Последние новости
Домой » YANGILIKLAR » IQTISOD » Ey, “nomer”ing o‘tmadi, uka, o‘xshamadi!

Ey, “nomer”ing o‘tmadi, uka, o‘xshamadi!

APRELI QURIB KETSIN!

Ey, “nomer”ing o‘tmadi, uka, o‘xshamadi!

Oylarning yaxshi-yomoni bo‘lmaydi-yu, ammo aprel deyishsa g‘ijinib ketaman. O‘z-o‘zidan o‘g‘ri urgan sigirning puli esga tushadi.

Qisir sigirim bor edi, bozorga olib borib, ¬azonda sotdim. Bo‘g‘ozidan olishim kerak. Sigirning ¬arqonini paxtaligim ustidan belga bog‘lab, bozor aylanyapman. Bir payt savdo bo‘layotgan ho‘kizning biqinida tursam, qo‘ynimda begona qo‘l raqs tushayapti. Shartta ¬ushlamoqchi edim, sirg‘alib chiqib ketdi, xumpar. Nima -bo‘lganini o‘g‘ri besh-olti qadam yurgandan keyin sezdim: sigirning pulini urib ketibdi.

— O‘g‘rini ushlanglar, o‘g‘rini! — jon holatda baqirdim.

Mol bozori uch-to‘rt daqiqa jimib qoldi. Odamlar avvaliga bir-birlariga, so‘ng menga savol ¬nazari bilan qarashdi.

— Pulimni o‘marib ketdi! — qo‘llarimni siltab, o‘g‘riga ishora qildim.

Odamlarning boshlari o‘g‘ri tomon keskin burildi.

— Oshnam aldayapti, bugun — birinchi aprel-ku! — dedi o‘g‘ri tirjayib.

Birinchi aprelligi tushimga ham kirmagandi. Odamlar hafsalasiz bosh chayqashdi.

— Qanaqa birinchi aprel?! Rostdan pulimni ¬o‘g‘irlab ketdi, deyapman! — O‘g‘ri ortidan tashlandim. Ammo ¬zabardast qo‘l, bilagimdan tutib qoldi.

— Ey, “nomer”ing o‘tmadi, uka, o‘xshamadi! — ¬taqamo‘ylov «akam» bilagimdan battar qisdi.

— Qanaqa nomer? Haqiqatan o‘g‘irlab ketdi! — alam bilan tushuntira ketdim. — Ertalab qisir sigirimni ¬sotgandim! Mana arqoni! Keyin...

Birdan gaplarim latifadek ta’sir qilayotganini ¬sezib qoldim: odamlar taqamo‘ylovga qo‘shilib, kula ¬boshlashdi. «Ey!» deb qo‘l siltadim. Zora o‘g‘ri ko‘rinib qolsa deb, u ketgan tomonga chopdim. He, qorasi ham yo‘q. Devor ustiga chiqdim. Bozordagi har bitta odamni ¬sinchiklab ¬kuzata boshladim: o‘g‘riga o‘xshashi ham yo‘q! Bir vaqt mundoq ¬qarasam, bozordagi yarim odam meni kuzatyapti. Hatto ba’zilari sherigiga meni ko‘rsatib, nimalarnidir aytib, qotib-qotib kulyapti ham. «Tfu!» dedim yonimga! ¬Deysiz-da! Holatimni tasavvur ¬qilyapsiz, axir?

— Pulimni o‘g‘irlatib qo‘ydim! — dedim uchastka -nazoratchisining oldiga kiriboq.

Vey, haqiqiy inson ekan nazoratchi yigit. Darhol daftarini ochib, ruchkasini qo‘lga olib, «Qayerda?» deb so‘radi. «Bozorda, ertalab azonda, qisir sigirimni», deb gap boshlab, hammasini aytib berdim. O‘g‘il bola ekan, diqqat bilan eshitdi. O‘g‘rining qiyofasini qo‘limdan kelgancha aytib berdim, erinmasdan yozib ham oldi. Belimga bog‘langan arqonni diqqat ¬bilan ko‘zdan kechirdi. Hatto hidlab ham ko‘rdi.

— Xo‘p, davom eting, pulni oldirgach, siz nima ¬qildingiz? — so‘radi u yana yozishga shaylanib.

— «Pulimni o‘marib ketdi, o‘g‘rini ushlanglar!» deb baqirdim.

— Odamlar o‘g‘ri tomon tashlanishdi, — nazoratchi o‘zicha voqealar rivojini davom ettira ketdi. — Ammo o‘g‘ri epchil ekan, hammaga chap berib, odamlar orasida suvga tushgan uzukday yo‘q bo‘ldi...

— Qayoq-da, — hafsalasiz javob qildim. — Ko‘zimga baqrayib qarab, tirjaygancha, «Oshnam aldayapti, bugun — birinchi aprel!» dedi.

— A? — nozir sakrab tushganday bo‘ldi. So‘ng ¬oldidagi kalendarni varaqlab, ruchkasini stol ustiga tashladi. — Darvoqe bugun birinchi aprel! Ha-ha-ha! — u o‘rnidan turib, tentaklarday qotib-qotib kulgancha, ¬atrofimda aylana boshladi. Yozgan qog‘ozlarini g‘ijimlab, burchakdagi chelakka otdi. — Ey, yomon qildingiz, yomon qildingiz! Hozir bir minut, ketmay turing! — u g‘oyib bo‘ldi.

«Tutqanog‘i bormi buni? Nimalar bo‘lyapti o‘zi?» o‘ylay ketdim. Eshikdan nazoratchi sherigini boshlab kirdi.

— Mana, mana, o‘zlari, — dedi kulimsirab, ¬ruchkasini qo‘liga olarkan. — Mana bu o‘rtog‘imiz – haqiqiy ¬iz¬¬¬quvar. O‘g‘rini ushlamasdan qo‘ymaydi. O‘zlariga bir boshdan gapirib bering. Xo‘p, mol bozoriga ¬bordingiz...

— Azonda qisir sigirimni sotdim, — hikoyamni yana boshidan boshladim. Ammo negadir, davom etganim sayin, militsionerlarning kulgisi avjga mina bosh¬ladi. Arqonni ko‘rsatish joyiga kelgandi, izquvar ¬chidolmadi.

— Bo‘ldi, bo‘ldi! Ho-ho-ho! — dedi qornini ushlab.

Hayronligim battar oshdi! Bularga bir narsa bo‘lganmi? Birdan sezib qoldim: ular meni birinchi aprel qilayotgan ekan! Qo‘l siltab, eshik tomon yurdim.

— Shoshmang, birinchi aprel, balki boshlig‘imizning ham eshitgisi kelib qolar!

Begonalar dardingga sherik bo‘larmidi? ¬Yaxshiyam uyda xotin bor, yig‘laydi, siqtaydi, sochlarini yuladi, ammo dardimni eshitadi — sal yengil tortarman! Aytganimday, umringdan baraka topkur xotin, «Pulni o‘g‘irlatib qo‘ydim!» deyishim bilan shunaqa g‘avg‘o ¬ko‘tardi, uchta qo‘shnimiz uch tomondan yugurib chiqdi. (O‘zi ular startda turadi — qaysi tomonda urush-janjal bo‘lib qolar ekan, deb) Sal taftim bosilganday bo‘ldi. Belimdagi arqonni yechib, xotinning oldiga tashlagandim, «Voy, jigarim!”lab yubordi. Qo‘shnilar xotinga ¬qo‘shilib o‘g‘rining go‘riga g‘isht qalashni boshlashgandi, tanam ¬yayrab ketdi.

Qaysi xotin maktabga boradigan bolasini ¬ergashtirib yuradi? Ahmoq xotin! Ahmadjonning xotini bolasini ergashtirib chiqqan ekan-da! Hamma narsaning beliga tepdi.

— Amakimning gapiga ishonmanglar, bugun — ¬birinchi aprel! — dedi tirjayib.

Qarg‘ish otayotgan og‘izlar, qarg‘ishlarning yarmi ¬chiqqanda, ochilgancha qotib qoldi. So‘ng birdan og‘izlar «ho-ho-ho!»larga to‘ldi! Xotinlar o‘n besh daqiqa ¬¬ho-holashdi. Shumshayib o‘tirib berdim. Xotinim kulgidan yoshlangan ko‘zini yengi bilan artib irshaydi:

— He, hazilingiz ham bor bo‘lsin, dadasi!

Said ANVAR

О программе Қобилжон Атаханов

Смотрите также

Эркаклар шахс сифатида камол топишлари учун кўмаклашадиган олтин қоидалар.

Asl adabiyot ishtiyoqi

Yurak degan loladay yonsa, Sharror oqib tursa qoning-da Yoshlar ijodini muntazam kuzatib, bu haqda xulosalar …

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *