Последние новости
Домой » YANGILIKLAR » O'ZBEKISTON » 2019 yilga mo'ljallangan investitsiya dasturi qabul qilindi
2019 yilga mo'ljallangan investitsiya dasturi qabul qilindi

2019 yilga mo'ljallangan investitsiya dasturi qabul qilindi

Prezidentning 19.12.2018 yildagi “O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi tasdiqlandi. U o‘z ichiga kapital qo‘yilmalarning asosiy parametrlari, ijtimoiy, uy-joy, muhandislik va transport infratuzilmasi ob’ektlarini ishga tushirish prognozi hamda ob’ektlar va ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish manzilli dasturini oladi.

Shu bilan bir qatorda, kelasi yil uchun quyidagilar tasdiqlandi:

  • birinchidan, Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan,  ob’ektlar qurish va ularni rekonstruksiya qilish manzilli dasturi;
  • ikkinchidan,  markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan:
  1. melioratsiya ob’ektlarini qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek, texnikalar xarid qilish manzilli dasturi;
  2. avtomobil yo‘llari, ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlar qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek, ob’ektlarni jihozlash va texnikalar xarid qilish manzilli dasturi;
  3. oliy ta’lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari, bolalar musiqa va san’at maktablari, tibbiy, ilmiy-tadqiqot, umumta’lim va maktabgacha ta’lim muassasalari ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash manzilli dasturlari;
  4. ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiyatizimlari ob’ektlarini qurish va rekonstruksiya qilish manzilli dasturi;
  5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida loyihalarni moliyalashtirishni tashkil qilgan holda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish manzilli dasturi;
  • uchinchidan, davlat kafolati bilan xorijiy kreditlarni jalb qilgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli dasturi;
  • to‘rtinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘larini jalb qilgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli dasturi;
  • beshinchidan,  tarmoq investitsiya loyihalari doirasida investitsiyalarni o‘zlashtirish yig‘ma manzilli dasturi;
  • oltinchidan, markazlashtirilmagan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan:
  1. to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb qilgan holda amalga oshiriladigan tarmoq investitsiya loyihalarining manzilli dasturi;
  2. to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda amalga oshiriladigan hududiy investitsiya loyihalarining manzilli dasturi;
  • ettinchidan, quyidagilar:
  1. loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlashni jadallashtirish talab etiladigan investitsiya loyihalari ro‘yxati;
  2. ko‘rib chiqiladigan istiqbolli investitsiya va infratuzilma tarmoq loyihalari ro‘yxati;
  3. loyihaoldi va loyiha hujjatlari ishlab chiqiladigan hamda tasdiqlanadigan, qurilishi va rekonstruksiya qilinishi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilayotgan ob’ektlar ro‘yxati;
  4. loyihaoldi va loyiha hujjatlari ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan, markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilayotgan ijtimoiy soha ob’ektlari ro‘yxati.

Loyiha hujjatlari ishlab chiqilib ekspertizadan o‘tkazilgandan keyin  loyihalar (ob’ektlar) yuzasidan ro‘yxatlarga va kapital qo‘yilmalar limitlariga (qiymatiga) aniqlik va tuzatishlar kiritilishi mumkin. Bu LBMA bilan kelishilgan holda Bosh vazirning o‘rinbosari – Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi rahbarining qarorlari bilan amalga oshirilishi mumkin.

Loyihalar (ob’ektlar) bo‘yicha tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar Hukumatning qarorlariga asosan kiritiladi.

Qurilish hamda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish jarayonlariga zarur vakolatga ega bo‘lmagan shaxslarning aralashuvi taqiqlandi.

О программе Қобилжон Атаханов

Смотрите также

YANGI YUK MASHINASI

YANGI YUK MASHINASI

MSV avtomobili (g‘ildiraklar formulasi 8 x 8) «Armor xoldings» kompaniyasi mutaxassislari tomonidan «Umumqo‘shin yuk avtomobillari» …

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *