Последние новости
«BRAUNING», «KOLT» VA «MAUZYER»
Домой » YANGILIKLAR » TEXNOLOGIYA » «BRAUNING», «KOLT» VA «MAUZYER»

«BRAUNING», «KOLT» VA «MAUZYER»

Mazkur maqolada qurollarning paydo bo‘lishi, ularning yaratilishi hamda hozirgi kunda ulardan to‘g‘ri foydalanish ilmiy jihatdan tahlil etilgan. Shuningdek, maqolada global miqyosda namoyon bo‘layotgan har xil vaziyatlar qurollarning rivojlanib borayotganligi haqida ko‘rsatib o‘tilgan.

Har xil janglarda qisqa masofalardan turib harakatlanadigan «Brauning», «Kolt» va «Mauzer» pistoletlarining kelib chiqish tarixi hamda yaratilishi haqida to‘xtalib o‘tamiz.

Pistoletlar eng birinchi qo‘l o‘qotar quroli – «bombardella» va «ruchnitsa»lar paydo bo‘lgandan deyarli 200 yil o‘tgandan keyin XVI asrda paydo bo‘ldi. Biroq pistoletlarning keng yoyilishi XIX asrning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. O‘q tubining, keyin metall gilzali unitar patronning kashf qilinishi, pistolet haqiqatan ham yaqin jang olib borishning samarali quroli ekanini isbotladi.

Pistoletning armiya tomonidan qurol sifatida qabul qilinishi individual o‘qotar qurollarning namunalari ichida mashhurligi bo‘­yicha yetakchi o‘rinni egallab keldi. XX asrning o‘rtasida pistolet-pulemyot va avtomatlarning paydo bo‘lishi har xil yaqin jang qurollari orasidagi raqobatini yetarlicha o‘stirdi. Pistoletning bir yarim asr mobaynida mashhurligi jangchining qurol-yarog‘lari orasidan sovuq qurollarni deyarli to‘liq siqib chiqardi. Bunday muvaffaqiyatning sababi nimada?

Avvalambor, pistoletdan chiqqan o‘q dushmanning kuchini yetarlicha to‘xtatishga egaligidadir. Bundan tashqari, zamonaviy pistoletlarning tezotarligi jangni bir necha dushman bilan olib borishga imkon beradi. Pistolet bilan ishlash oddiy, ko‘p narsa talab qilmaydi, ishonchli va qulay, yashirincha olib yurish mumkin bo‘lib, darhol otishga tayyorlanish va aniq mo‘ljalga olish imkonini beradi.

Pistoletni texnik ko‘rsatkichlariga ko‘ra (qisqa stvolli, bir qo‘lda otiladigan) qurol deb hisob­lashadi, taktik jihatdan esa qisqa masofalarda tez kechadigan to‘qnashuvli qarama-qarshiliklarda dushmanni zararlash uchun mo‘ljallangan shaxsiy qurol sinfiga kiritilgan.

Shaxsiy qurol an’anaviy tarzda armiyada va sportda qo‘llaniladi. Ishning ko‘zini bilish va otish mashqini to‘g‘ri olib borish, istalgan jangchidan nafaqat merganni yaratadi, balki eng muhimi, uning har tomonlama tayyorgarligini yanada yuqori darajaga olib chiqadi.

Pistoletni o‘zlashtirish jarayonida egallash mumkin bo‘lgan sifatlar katta hajmdagi bir tizimli xarakterni o‘zida saqlaydi. O‘qotar qurolni qo‘llash statistikasi shuni tasdiqlaydiki, o‘qni nishonga tekkizishning o‘rtacha darajasi yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan kishida ham 20 foizdan oshmaydi. Otish tajribasiga ega bo‘lmaganlarda bu ko‘rsatkich yanada yomon.

Shu yerda bir qator savollar tug‘iladi. Nishonga aniq ura olish nima? Yaxshi o‘qchilar qandaydir alohida sifatlarga egami? Agar ega bo‘lsa, unga qanday erishish mumkin?

Bunda otish tayyorgarligining roli qanday? O‘qchining tayyorgarlik darajasini qanday baholash kerak? Javob aniq: faqat yakuniy natija bilan. 1881 yil E. Kolliyerning 4 ta patron ketadigan barabanli revolveri o‘sha paytlari juda omadli bo‘ldi. Chunki bu patron stvolga prujina orqali jo‘natilishidadir.

Revolver tarixi kapsulali pat­ronlar, ko‘p zar­yadli qurollarning yaratilishidan boshlandi. Uni birinchi bo‘lib amerikalik muhandis Samuel Kolt yaratgan. Bu voqeadan so‘ng rivojlanish jadal sur’atda o‘sib bordi, 1836 yil kalib­ri 34 mm bo‘lgan «TYEXAS» nomli ov miltig‘iga o‘xshash revolver yaratildi. 1848 yil yangi Dragunov modeli tez ommalashdi va AQShning armiyasiga qabul qilindi. Yillar davomida uning sifati o‘zgarib bordi. 1851 yilga kelib yangidan-yangi poroxlar tarkibi ishlab chiqildi.

«KOLT» firmasi ishlab chiqargan qurollar o‘sha paytda juda mashhur edi. Bu qurollarning sifati otish paytida undagi poroxning juda tez yonishi bilan ajralib turgan. «KOLT» firmasi ang­liyalik R. Adamsga tegishli «Diana» firmasi bilan birgalikda pistoletlarga (revolverlarga) yangi mexanizm joriy qiladi. Bu narsa 2 xil vazifani bajarar edi. Birinchisi zatvorni orqaga qaytarsa, ikkinchisi shu bilan birga barabanni aylantirib berardi.

Bularga qaraganda kuchliroq qurol 1870 yil avstraliyalik «L.Gasser» firmasi tomonidan tayyorlandi. Bu qurol o‘zini o‘zi o‘qlab, yana otish xususiyatiga ega edi.

K – 96 «Mauzer» pistoleti

Kalibri – 7,63 mm, patronsiz og‘irligi – 1250 g, uzunligi – 312 mm, o‘qdon sig‘imi – 10 – 20 dona, otish uzoqligi – 1000 m.gacha.

1908 yil Germaniya Qurolli Kuchlari «Mauzer» nomli pistolet bilan qurollangan. Birinchi jahon urushi vaqtida «mauzer» 9 mm patron qilib yaratilgan va 1915 yildan ofitserlarning shaxsiy quroli sifatida qabul qilingan. «Mauzer» namunasi keyinchalik «Politsiya namunasi» deb nomlangan, uning farqi s­tvoli va dastasining o‘zgartirilganligidadir.

«Brauning» pistoleti

Kalibri – 7,65 mm, pistolet og‘irligi – 580 g, uzunligi – 153 mm, o‘qdon sig‘imi – 7 dona, samarali otish uzoqligi – 50 m, pis­tolet balandligi – 106 mm.

Qo‘lga ixcham joylashadigan «Brauning» pis­toleti 1990 yilning mart oyida qayta takomillashtirilib, Belgiya armiyasi ofitserlari uchun harbiy qurollar ishlab chiqaradigan fabrikada 13 yil ichida 1000 dan ko‘p nusxada ishlab chiqildi va tez tarqaldi. Uning nusxalari 1900 yil «Model» – 64 deb nomlanib, armiya va davlatning xavfsizligi uchun ishlatildi, deb yozadilar o‘z maqolasida Qurolli Kuchlar akademiyasi Qurollanish va otish kafedrasi o‘qituvchilari - Podpolkovnik B.Aliyarov va mayor A.Babayev.

Ushbu web-sayt ma’muri va muallifi hamda oddiy bir inson sifatida Sizga Allohdan, sihat-salomatlik, tinchlik va hotirijamlik hamda boshlagan ezgu ishlaringizda omad nasib etishini chin dildan tilab,

Hurmat va ehtirom ila, Qobiljon Ataxanov

P.S. Maqola Sizga manzur kelgan bo‘lsa, iltimos, quyidagi tugmalardan birini bosib yaqinlaringiz bilan o‘rtoqlashing! Agar maqolaga munosabat bildirib, o‘z sharhingizni yozib qoldirsangiz bag‘oyat hursand bo‘laman va oldindan minnatdorchiligimni izhor qilaman!

О программе Қобилжон Атаханов

Смотрите также

“SORA” - AVTOMATIK TIZIMLI TEXNIKA

“SORA” - AVTOMATIK TIZIMLI TEXNIKA

«Sora» (Sora) deb nomlangan 12 mm.li o‘ziyurar gaubitsa Serbiya harbiy-texnika instituti mutaxassislari tomonidan D-30J rusumli …

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *