Последние новости
Koinot-miqyosidagi-1-kun-72-yilga-teng-miniatyura
Домой » YANGILIKLAR » FAN - TA'LIM » Koinot miqyosidagi 1 kun 72 yilga teng

Koinot miqyosidagi 1 kun 72 yilga teng

Koinot miqyosidagi vaqtning qiymati nimaga teng?

Bizga etib kelgan ta’limotlardan yaxshi ma’lumki, Yer sharining to‘liq aylanasi 360 gradusdan iborat. Yer sharining biron bir gradusida turgan nuqta har yili 5 gradusdan siljib, 72 yilda Yerni bir marta to‘liq aylanib chiqadi va 360 gradus hosil qilib yana avvalgi joyiga qaytib keladi (5º-72=360º).

Koinot-miqyosidagi-1-kun-72-yilga-teng-qadimgi-misr  

Qadimgi misrliklar olib borgan astronomik tadqiqotlar o‘ta kichik og‘ishlarni ham aniqlashga yordam berdi. Chunki amaldagi hayotiy ehtiyojlar ularning aniq hisobga olinishini taqozo qilar edi. Kohinlar, rommollar va rohiblar 25920 yilni «Buyuk yil» deya nomlaganlar.

Ular bu Buyuk – 25920 yilni oylarga o‘xshab 12 ga bo‘lganlar. Bunda har bir «Oy»ga burjiy yulduz turkumlaridan birining (zodiak) nomini berganlar va ularni astrologic (munajjimlik) eralar deb atay boshlaganlar. Har bir astrologic era 25920:12=2160 yilga teng.

Koinot-miqyosidagi-1-kun-72-yilga-teng-kohinlar  

Xullas qadimgi astrologlar «kashf etgan» Buyuk yilning miloddan oldingi 9060 yilidan boshlanganligi va biz 1740  yildan boshlangan «Qovg‘a (Vodoley)» astrologik erasi davrida yashayotganligimizni, bu era to 3900 yilgacha davom etishini bilib qo‘yganimiz hamda astrologik era haqida umumiy bo‘lsa-da, tasavvurga ega bo‘lganligimiz yaxshi bo‘ladi.

Yulduzlar osmonining bir gradusi ya’ni 72 yilga burilishi alohida muhim vaqt bo‘lib, u tarixiy taraqqiyot tendensiyasida o‘zini namoyon etadi. Tabiat kerak bo‘lsa bir soniyada milliard yilga yoki aksincha milliard yilki bir soniyaga aylantiruvchi qudratli bir kuchdir. 25920 yil davom etadigan «Buyuk yil – bu yulduzlar osmoni», yulduzlar turkumining 360 gradusga aniq va to‘la aylanishidir.

 

Koinot-miqyosidagi-1-kun-72-yilga-teng-yulduzlar

   

Binobarin, 1 gradusga burilish – 25920:360=72 yil davom etadi(ya’ni bir gradus=72yil). 1440 yilda osmon gumbazi – falak, 20 gradusga buriladi va bu narsa falak to‘la aylanishining 360 gradusdan o‘n sakkizidan biriga to‘g‘ri keladi. Buyuk yilning 18 qismga bo‘linishi (25920:18=1440) Amerikaning Kolumbdan olingan mayya halqi taqvimi (kalendar)ga to‘g‘ri keladi.

Mayya taqvimi har biri 20 kundan iborat bo‘lgan 18 oydan tashkil topgan (18x20=360) yil oxirida xuddi misrliklarda bo‘lganidek, unga 5 kun qo‘shish bilan tuzatish kiritilgan. Quyosh chiqsa, yorug‘lik qorong‘ilik bilan almashinsa, dov-daraxtlar, o‘t-o‘lanlar gullasa, meva tugsa, fasllar almashinib yoz, kuz, qish, bahor navbatma-navbat almashinib tursa, qisqasi tabiat harakatga kirsa, insonda vaqt to‘g‘risida tushuncha ham paydo bo‘ladi.

Koinot-miqyosidagi-1-kun-72-yilga-teng-astrologiya  

Vaqt tabiatning harakatidir, ana shu harakatning o‘lchovi hamdir, desak yanglishmasak kerak. Vaqt bizda ya’ni yerda, yerning o‘z o‘qi va quyosh atrofida aylanishi bilan bog‘liqligini deyarli hamma biladi. Ammo koinot miqyosida vaqt hisobi boshqachaligini, ya’ni 1 koinot asri bizning 2592000 yilga, 1 koinot yili 25920 yilga, 1 koinot oyi 2160 yilga, 1 koinot kuni 72 yilga tengligini hamma ham bilavermasa kerak.

O‘zimizcha shunday faraz qilaylik. Agar yerdagi odam koinotga chiqib yerdagi hisob bo‘yicha 1 yil yashab yana yerga qaytib kelsa (iloji bo‘lsa albatta) yerda salkam 26 ming yil vaqt o‘tib ketgan bo‘ladi! Agar Sizga maqolada yoritilgan mavzu qiziqarli bo‘lsa, ushbu sohaga bag‘ishlangan navbatdagi maqola bilan mana bu sahifada tanishib chiqishingiz mumkin.  

Ushbu web-sayt ma’muri va muallifi hamda oddiy bir inson sifatida Sizga Allohdan, sihat-salomatlik, tinchlik va hotirijamlik hamda boshlagan ezgu ishlaringizda omad nasib etishini chin dildan tilab,

Hurmat va ehtirom ila, Qobiljon Ataxanov

P.S. Maqola Sizga manzur kelgan bo‘lsa, iltimos, quyidagi tugmalardan birini bosib yaqinlaringiz bilan o‘rtoqlashing! Agar maqolaga munosabat bildirib, o‘z sharhingizni yozib qoldirsangiz bag‘oyat hursand bo‘laman va oldindan minnatdorchiligimni izhor qilaman!

О программе Қобилжон Атаханов

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *