Последние новости
Oliy sud raisi o'rinbosari Samarqandda sayyor qabul o'tkazdi
Домой » YANGILIKLAR » O'ZBEKISTON » Oliy sud raisi o'rinbosari Samarqandda sayyor qabul o'tkazdi

Oliy sud raisi o'rinbosari Samarqandda sayyor qabul o'tkazdi

Samarqand shahar Bog'ichinor mahallasidagi 77, 79, 81 va 87-uylarda yashovchi kishilar hududdagi ko'p qavatli uylar orasida aholi xohish-istaklari inobatga olinmagan holda olib borilayotgan qurilish ishlarini to'xtatish yuzasidan bir qator tashkilotlarga murojaat qilgan.

Lekin kutilgan natijaga erishilmagan. – Bugun Samarqand shahrida O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi o'rinbosari sayyor qabul o'tkazishi haqida eshitganimizdan so'ng aholi vakillari sifatida ushbu tadbirga keldik, – deydi I. Antonova.

– B. Dehqonov murojaatimizni eshitib, bu masala bo'yicha aholi fikri inobatga olinishi va tez orada asoslantirilgan xulosa berilishini aytdi. 17 sentyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi o'rinbosari B. Dehqonovning Samarqand shahrida shahar va Samarqand tumani aholisi uchun o'tkazgan sayyor qabulida o'nlab fuqarolar o'zlarini qiynayotgan, shu paytgacha echimi topilmagan masalalar yuzasidan murojaat qildi.

Oliy sud raisi o'rinbosari Samarqandda sayyor qabul o'tkazdi

Oliy sud raisi o'rinbosari va Oliy sud sudyalari har bir murojaatchini eshitib, ularning masalalari bo'yicha tegishli tartibda javob berdi. O'rganish talab etiladigan murojaatlarga muddat belgilanib, fuqarolar bundan xabardor qilinishi aytildi.

Oliy sud raisining yana bir o'rinbosari X. Yodgorov Pastdarg'om va Urgut tumanlarida ushbu tumanlar va Nurobod hamda tayloqlik aholini qabul qildi. Joylardagi sayyor qabullar chog'ida aholi bilan yurtimizdagi sud-huquq islohotlari haqida muloqotlar ham o'tkazildi.

Oliy sud raisi o'rinbosarlarining sayyor qabullari davom etmoqda, deb xabar qilinadi Oliy sud rasmiy web-sayti - Sud.Uzda.

Agar Sizga maqolada yoritilgan mavzu qiziqarli bo‘lsa, ushbu sohaga bag‘ishlangan sahifada yoki navbatdagi maqola bilan mana bu joyda tanishib chiqishingiz mumkin.

Ushbu web-sayt ma’muri, maqolalarning muallifi hamda oddiy bir inson sifatida Sizga va oilangizga Allohdan, sihat-salomatlik, tinchlik va hotirijamlik, baxtli hayot kechirish hamda boshlagan ezgu ishlaringizda omad nasib etishini chin dildan tilab,

Hurmat va ehtirom ila, Qobiljon Ataxanov

P.S. Maqola Sizga manzur kelgan bo’lsa, iltimos, quyidagi tugmalardan birini bosib yaqinlaringiz bilan o’rtoqlashing! Agar maqolaga munosabat bildirib, o’z sharhingizni yozib qoldirsangiz bag’oyat hursand bo’laman. Oldindan o’z minnatdorchiligimni izhor qilaman!

О программе Қобилжон Атаханов

Смотрите также

Sudyalar-korpusini-ochiq-va-shaffoflikda-shakllantirish-1

Sudyalar korpusini ochiq va shaffoflikda shakllantirish

Asosiy vazifamiz – ochiq va shaffof tanlov asosida sudyalar korpusini eng malakali va mas’uliyatli sudyalardan …

2 комментария

  1. Comment Test

    I care. So, what do you think of her, Han? Don’t underestimate the Force. I don’t know what you’re talking about. I am a member of the Imperial Senate on a diplomatic mission.

    • Comment Test 2

      I care. So, what do you think of her, Han? Don’t underestimate the Force. I don’t know what you’re talking about. I am a member of the Imperial Senate on a diplomatic mission.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *