Последние новости
SINOVLARGA SABR QIL
Домой » YANGILIKLAR » MADANIYAT » MA'NAVIYAT » SINOVLARGA SABR QIL

SINOVLARGA SABR QIL

Ey mening o‘g‘lim, namozni mukammal ado etsang, to so‘nggi nafasinggacha kamol topgaysan. O‘zing amal qilgan holatda boshqalarni ham yaxshilikka buyur, yomonlikdan qaytargin.

Senga yetuvchi sinovlarga sabr qilgin. Hech qachon takabburlik bilan kishi yuziga qaramagin. Balki muloyimlik, ochiqchehralik, va tavoze’ bilan kishi yuziga boq. Yo‘lda yursang, odob bilan qadam tashlaginki, harakating johillar va dunyoparastlarniki kabi bo‘lmasin.

SINOVLARGA SABR QIL

Tez ham yurma, qadam tashlashing sust ham bo‘lmasin. Afzali shuki, ildamlik bilan og‘ir yurishning o‘rtasi bo‘lsin. Chunki ildam yurmoq yengillik alomatidir. Kichik tebranmoq xayr va ulug‘lik nishonasidir. O‘rta yuruvchi bo‘lgin va tavoze’ bilan qadam qo‘ygin.

So‘zlaganda ovozingni yuqori ko‘tarmagin, ya’ni faryod qilguvchi na’ra tortguvchi, uzun tilli va qattiq gapirguvchi bo‘lmagin. Agar ovozingni yuqori ko‘tarib, kishiga yoqmaydigan qilib so‘zlasang, yomon ovozlilardan bo‘lasan. Chunki ovozlarning yomonrog‘i eshaknikidir.

Luqmoni Hakim

Ushbu web-sayt ma’muri va muallifi hamda oddiy bir inson sifatida Sizga Allohdan, sihat-salomatlik, tinchlik va hotirijamlik hamda boshlagan ezgu ishlaringizda omad nasib etishini chin dildan tilab,

Hurmat va ehtirom ila, Qobiljon Ataxanov

P.S. Maqola Sizga manzur kelgan bo‘lsa, iltimos, quyidagi tugmalardan birini bosib yaqinlaringiz bilan o‘rtoqlashing! Agar maqolaga munosabat bildirib, o‘z sharhingizni yozib qoldirsangiz bag‘oyat hursand bo‘laman va oldindan minnatdorchiligimni izhor qilaman!

О программе Қобилжон Атаханов

Смотрите также

Ikki ma’rifatparvarning yagona maqsadi

Ikki ma’rifatparvarning yagona maqsadi

Odatda Turkiston milliy uyg‘onish harakatining timsoli sifatida Mahmudxo‘ja Behbudiyning nomi tilga olinadi. Hoji Muinning “Ijodiy …

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *