МУТОЛААШЕЪРИЯТ

U mening Onam…

U MENING ONAM

Siynasi bukilgan yelka ortida,

Bir mushfiq, bir hoksor ayolni ko’rdim

Shunda zim ko’zlarim hayol tortdi-da,

Nigohim uzolmay, o’ylarim so’rdim.

 

Qo’llari mehnatdan bo’libdi qadoq,

Tizzasi joynamoz ustida uhlar,

Ko’zlari yoshlanib tolmadi qandoq?

Uning nolasidan tebranar ruhlar.

 

Jismidan-da kichik tushar soyasi,

Oh nechun, yurakda kata dardlari

Qulay deb turibdi, sabr qoyasi

Bo’g’zini kuydirar hayot shartlari.

 

Qarshisida turar ulkan poydevor

Zabt etay deydi-yu, charchadi biroz,

U axir yolg’iz, u axir ayol

O’zgadek yurdimi zeb qilib pardoz!?

 

Bilmadi, umri ham o’tdi yugurib

Yashadi hamisha  topmay halovat.

Hasta bo’ishga ham qo’ydi ulgurib,

Shunda ham aytar, tinmay salovat

 

Taqdirga ko’nikkan u mungli ayol,

Faqat farzand uchun yashar barhayot

U ham farzandidek surgandi hayol,

Orzulari bo’ldi ming qatra bayot

 

O’ylarim poyoni tugamay butun,

Bag’riga chorladi kel deya onam,

O’shal halovatsizn shul mushfiq bugun-

U mening onamdir, u mening onam..

Nozimaxon Nurmatova

Показать больше?

Статьи по Теме

Проверьте также

Близко
Кнопка "Перейти наверх" (Go To Top)
Близко
Биз сайтни энг яхши намойиш этиш учун cookie-файллардан фойдаланамиз. Ушбу сайтдан фойдаланишда давом этиб, Сиз cookie-файллардан фойдаланишга розилик билдирасиз.
Қабул қилиш
Рад этиш