Последние новости
Эркаклар шахс сифатида камол топишлари учун кўмаклашадиган олтин қоидалар.
Домой » YANGILIKLAR » JAMIYAT » Asl adabiyot ishtiyoqi
AdvProfit.ru

Asl adabiyot ishtiyoqi

Yurak degan loladay yonsa, Sharror oqib tursa qoning-da

Yoshlar ijodini muntazam kuzatib, bu haqda xulosalar aytish vaqt va hafsala talab qiladi. Qurdoshlar, uka-singil qalamkashlar ijodini imkon qadar kuzatib boraman. Iddaoga yo‘yilmasin-u, ochig‘i, ko‘pchilik yosh ijodkorlarning So‘z va Adabiyotga munosabati, mo‘ljal-maqsadi maydaligi, mas’uliyatsizligi, o‘tkinchi nag‘malarga ishqibozligini ko‘rib-bilib, nima deyishga ham hayronsan.

Ko‘pdan buyon yosh ijodkorlarga umumiyroq maktub yozib, dildagi gaplarni aytish niyati bor edi. “Yoshlik”chilar qistovi bilan, qolaversa, kimlargadir ta’siri bo‘lar, har kim o‘ziga yarasha xulosa qilar, degan niyatda ayrim fikr-mulohazalarni havola etgim keldi.

Yozganlarim boricha berilayotgan bu gaplardan muddao kimgadir yo‘l ko‘rsatishga urinish emas, yoshlarni so‘z va ijod mas’uliyatini teranroq his qilish, chinakam adabiyotga daxldor asarlar yaratishga undashdir.

Asl adabiyot ishtiyoqi  

Ijodkorlar orasida “O‘ttiz yoshgacha shoir bo‘lsang bo‘lding, bo‘lmasa – kech” qabilidagi gap yuradi. Bu gap nisbiy bo‘lgani bilan haqiqatdan oziqlanadi. Negaki, she’r – yoshlik, navqironlikning o‘zginasidir. Bugun she’riyatimizga gurillab kirib kelayotgan yosh shoirlar ko‘p. Lekin kim qanday ijod qilyapti, yozganlarining saviyasi qay darajada?

“Yosh shoir” deganda kimlarni nazarda tutyapmiz: - havaskor qalamkashdan tortib yoshi qirq, hatto ellikni qoralab qolgan katta yoshdagi ijodkorlar ham “yoshlar ro‘yxati”dan tushmay kelayotgani ajablanarli emasmi?

Nazarimda, yoshlar she’riyati vakillarini uch guruhga bo‘lish mumkin. (Atay “avlod” demayapman!) Birinchisi – nisbatan avvalroq nomi ko‘rina boshlagan, adabiy jamoatchilik va she’riyat muxlislariga tanilib ulgurganlar, ularning ayrimlarini yosh shoir deb atashga istihola qiladi kishi. Ikkinchisi – bir-ikki to‘plami, adabiy nashrlardagi chiqishlari bilan tilga tusha boshlagan umidli yoshlar. Uchinchisi – she’riyat olamiga keyingi yillarda qadam qo‘yayotgan qalamkashlar, tom ma’noda istiqlol farzandlari.

Yaqin besh-o‘n yillar ichida ko‘plab yoshlarning to‘plamlarini o‘qidim. Bayozlar, matbuot va internetdagi she’rlari bilan tanishdim. Mutolaa davomida tug‘ilgan ba’zi mulohazalarni qoralab qo‘ygan ekanman.

Asl adabiyot ishtiyoqi  

Shodmonqul Salomning eng yaxshi she’rlari guvohlik berishicha, u – ko‘ngil shoiri, she’ryurak yigit. Shodmonqulning sara she’rlarida Ko‘ngil poetik obraz darajasiga ko‘tariladi. Ularni o‘qib “ko‘nglini, faqat ko‘nglini asrab” kelayotgan va shu bilan xushbaxt, shu ila alamnok lirik qahramon bilan suhbatlashganday bo‘lamiz.

Shodmonqul ko‘nglini, ruhiy kechinmalarini bor bo‘yicha, ortiqcha bo‘yab-bejamay she’rga ko‘chirgisi keladi va ko‘pincha bunga erishadi. Uningcha, har yurak – payg‘ambar oroli. Ammo shu “muqaddas orol”lardan qancha-qanchasi taloto‘plar ichra vayron bo‘layotibdi. Hammasidan shunisi alamli!

Shoir o‘z ko‘ngli tilida butun insoniyatga qarata “Ko‘ngilni asrang!” deya xitob qilayotgandek. Lekin bu asrash – kurashmoq, ko‘ngil kushandalariga qarshi turishga da’vat degani. Shuning uchun uning lirik qahramoni:

Yurak degan loladay yonsa, Sharror oqib tursa qoning-da”, – deya orzu qiladi. Bu qahramonning fe’li ham o‘ziga yarasha. Ayniqsa, har narsaga ko‘nib ketaveradigan “mo‘min-qobil”lar, foydasiyu zararining tayini yo‘q “silliq” kishilar bilan hech kelishmaydi. “Mo‘‘tadillar – mening dushmanim”, – deydi u yanada keskinroq qilib.

Ushbu web-sayt ma’muri va muallifi hamda oddiy bir inson sifatida Sizga Allohdan, sihat-salomatlik, tinchlik va hotirijamlik hamda boshlagan ezgu ishlaringizda omad nasib etishini chin dildan tilab,

Hurmat va ehtirom ila, Qobiljon Ataxanov

P.S. Maqola Sizga manzur kelgan bo‘lsa, iltimos, quyidagi tugmalardan birini bosib yaqinlaringiz bilan o‘rtoqlashing! Agar maqolaga munosabat bildirib, o‘z sharhingizni yozib qoldirsangiz bag‘oyat hursand bo‘laman va oldindan o‘z minnatdorchiligimni izhor qilaman!

AdvProfit.ru

О программе Қобилжон Атаханов

Смотрите также

YANGI YUK MASHINASI

YANGI YUK MASHINASI

MSV avtomobili (g‘ildiraklar formulasi 8 x 8) «Armor xoldings» kompaniyasi mutaxassislari tomonidan «Umumqo‘shin yuk avtomobillari» …

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *