Последние новости
Саудия журналистни ўлдиришни ким буюрганини очиқлаши керак.
Домой » YANGILIKLAR » JAHON » Saudiya jurnalistni o'ldirishni kim buyurganini ochiqlashi kerak

Saudiya jurnalistni o'ldirishni kim buyurganini ochiqlashi kerak

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog'an Saudiya Arabistoni jurnalist Jamol Xashoggini o'ldirishni kim buyurganini ochiqlashi shart va aybdorlar Istanbulda sudlanishi zarur, deb bayonot berdi.

Saudiya jurnalistni o'ldirishni kim buyurganini ochiqlashi kerak

Erdog'anning aytishicha, Saudiya Arabistoni rasmiylarining Xashoggi konsullik binosi ichida yuzaga kelgan “mushtlashuv” oqibatida bexosdan halok bo'lgani haqidagi iddaolariga ishonib bo'lmaydi. Prezidentning so'zlariga ko'ra, Saudiya Arabistoni rasmiylari uni o'ldirishni bir necha kun davomida rejalashtirgan.

Ayrim tahlilchilar Turkiya Erdog'anning tanqidlariga qaramasdan, mamlakatga investitsiya kiritib kelgan Saudiya Arabistoni bilan butunlay teskari bo'lishni istamasligini aytmoqda.

Washington Post gazetasiga maqolalar yozgan Xashoggi 2 oktyabr kuni Istanbuldagi Saudiya konsulligi binosiga kirishi ortidan g'oyib bo'lgandi.

Saudiya jurnalistni o'ldirishni kim buyurganini ochiqlashi kerak

Turkiya parlamentning etakchi partiyasi oldida so'zlagan Erdog'an “qotillik” so'zini 15 marta ishlatdi. Erdog'an g'arb davlatlari etakchilarining Saudiya Arabistonini Xashoggining o'ldirilishi bo'yicha to'liq javobgarlikka tortish chaqiriqlarini takrorladi.

– Bu kabi hodisa uchun bir guruh xavfsizlik hamda rezvedka xizmatlari a'zolarini ayblash bizni yoki xalqaro hamjamiyatni qoniqtirmaydi, – dedi prezident.

Avvalroq Turkiya tashqi ishlar vaziri Anqara jurnalist o'limi bo'yicha har qanday xalqaro yoki BMT tergovi bilan hamkorlik qilishini bildirgan edi.

Istanbuldagi Altinbash universiteti xodimi, xalqaro aloqalar tahlilchisi Ahmet Qasim Xan:

– Turkiya arqonni uzun tashlayapti. Menimcha, [prezidentning] bugungi nutqi eskalatsiya strategiyasining bir bo'lagidir. Turkiya rasmiylari, aftidan, bu ishni ko'p qirrali masalaga aylantirishga bel bog'lagan, sababi ular Saudiya Arabistoni bilan bu masala bo'yicha yolg'iz qolishni istamaydilar.- dedi.

Bayrutdagi Karnegi Yaqin Sharq markazi direktori Maha Yahyo Saudiya Arabistoni endilikda Turkiya hamkori bo'lmish Qatar boykotini to'xtatishga majbur bo'lishi mumkinligini taxmin qildi.

– Edrog'an mazkur intsident yordamida Turkiya uchun uchun iloji boricha ko'proq foyda va chekinish qo'lga kiritish uchun kurashadi, – dedi u.

Erdog'an qotillik bo'yicha tergov haqida so'zlar ekan, Saudiya Arabistoni barcha 18 gumonlanuvchini qo'lga olib, Turkiyaga yuborishi kerakligini ta'kidladi.

Saudiya jurnalistni o'ldirishni kim buyurganini ochiqlashi kerak

Saudiya Arabistoni rasmiylari jurnalist o'limi izchil o'rganib chiqilishini hamda aybdorlar javobgarlikka tortilishini bildirgan.

Prezident Erdog'an shahzoda Muhammad Bin Salmonni tilga olmadi, ammo qirollikda qabul qilinadigan qarorlar odatda hukmron oila tepasidagilar roziligi bilan amalga oshirilishidan xabardor ekanligini taxmin qilish mumkin.

Xanning aytishicha, Erdog'an ehtiyotkorlik bilan qadam tashlamoqda. Shahzoda Muhammad oshib borayotgan bosim tufayli iste'foga chiqishi yoki bunga qaramasdan o'z lavozimida qolishi mumkin. Tahlilchining aytishicha, Turkiyaga qarshi siyosat yuritib kelayotgan shahzoda lavozimini topshirsa, Istanbul uchun yaxshi bo'ladi.

Saudiya jurnalistni o'ldirishni kim buyurganini ochiqlashi kerak

Saudiya Arabistoni va Turkiya o'rtasidagi aloqalar 2011 yilda “Arab bahori” boshlangan paytda sovuy boshlagan. Turkiya ayrim arab davlatlarida hokimiyat tepasiga kelgan islomchilarni qo'lladi. Saudiya Arabistoni va uning hamkori Birlashgan Arab Amirliklari esa umumarab sunniylik harakati o'zlarining avloddan-avlodga o'tuvchi hukmronliklariga tahdid solishidan xavotirga tushdi.

Tahlilchilarning aytishicha, Xashoggi o'limi ortidan kelib chiqqan vaziyat Turkiya va Vashington o'rtasidagi aloqalar yaxshilanishiga olib kelishi mumkin. Turkiyada AQSh pastori qo'lga olinishi ortidan Vashington mamlakatga qarshi iqtisodiy sanktsiya joriy qilgan edi.

Saudiya jurnalistni o'ldirishni kim buyurganini ochiqlashi kerak

Erdog'an Xashoggi o'ldirilgan kun 15 nafar saudiyalik fuqarolardan iborat bir guruh shaxslar Istanbulga kelishganini, o'sha kuni jurnalist kiyimiga o'xshash kiyimdagi boshqa shaxs konsullikni tark etganini aytdi.

– Nima uchun ushbu hodisaga aloqador 15 odam qotillik kuni Istanbulda to'plandi? Biz javob izlayapmiz. Ularga kim buyruq bergan? Biz javob izlayapmiz. Qotillik ochiq-oydin bo'lib turgan paytda nima uchun bir-biriga zid bildiruvlar e'lon qilindi? Halok bo'lgani rasman tan olingan shaxs tanasi nega haligacha topilgani yo'q? – dedi prezident.

Bu orada turk tergovchilari konsullikka tegishli avtomobil ichida uch chemodan, leptop hamda kiyim topgani xabar qilindi. Avtomobil dushanba kuni er osti garajida topilgan. Seshanba kuni Ar-Riyodda qirol Salmon hamda shahzoda Muhammad Xashoggining o'g'li Salah hamda ukasi Sahelni Yamama saroyida qabul qilib, hamdardlik izhor qilgan. ismini oshkor qilmaslik sharti bilan Associated Press agentligi bilan suhbatlashgan Xashoggilarning oilaviy do'sti Salah o'tgan yildan beri mamlakatdan chiqarilmayotganini aytdi.

О программе Қобилжон Атаханов

Смотрите также

Putin maslahatchisining oʻgʻli tojik xizmatchisiga uylanmoqchi

Putin maslahatchisining oʻgʻli tojik xizmatchisiga uylanmoqchi

Rossiya prezidenti maslahatchisi Sergey Glazevning oʻgʻli va tojikistonlik uy xizmatchisi oʻrtasidagi muhabbatni Rossiya axborot vositalari …

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *