Последние новости
Домой » YANGILIKLAR » IQTISOD » BANK - MOLIYA » 2019 yilgi Davlat dasturi loyihasida nazarda tutilgan o‘zgarishlar
2019 yilgi Davlat dasturi loyihasida nazarda tutilgan o‘zgarishlar

2019 yilgi Davlat dasturi loyihasida nazarda tutilgan o‘zgarishlar

Soliq kodeksining yangi tahriri loyihasini tayyorlash

Eslatib o‘tamiz, Soliq kodeksining yangi tahriri loyihasini tayyorlash sanasi ikki marta belgilangan edi. Dastlab davlatimiz rahbari tomonidan hujjatni 2018 yil 1 iyulga  ishlab chiqish topshirilgan (13.02.2018 yildagi F-5214-son farmoyishga qarang), biroq keyinroq bu muddat 2018 yil 1 dekabrga qadar uzaytirilgan edi (29.06.2018 yildagi PF-5468-son farmonga qarang).

2019 yilgi Davlat dasturi loyihasida nazarda tutilgan o‘zgarishlar  

Biroq,  o‘tgan yilning oktabr oyi oxirida moliya vaziri hujjat ustida ishlash ko‘proq vaqt talab etishini bayon etdi. Ikkita variant ko‘rib chiqilgan edi: belgilangan muddatda “xom” kodeksni qabul qilish va 2019 yilda unga tuzatishlar kiritish yoki amaldagi hujjatga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish hamda yangi tahrir ustida ishlashni “shtatli” rejimda davom ettirish.

Yangi kodeksning loyihalari taqdim etilganiga qaramay – avval Moliya vazirligi Maxsus qismi loyihasini e’lon qildi, birozdan so‘ng LBMA ikkala qismining o‘z versiyasini taqdim etdi – harakatlarning ikkinchi varianti amalga oshirildi. Soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining qoidalari (29.06.2018 yildagi PF-5468-son farmonga qarang) amaldagi Soliq kodeksiga implementatsiya qilindi.

2019 yilgi Davlat dasturi loyihasida nazarda tutilgan o‘zgarishlar

Kodeksning yangi tahriri ustida ishlash

Kodeksning yangi tahriri ustida ishlash ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda, xalqaro moliya tashkilotlari mutaxassislari bilan birgalikda davom ettiriladi. Unda muvozanatga rioya qilish zarur: - halol soliq to‘lovchilarni rag‘batlantirish va yashirin faoliyat yuritadigan sub’ektlarni jazolash mexanizmlarini joriy etish lozim. Tegishli qonun loyihasi ko‘rinishidagi ish natijasini Moliya vazirligi va DSQ boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2019 yil 1 sentyabrga qadar taqdim etishlari kerak.

2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan. Joriy yilning 15 yanvariga qadar muhokamada ishtirok etish, loyihaga sharhlar, fikr-mulohaza va takliflarni qoldirish imkoni mavjud. Ularni inobatga olgan holda loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

О программе Қобилжон Атаханов

Смотрите также

YANGI YUK MASHINASI

YANGI YUK MASHINASI

MSV avtomobili (g‘ildiraklar formulasi 8 x 8) «Armor xoldings» kompaniyasi mutaxassislari tomonidan «Umumqo‘shin yuk avtomobillari» …

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *