Последние новости
Uy-joy kommunal sohasida yangi bosqich-miniatyura
Домой » YANGILIKLAR » IJTIMOIY SOHA » Uy-joy kommunal sohasida yangi bosqich

Uy-joy kommunal sohasida yangi bosqich

Aholi farovonligini ta’minlash, ularning o‘z hayotidan mamnun bo‘lib yashashlarini kafolatlash mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning pirovard maqsadidir.

Bunda uy-joy kommunal sohasining samarali faoliyat ko‘rsatishi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uning yangi mexanizmlarini joriy etish fuqarolar turmush darajasini yaxshilashga xizmat qiladi.

Aytish joizki, mamlakatimizda kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘yicha zamonaviy bozorni shakllantirish yo‘lida izchil sa’y-harakatlar ro‘yobga chiqarilmoqda. O‘tgan davrda qabul qilingan bir qator qonunlar sohani taraqqiy toptirishning huquqiy asosi bo‘lmoqda.

Uy-joy-kommunal-sohasida-yangi-bosqich-2  

Biroq shiddat bilan o‘tib borayotgan davr uy-joy kommunal sohasini yanada - takomillashtirish va rivojlantirishni taqozo etmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni sohada olib borilayotgan ishlarni tubdan yaxshilashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi hamda uning tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmalari va Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi hamda ularning tumanlar (shaharlar)dagi bo‘limlari tashkil etilmoqda.

Yangi vazirlik huzurida Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va ikkita davlat unitar korxonasi — “Ko‘p xonadonli uylar, issiqlik ta’minoti ob’ektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi” va “Suv ta’minoti va kanalizatsiya ob’ektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi” tashkil qilinadi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ikkinchi davlat unitar korxonasi bevosita Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga bo‘ysunadi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tashkilotlarning hududiy boshqarmalari, inspeksiyalari va mintaqalararo filiallarining faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Uy-joy-kommunal-sohasida-yangi-bosqich-1  

Bunday yondashuv sohadagi ishlarni nafaqat respublika, balki hududlarda ham tizimli olib borish imkonini beradi. Bu esa jabhada faoliyat yuritayotgan har bir mutaxassisdan o‘z ishini tanqidiy tahlil qilish, qat’iy tartib-intizom hamda shaxsiy javobgarlikni talab qiladi.

Amalga oshirilayotgan islohotlar, avvalambor, amaldagi qonunchilikni takomillashtirishni taqozo etadi. Shu bois O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy-javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi, Uy-joy kodeksi va “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartishlar hamda qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Bu, o‘z navbatida, biz, deputatlardan parlamentda tegishli qonun loyihalarini ko‘rib chiqish jarayonida uy-joy kommunal sohasidagi mavjud muammolarni bartaraf qilishga alohida e’tibor qaratishimiz lozimligini ko‘rsatadi.

Fuqarolar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarining olib borilishi ham, hech shubhasiz, bu borada dolzarb ahamiyatga ega. Binobarin, odamlarning qonunlar mazmun-mohiyatidan xabardorligi, huquqiy madaniyatining yuksakligi sohadagi muammolarga o‘z vaqtida va samarali yechim topishga ko‘maklashadi.

Uy-joy-kommunal-sohasida-yangi-bosqich-3  

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatishning sifati nafaqat mas’ul tashkilotlar faoliyatiga, balki fuqarolarning o‘zlariga ham bog‘liqligini hayotiy misollar orqali ko‘rmoqdamiz. Masalan, deputatlar joylarda haqiqiy ahvolni o‘rganish chog‘ida aholi tomonidan ko‘p xonadonli uylardan foydalanish jarayonida belgilangan texnik tartibga rioya etmay, tegishli organlar bilan kelishmasdan o‘zboshimchalik bilan qaytadan rejalashtirib olganliklari kabi holatlarga ham guvoh bo‘lishmoqda.

Fuqarolar bunday harakatlar qanday oqibatlarga olib kelishini, nafaqat o‘z oilasi, balki atrofdagilarga ham jiddiy zarar keltirishi mumkinligini ko‘p hollarda tasavvur ham qilmaydilar.

Farmonda belgilanganidek, ko‘p xonadonli uylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish juda o‘rinli bo‘lib, bu fuqarolarning xavfsiz muhitda yashashiga zarur shart-sharoit yaratadi.

Umuman aytganda, ushbu Farmonning ijrosi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilashga imkon beradi.

Qahramon Ergashev,

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati

 

Agar Sizga maqolada yoritilgan mavzu qiziqarli bo‘lsa, ushbu sohaga bag‘ishlangan sahifada yoki navbatdagi maqola bilan mana bu joyda tanishib chiqishingiz mumkin.

Ushbu web-sayt ma’muri, maqolalarning muallifi hamda oddiy bir inson sifatida Sizga va oilangizga Allohdan, sihat-salomatlik, tinchlik va hotirijamlik, baxtli hayot kechirish hamda boshlagan ezgu ishlaringizda omad nasib etishini chin dildan tilab,

Hurmat va ehtirom ila, Qobiljon Ataxanov 

P.S. Maqola Sizga manzur kelgan bo’lsa, iltimos, quyidagi tugmalardan birini bosib yaqinlaringiz bilan o’rtoqlashing! Agar maqolaga munosabat bildirib, o’z sharhingizni yozib qoldirsangiz bag’oyat hursand bo’laman. Oldindan o’z minnatdorchiligimni izhor qilaman!

О программе Қобилжон Атаханов

Смотрите также

Jinoyatga boshlagan yo‘l — e’tiborsizlik

Jinoyatga boshlagan yo‘l — e’tiborsizlik

Noshud o‘g‘il yana pand berdi “Barcha ayb menda. Bolamni qarovsiz qoldirdim. Uni yaxshi yedirib-ichirishni o‘ylabman-u …

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *