Последние новости
IKKI VARIANTDA ISHLAB CHIQARILADI
Домой » YANGILIKLAR » TEXNOLOGIYA » IKKI VARIANTDA ISHLAB CHIQARILADI

IKKI VARIANTDA ISHLAB CHIQARILADI

Braziliyaning KS-390 rusumli yangi taktik transport-yonilg‘i quyish samolyoti «Embrayer» milliy kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Bu samolyot nayzasimon qanot va qanot ostidagi pilonlarga o‘rnatilgan ikkita turboventilyatorli dvigatelga ega bo‘lgan «yuqoriplan» sxemasi bo‘yicha qurilgan.

IKKI VARIANTDA ISHLAB CHIQARILADI  

Maqbul komponovka (tuzilish) va aerodinamikani ta’minlash maqsadida yangi samolyot nayzasimon stabilizatorli T-simon dum qanoti bilan jihozlangan. Fyuzelyajning old qismi, uchuvchilar kabinasining chap tomoniga joylashtirilgan va parvoz vaqtida qo‘shimcha yonilg‘i quyish uchun mo‘ljallangan shtanga mazkur samolyot planerining o‘ziga xos jihati hisoblanadi.

KS-390 ning kuchlanish qurilmasi tarkibiga «Interneshnl er enjayns» konsorsiumi tomonidan ishlab chiqarilgan, har birining tortish kuchi 12 tonnaga teng bo‘lgan ikkita V2500-E5 rusumli turboventilyatorli dvigatel kiradi.

IKKI VARIANTDA ISHLAB CHIQARILADI  

Samolyotning asosiy texnik-taktik tavsiflari quyidagicha: ekipaj ikki kishidan iborat, maksimal uchish tezligi soatiga 850 km, maksimal foydali yuklanma (23 t.gacha) bilan uchish uzoqligi 2600 km, boshqa joyga uchib o‘tish uzoqligi 6000 km, amaliy ko‘tarilish balandligi 10900 m. KS-390ning uzunligi 33,5 m, balandligi 11,35 m, qanot ko‘lami 33,95 m.

Yuklanish variantlari: 80 nafargacha yo‘lovchi; 64 nafar qurollangan desantchi; 74 nafar yarador va ikki nafar kuzatuvchi; «Xamvi» tipidagi 2-3 ta avtomobil; 1 ta zirhli transportyor yoki 1 ta N-60 «Blek Xok» tipidagi vertolyot. Transport-yonilg‘i quyish variantida samolyotning yuk kabinasiga yonilg‘i baklari o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

Ushbu web-sayt ma’muri va muallifi hamda oddiy bir inson sifatida Sizga Allohdan, sihat-salomatlik, tinchlik va hotirijamlik hamda boshlagan ezgu ishlaringizda omad nasib etishini chin dildan tilab,

Hurmat va ehtirom ila, Qobiljon Ataxanov

P.S. Maqola Sizga manzur kelgan bo‘lsa, iltimos, quyidagi tugmalardan birini bosib yaqinlaringiz bilan o‘rtoqlashing! Agar maqolaga munosabat bildirib, o‘z sharhingizni yozib qoldirsangiz bag‘oyat hursand bo‘laman va oldindan minnatdorchiligimni izhor qilaman!

О программе Қобилжон Атаханов

Смотрите также

«HOSHIM» RPG-32 RUSUMLI GRANATOMYOT

«HOSHIM» RPG-32 RUSUMLI GRANATOMYOT

RPG-32 «Hoshim» rusumli reaktiv qo‘l granatomyoti Rossiya va Iordaniya mutaxassislarining qo‘shma loyihasi asosida yaratilgan bo‘lib, …

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *