Последние новости
«Bermud-uchburchagi»mi-yoki-«Iblis-uchburchagi»-1
Домой » YANGILIKLAR » JAHON » «Bermud uchburchagi»mi yoki «Iblis uchburchagi»?

«Bermud uchburchagi»mi yoki «Iblis uchburchagi»?

«Bermud uchburchagi»

«Bermud uchburchagi» yoki uni ko‘pincha, «Iblis uchburchagi» ham deb atashadi, o‘zida sayyoramizning eng sirli jumboqlaridan birini yashirib kelmoqda. Uchburchakning tan olingan qirralari Bermud, Mayyami (Florida shtati, AQSh) va San-Xuan (Puerto-Riko) orollariga to‘g‘ri keladi.

Bu hudud Atlantika okeanida bo‘lib, AQShning sharqiy qirg‘oqlaridan uncha uzoq bo‘lmagan bir million kvadrat mil maydonni o‘z ichiga oladi va u yerda ko‘plab dengiz kemalari va samolyotlarning sirli yo‘qolishi bilan bu uchburchak o‘zining mash’um shuhratiga ega.

«Bermud-uchburchagi»mi-yoki-«Iblis-uchburchagi»-2  

Okeanning bu hududi to‘g‘risidagi dastlabki mash’um xabarlarni – «olov sharlar»ni shaxsan o‘zi ko‘rgan Kolumb esdaliklaridan topish mumkin. Keyinchalik, dengiz qaroqchilarining xaritalarida bu hudud «Iblis orollari» nomi bilan yuritildi. «Bermud uchburchagi» atamasi esa bizning davrimizda, 1964 yilda «Argosy» jurnalida, bu hududda ko‘plab sirli voqealar sodir bo‘layotganiga birinchilardan bo‘lib e’tibor bergan Finsent Gaddis maqolasida tilga olingan.

Eng sirli voqeani esga olaylik. 1872 yilda «Bermud uchburchagi»dan «Maru Celeste» kemasi ekipajsiz topilgan. Barcha izlar ekipaj kemani zudlik bilan tark etganini va so‘ngra nom-nishonsiz yo‘qolganini ko‘rsatardi.

«Bermud-uchburchagi»mi-yoki-«Iblis-uchburchagi»-3

Lekin dengizchilarning okean o‘rtasida, hech qanday shikast yetmagan kemani tark etishlariga nima sabab bo‘lgan? Agarda bu voqeadan 20 yil keyin, ya’ni 1892 yil 5 noyabrda xuddi shunga o‘xshash hodisa takrorlanmaganida bu voqea unchalik qiziqish uyg‘otmagan bo‘lardi. Bunda ham «Bermud uchburchagi»dan tashlab ketilgan kema topilib, unda ham odamlar kemani zudlik bilan tark etgani izlari bor edi.

Dengizchilar va kema kapitanining buyumlari, qimmatbaho yuklar – bularning barchasi kema tashlab qochilganligining guvohi. Kema «Mary Celeste» deb atalgan. Bu nima, o‘xshashlikmi?

Lekin «Bermud uchburchagi» haqidagi haqiqiy shov-shuv 1945 yil 5 dekabrda AQSh Harbiy havo kuchlarining beshta samolyoti va ularni izlab chiqqan yana bir qutqaruv samolyoti yo‘qolganidan keyin boshlandi. Oltita samolyot va ulardagi 27 ekipaj a’zosi nom-nishonsiz yo‘q bo‘lib ketdi.

«Bermud-uchburchagi»mi-yoki-«Iblis-uchburchagi»-6  

1963 yilda «Marine Sulphur Quen» tankerining yo‘qolishi ham sirli bo‘lib qoldi. Bortida 34 ekipaj a’zosi bo‘lgan kemaning oxirgi marta aloqaga chiqqan joyidan faqat bittagina qutqaruv nimchasi topildi, xolos!

«Bermud uchburchagi» haqida juda ko‘p yozilgan. Odamlar va texnika vositalarining yo‘qolib ketishi sabablari to‘g‘risida juda ko‘plab nazariyalar va farazlar mavjud bo‘lsa-da, ulardan hech qaysisi asosiy nazariya sifatida qabul qilinmagan. Lekin ko‘pgina olimlar, okeanning bu hududidagi falokatlarning vujudga kelishida atrof-muhitning hamda inson omilining roli bor, deyishmoqda.

1975 yilda Arizona universiteti kutubxonachisi Larri Kuche sodir bo‘lgan voqealarni bichib-to‘qilgan uydirmalarsiz, turli manbalar vositasida o‘rganishga urinib ko‘rdi. Uning aniqlashicha, ko‘pincha bilmaslikdanmi yoki xohish tufaylimi, mualliflar kema yoki samolyot shamol bo‘lmayotgan paytda yo‘qoldi, deb yozar ekan.

«Bermud-uchburchagi»mi-yoki-«Iblis-uchburchagi»-4

Vaholanki, o‘sha kuni okeanning ayni hududida kuchli bo‘ron bo‘lgan ekan. Yoki nom-nishonsiz yo‘q bo‘lib ketdi, deb xabar qilingan kemalar uzoq davom etgan qidirishlardan so‘ng topilgan. Lekin Larri Kuchening eng kutilmagan xulosalaridan biri shu bo‘ldiki, «Bermud uchburchagi»da g‘arq bo‘lgan kemalar soni, okeanning bu hududiga kirgan kemalar sonini hisobga olganda, unchalik ko‘p emas ekan.

Mazkur tadqiqot natijalari keyinchalik AQSh Qirg‘oq qo‘riqlash xizmati natijalari bilan tasdiqlandi. 1975 yilda Larri Kuche o‘zining «Bermud uchburchagi mistikasi yechildi» nomli kitobini chop ettirdi. Lekin olovsiz tutun bo‘lmaganidek, «Bermud uchburchagi» mistikasi hanuz davom etmoqda.

«Bermud-uchburchagi»mi-yoki-«Iblis-uchburchagi»-8  

ATMOSFERA

Yerning atrofida birga aylanuvchi gaz (havo)li muhit, yerning havo qobig‘ini olimlar atmosfera deb atashadi. Atmosferaning massasi qariyb 5,15.1015 tonna. Uning Yer sirti ustidagi tarkibida 78,1% azot, 21% kislorod, 0,9% argon, kam miqdorda karbonat angidrid, vodorod, geliy, neon va boshqa gazlar bor.

20 kilometrgacha balandlikda suv bug‘i bo‘lib, Yer sirti ustida 3%dan (tropiklarda) 2.10-5% gacha (Antarktidada) yuqorilashgan sari tez kamaya boradi. 20-25 kilometr balandlikda ozon qatlami bor, bu qatlam Yerdagi tirik organizmlarni qisqa to‘lqinli nurlarning zararli ta’siridan saqlaydi. 100 kilometrdan yuqorida vodorod va geliy ko‘p, gaz molekulalarining bir qismi atom va ionlarga ajralib, ionosferani hosil qiladi.

  1. Inson uchun atmosferaning pastki qatlami-troposfera ayniqsa muhim. U Yer sirtidan boshlab, to 8-17 kilometr balandlikkacha bo‘ladi. Bulutlar, momoqaldiroq, jala, qor shu yerda yuzaga keladi.
  2. Havo oqimining keyingi qatlami-strotosfera 50-55 kilometr balandlikkacha yoyilgan. U yerda havo ancha siyrak, osmon esa binafsha rang, deyarli qop-qora strotosferada tovushdan tez uchar samolyotlar parvoz qiladi.
  3. Strotosferaning ustida mezosfera joylashgan. U 80 kilometr balandlikkacha yetadi. Atmosferaning bu qatlamida ba’zan yaltiroq sariq bulutlar hosil bo‘ladi. Olimlar ularni kumushsimon bulutlar deb atashadi.
  4. Bundan yuqorida taxminan 100 kilometr balandlikda, termosfera yoki ionosfera qatlami joylashgan. Unda havo juda ham siyrak. U yerda elektr bilan zaryadlangan gaz zarralari – ionlar juda ko‘p.
  5. Atmosferaning eng yuqori qatlami ekzosfera bo‘lib, u yerda havo deyarli yo‘q. Olimlarning hisob-kitobi bo‘yicha, bu qatlamda temperatura 2000 gradusdir.

Ushbu maqola «Qiziqarli bilimlar olamida» kitobi asosida D.Ro‘zieva tomonida nashrga tayyorlangan.

Ushbu web-sayt ma’muri va muallifi hamda oddiy bir inson sifatida Sizga Allohdan, sihat-salomatlik, tinchlik va hotirijamlik hamda boshlagan ezgu ishlaringizda omad nasib etishini chin dildan tilab,

Hurmat va ehtirom ila, Qobiljon Ataxanov

P.S. Maqola Sizga manzur kelgan bo‘lsa, iltimos, quyidagi tugmalardan birini bosib yaqinlaringiz bilan o‘rtoqlashing! Agar maqolaga munosabat bildirib, o‘z sharhingizni yozib qoldirsangiz bag‘oyat hursand bo‘laman va oldindan minnatdorchiligimni izhor qilaman!

О программе Қобилжон Атаханов

Смотрите также

YANGI YUK MASHINASI

YANGI YUK MASHINASI

MSV avtomobili (g‘ildiraklar formulasi 8 x 8) «Armor xoldings» kompaniyasi mutaxassislari tomonidan «Umumqo‘shin yuk avtomobillari» …

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *