi, ularni ilgari surish va ommalashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish – masofada turib ta’lim olishga imkon yaratuvchi o‘quv resurslari haqida so‘z bormoqda;

2. davlat axborot resurslarini rivojlantirish, davlat tuzilmasi faoliyatiga doir matnli, foto-, audiovizual materiallar bankini tashkil etish va yuritish, davlat OAVning ommaviy ijtimoiy tarmoqlar va mobil messenjerlardagi ishtirokini kengaytirish;

3. barcha toifadagi ta’lim tizimlari uchun elektron resurslarni takomillashtirish – referat ma’lumotlar bankini yaratish, «Elektron akademiya» portalini rivojlantirish, «Vikipediya»da mashhur milliy sportchilarimiz va sport tashkilotlari sahifalarini yaratish, «Sport bolalar nigohida» multimediya veb-portalini tashkil etish rejalashtirilmoqda;

4. intellektual va ijodiy salohiyatni rivojlantirish, O‘zbekiston tarixi, fani, madaniyati va san’atini ilgari surish bo‘yicha zamonaviy resurslarni shakllantirish va qo‘llab-quvvatlash – ilmiy jurnallar matnlari erkin foydalanish uchun joylashtiriladi, «Fuqarolik jamiyati» portali tashkil etiladi va mahalliy jurnalistikaning rivojlantirish tarixi antologiyasi yaratiladi;

5. axborot-kutubxona muassasalarining faoliyatiga AKTni keng joriy etish, bunday resurslarga, mamlakat arxiv va muzeylariga masofadan turib kirish imkoniyatini ta’minlash – Tarmoqqa o‘zbek adabiyoti va san’ati arboblarining asarlari joylashtiriladi, arxivlar tomonidan ko‘rsatiladigan interaktiv onlayn-xizmatlar ko‘lami kengaytiriladi va boshqalar;

6. Internetning global va milliy segmenti rivojlanishi tendensiyalarini muntazam o‘rganib borish, milliy kontentni rivojlantirish bo‘yicha takliflarni shakllantirish, DXShni joriy etish va huquqiy bazani takomillashtirish.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda dastur ijrosi olib borilishini monitoring qiladi va har chorakda Vazirlar Mahkamasiga tegishli axborot kiritadi.

Mazkur mavzuga mazmunan aloqador bo’lgan va avvalgi sahifalarimizda chop etilgan “Biznesni ijtimoiy tarmoqlarda targ’ib etish kerakmi?” va “Axborotning asosiy xususiyatlari” nomli maqolalarimizda ham atroflicha to’xtalib o’tgan edk.

Shunungdek kelgusi nashrlarimizda chop etilishi rejalashtirilgan “Internet bolalari”, “Facebook misolidagi aqlli tasma” va “Runetdagi ijtimoiy tarmoqlar statistikasi” nomli maqolalarimizda ham atroflicha suhbatlashamiz.

Ushbu sayt ma’muri hamda oddiy bir inson sifatida Sizga Allohdan, sihat-salomatlik, tinchlik va hotirijamlik hamda ezguli ishlaringizda omad nasib etishini chin dildan tilab Qobiljon Ataxanov.

P.S. E’tiboringizga taqdim etilayotgan maqolalarga munosabat bildirib, sharhingizni yozib qoldirsangiz bag‘oyat hursand bo‘laman va oldindan o‘z minnatdorchiligimni izhor qilaman! Maqola Sizga manzur kelgan bo‘lsa, iltimos, yaqinlaringiz bilan o‘rtoqlashing.

Tanlangan sara maqolalar bilan tanishish istagingiz bo‘lsa, marhamat ushbu manzilga tashrif buyursangiz barcha to‘plangan maqolalar jamlanmasi bilan tanishish imkoniga ega bo‘lasiz.