Ultimate magazine theme for WordPress.

OSIYO-TINCH OKEANI MINTAQASI YUQORI DARAJA DOMENLARI UYUSHMASI

53

Osiyo-Tinch okeani mintaqasi yuqori daraja domenlari uyushmasi (Asia Pacific Top Level Domain Association, APTLD)

Osiyo-Tinch okeani mintaqasi yuqori daraja domenlari uyushmasi 1998 yilda tashkil topgan.

Assotsiatsiya missiyasi: mintaqaviy muloqot, o‘zaro hamkorlik va domen sohasida eng yaxshi amaliyotlarni almashish uchun platformalar tashkil etishdan iborat. APTLD a’zolari o‘rtasidagi konstruktiv muloqot davomida Internetni kim va qanday boshqarish kerakligi bo‘yicha turli nuqtai nazarlar ko‘rib chiqiladi.

Bugungi kunga kelib, APTLDda 45 nafar to‘liq va 17 nafar a’zo-sherik bo‘lib, shu jumladan, yuqori darajadagi milliy domenlarning administratorlari .cn (Xitoy), .au (Avstraliya) .in (Hindiston), .jp (Yaponiya) .kr (Koreya Respublikasi), .ru/.rf (Rossiya), .nz (Yangi Zelandiya) va 2017 yildan beri .uz (O‘zbekiston).

Uyushma geografiyasi Yaqin Sharq (Isroildan tashqari), Osiyo (Turkiyadan tashqari), Okeaniya, Avstraliya va Yangi Zelandiya – dunyoning 30% dan ortiqrog‘i va dunyo aholisining 65% dan ortig‘ini qamrab oladi.

Osiyo-Tinch okeani mintaqasi yuqori daraja domenlari uyushmasi-1

APTLD xalqaro Internet-boshqaruv tizimining boshqa tashkilotlari, jumladan ICANN (Tarmoq texnik infratuzilmasining ma’muriy boshqarish funksiyasini amalga oshiradigan, shuningdek yuqori daraja domenlarining bazasini qo‘llab-quvvatlaydigan Internetda adreslar va protokollar raqamlarini biriktirish bo‘yicha tashkilot), ATES (Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik), APNIC (Asia-Pacific Network Information Center – Osiyo-Tinch okeani mintaqasi axborot markazi), Xalqaro elektraloqa ittifoqi. APTLD ijrochi direktori Leonid Todorovdir.

O‘zbekistonning RIPE NCC va APTLD tarkibiga kirishi domen administratori xodimlarining va texnik salohiyatini yanada yaxshilash, barcha asosiy manfaatdor tomonlar: davlat, biznes, ilmiy-texnikaviy jamoalar va internet-xizmatlarni xaridorlarning keng doirasi manfaatlarini hisobga olgan holda, Internet tarmog‘idan foydalanuvchilar uchun yangi imkoniyatlar paydo bo‘lishiga yordam beradi.

Osiyo-Tinch okeani mintaqasi yuqori daraja domenlari uyushmasi-2

Mutaxassislarning fikricha, Internet-boshqaruvning murakkab, ko‘p qirralari global ekotizimidagi ishtirokchilar O‘zbekiston uchun tarmoq boshqarish, xalqaro kun tartibidagi asosiy masalalar bo‘yicha – axborot xavfsizligi, kiber jinoyatchilikka qarshi kurash, foydalanuvchilar huquqlarini va qonun hujjatlari talablari o‘rtasidagi muvozanatni o‘rnatish, elektron hukumat va onlayn biznesni rivojlanishini rag‘batlantirishda eng yaxshi amaliyotini rivojlantirishda, global muloqotda ishtirok etish uchun yangi strategik imkoniyatlar ochadi.

Ushbu web-sayt ma’muri hamda oddiy bir inson sifatida Sizga Allohdan, sihat-salomatlik, tinchlik va hotirijamlik hamda ezguli ishlaringizda omad nasib etishini chin dildan tilab Qobiljon Ataxanov.

P.S. E’tiboringizga taqdim etilayotgan maqolalarga munosabat bildirib, sharhingizni yozib qoldirsangiz bag‘oyat hursand bo‘laman va oldindan o‘z minnatdorchiligimni izhor qilaman! Maqola Sizga manzur kelgan bo‘lsa, iltimos, yaqinlaringiz bilan o‘rtoqlashing.

Tanlangan sara maqolalar bilan tanishish istagingiz bo‘lsa, marhamat ushbu manzilga tashrif buyursangiz barcha to‘plangan maqolalar jamlanmasi bilan tanishish imkoniga ega bo‘lasiz.