Последние новости
Домой » YANGILIKLAR » IQTISOD » BANK - MOLIYA » 2018 yil qanday bo‘ldi?
2018 yil qanday bo‘ldi?

2018 yil qanday bo‘ldi?

Mana yaqin kunlarda 2018 yil tarixga aylandi. U O‘zbekiston xalqi hayotida qanday iz qoldirdi? “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan shu haqda so‘rov o‘tkazildi.

2018 yil qanday bo‘ldi?

To‘siqlarsiz biznes yuritish

Respondentlarning 87,4 foizi O‘zbekistonda iqtisodiy faollik sifati o‘sishining yangi davri boshlangan, deb hisoblashadi. So‘rovda qatnashganlarning 82,1 foizi ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, ma’muriy to‘siqlarni yo‘qotish, xususiy tadbirkorlikning jadal ravnaqi yo‘lidagi g‘ovlarni olib tashlashda muhim qadamlar qo‘yilganini bildirishgan.

Qonun ustuvorligini ta’minlash

O‘zbekistonliklarning 96,3 foizi sud-huquq tizimini isloh qilish, fuqarolar huquq va erkinliklarini himoyalash, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlaydi hamda ma’qullaydi.

Kuchli ijtimoiy himoya

Uy-joylar qurish, shahar va qishloqlarni obod qilish, aholining qulay turar joylarga bo‘lgan ehtiyojini imtiyozli kreditlar berish yo‘li bilan ta’minlash joriy yil ijtimoiy sohada qo‘lga kiritilgan eng muhim yutuqlardandir.

Yurtdoshlarimizning 81,4 foizi ana shunday fikr bildirgan. Ishtirok etganlarning 78,1 foizi amalga oshirilayotgan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari aholining uy-joy hamda sotsial muammolarini hal etishga turtki berganini bildirishgan.

Respondentlarning 61,8 foizi xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, huquq hamda manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ishlar natijalariga yuqori baho berishgan.

2018 yil qanday bo‘ldi?

Aholi daromadi va harajatlarining oshishi

Tadqiqotlarga ko‘ra, o‘zbekistonliklarning daromadi oylik ish haqlari (78,2 foizi), pensiya ko‘payishi (53,3 foizi), tomorqasida yetishtirgan hosili, chorva mollari, parrandalari, sut mahsulotlarini sotishdan olgan foydasi (50,2 foizi), tadbirkorlik, fermerlik faoliyatidan olingan daromadlarining o‘sishi (26,2 foizi) hisobiga ortganligini ko‘rsatmoqda.

O‘tgan yilda daromadlar qatori fuqarolarning harajatlari va ehtiyojlari ham oshgani aytilgan. Odamlar ta’lim olish, sog‘lig‘ini asrab-avaylash, madaniy tadbirlarga borish, shuningdek, oilaviy marosimlar o‘tkazishga ko‘proq mablag‘ sarflay boshlagan. Ayni chog‘da oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon sotib olish, kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar, davolanish, oliy ta’lim muassasalarida o‘qishga kontrakt to‘lovlarini to‘lash xarajatlari ko‘paygan.

Odamlarni nima tashvishga solmoqda?

Tadqiqot davomida eng dolzarb muammolar ham aniqlangan. Misol uchun, so‘rovda qatnashganlarning 62,7 foizi bandlik va ishga joylashish, samarali mehnat bozorini yaratish masalalarini yechishni kuchaytirish lozim, deb hisoblaydi. Aholining uchdan bir qismini kommunal xizmatlarga belgilangan yuqori narxlar, migratsiya darajasining o‘sishi, ichimlik suvdan foydalanish imkoniyatining cheklanganligi tashvishga solayotgani ma’lum bo‘lgan.

О программе Қобилжон Атаханов

Смотрите также

YANGI YUK MASHINASI

YANGI YUK MASHINASI

MSV avtomobili (g‘ildiraklar formulasi 8 x 8) «Armor xoldings» kompaniyasi mutaxassislari tomonidan «Umumqo‘shin yuk avtomobillari» …

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *