Ultimate magazine theme for WordPress.

SHUKR QILIB YASHANG KAMPIRINGIZ BORIGA!

47

Shukr qilib yashang kampiringiz boriga!

 

Moshini bor, piyoda yurmas aslo momoylar,
19 yoshli qizga gap otadi boboylar.

Boboy yurgan yoʻlida, yosharsam deydi har on,
Kampirlarning qoʻlida, soʻnggi chiqqan telefon.

60 yoshli kampirlar beva boʻlib qolyapti,
Xatto ba’zi boboylar yosh xotinni olyapti.

Bir kun chol kampiriga, – “sen qarisan” deyarmish,
55 yoshli cholga yosh qiz toʻgri kelarmish.

“Mayli” debdi kampir ham, jonga tegib chol eri,
Soʻz boshladi jaxldan, yuzini bosdi teri.

Xavas qipsiz yoshlarga, mayli boring-e xush xol,
Sizga yoqar qizlarni Internetdan toping chol.

Hursand boʻlib chol endi Internetda oʻtirarmish,
Kech soat 12 dan lichkada gaplasharmish.

Shukr qilib yashang kampiringiz boriga!_2

Internetda yigitning rasmin qoʻyib olibdi,
Internetdan bir qizni yaxshi koʻrib qolibdi.

Qizni rasmini koʻrib ayrilibdi xushidan,
Uning koʻzu-qoshlari arimasmish tushidan.

Chol xayoli ul qizda kampirin koʻzga ilmas,
Choyxonadan ham koʻra, klubdan nari ketmas.

Bir kuni chol u qizga uchrashuvdan gap ochdi,
“Xoʻp” deb javob yozganida, qizga dardini sochdi.

Siz xayotimda tanxo, baland tutay boshimdan,
Uchrashuvga chiqqanda ayb qidirmang yoshimdan.

Qiz yozibdi “men rozi, kutasizmi siz meni,
Yosh oʻtib, qarisam ham, sevasizmi siz meni?”

Shukr qilib yashang kampiringiz boriga!_3

Chol debdiki, “albatta oʻzgani yor etmayman,
Ne boʻlsa ham baribir sizni tashlab ketmayman”.

Belgilanib uchrashuv ikkisi ham keldilar,
Bir-birini shu tobda, cholu kampir bildilar.

Cholning koʻzlari xayron, qarasa “sen kampirim”
Naxot aylanib senga, uchrashtirsa taqdirim?

“Exxe cholginam” dedi, yosh qizlarga ne gap bor?,
Sizday keksaygan cholga mendek kampir vafodor.

Keksaysa ham odamlar, qarimas ekan yurak,
Chol debdi “ey kampirim, kimim bor sendan boʻlak?”

Shunday ekan boboylar, chidang dunyo toriga,
Shukr qilib yashangda kampiringiz boriga!

 

Hamisha xushkayfiyat Sizga hamrox bo‘lsin!

Ushbu sayt ma’muri hamda oddiy bir inson sifatida Sizga va oilangizga Allohdan, sihat-salomatlik, tinchlik va hotirijamlik, baxtli hayot kechirish hamda boshlagan ezgu ishlaringizda omad nasib etishini chin dildan tilab Qobiljon ATAXANOV.

P.S. E’tiboringizga taqdim etilayotgan she’riy latifalarga munosabat bildirib, o‘z sharhingizni yozib qoldirsangiz bag‘oyat hursand bo‘laman va oldindan o‘z minnatdorchiligimni izhor qilaman! Sizga she’riy latifa manzur kelgan bo‘lsa, iltimos, ijtimoiy tarmoqlarning tugmalaridan birini bosib yaqinlaringiz bilan o‘rtoqlashing!

She’riy latifalar gulshanidan bahra olish istagingiz bo‘lsa, marhamat ushbu manzilga tashrif buyursangiz barcha to‘plangan she’rlar jamlanmasi bilan tanishish imkoniga ega bo‘lasiz.