Последние новости
Домой » YANGILIKLAR » O'ZBEKISTON » Oqqo'rg'onlik go'daklarning vahshiy qotilining iqrori
Oqqo'rg'onlik go'daklarning vahshiy qotilining iqrori

Oqqo'rg'onlik go'daklarning vahshiy qotilining iqrori

Insonga xos goʻzal bir tuygʻu borki, uning nomini mehr-oqibat deymiz. Yuksak darajada qadrlanadigan bu fazilat sabab oila fayzli, mahalla obod, mamlakat tinch va barqaror boʻlib boraveradi.

Hayotda inson tabiatan ana shu rishtaga suyangani, undan kuch-quvvat olgani bois uning oʻrnini hech nima bilan qiyoslay olmaymiz.

Afsuski, oramizda mana shunday insoniy tuygʻudan mosuvo, qalbi majruh kimsalar ham uchrab turar ekan. Zokirni (barcha ismlar oʻzgartirilgan) oʻzining jirkanch ishlaridan lazzatlanishi ortidan mudhish jinoyatlarni sodir etaveradiganlar toifasidan, deb hech kim kutmagandi. U qoʻl urgan vahshiyliklar tafsilotini hikoya qilib berish oson emas.

Oqqoʻrgʻonlik bu yigit uch bolaning umriga zomin boʻlgani sababi asossiz gʻazab va nafrat xolos. Aslida esa uning qalbida mehr-oqibatning oʻzi yoʻq. Nihoyatda ogʻir oʻtgan sud jarayonlarida odam aqlbovar qilmas vahshiyliklariga iqror boʻlib, murgʻak qalb egalarini qay tarzda umriga zomin boʻlganligini aytib berganligini eshitishning oʻzi bir azob edi...

Oqqo'rg'onlik go'daklarning vahshiy qotilining iqrori

Birinchi qotillik 2010 yil iyun oyining oʻrtalarida sodir boʻlganda soat 10:30 edi. Zokirning ishga ketishiga yana bir soat vaqt bor. Uyida hech kim yoʻqligi uchun zerika boshlaydi. Vaqtni oʻtkazish maqsadida koʻchaga chiqadi. Mahallada esa hech kim yoʻq. Shu vaqtda uyining roʻparasidagi qoʻshnisi Alijon akaning uyidan 7 yoshdagi Sherzod ismli bola chiqib qoladi.

Bir paytlar qoʻshnisining “Ukam oilada yolgʻiz oʻgʻilsan, yoshing ham oʻtib borayapti, tezroq uylangin, shirin-shakar farzandlar quvonchidan ortiq baxt bormi dunyoda?!” degan gaplari yodiga tushadi. Oʻrinli aytilgan maslahatdan negadir gʻazabi chiqib ketadi. Qoʻshnisidan, ayniqsa uning begunoh farzandidan gʻazablanadi. Shu sabab uning oʻgʻlini oʻldirish orqali qoʻshnisiga azob-uqubat etkazishni oʻylaydi. Tezda Sherzodni aldab yoniga chaqiradi. Oʻyinqaroq bolakay chopqillab etib keladi. Unga yaxshi gapirib, momiqqina qoʻllaridan etaklagancha hovlisiga olib kiradi. Ayvon yoniga etganida toʻxtab, norasidaning yuziga zarb bilan toʻrt marta musht tushiradi. Ayovsiz zarbalar taʻsirida Sherzod chayqalib erga yiqiladi.

Shunda Zokir ayvonga ilib qoʻyilgan sochiqni olib, uni bor kuchi bilan boʻgʻib, 2-3 daqiqa ushlab turadi. Jajji oyoqlar jon talvasasida er tepina-tepina majolsizlanib boradi. Doʻmboqqina qoʻllar najot izlab, qotilning bilaklariga osiladi. Gul yuzli bolaning burnidan otilib oqayotgan qon vahshiyga lazzat bagʻishlaydi. Oxir-oqibat yovuz qoʻlida pitirchilagancha hayotdan koʻz yumadi.

Bolakayning oʻlganligiga ishonch hosil qilgach, uning murdasini koʻtarib, eski hojatxonaga egnidagi kiyimlari bilan birga tashlab yuboradi. Jinoyatini yashirish uchun uzun yogʻoch dastasi bilan uning murdasini ustidan bosib, axlat ichiga boʻktiradi. Soʻng hovliga chiqib, Sherzodning tuproqqa oqqan qoniga suv sepib, yuvib tashlaydi. Keyin hech nima boʻlmagandek yuz-qoʻlini yuvib, uy kiyimini almashtirib, koʻchaga chiqadi.

Bu payt soat 11 dan oshib qolgan edi. Bir ozdan soʻng avtobus kelib, u ishga ketadi. Oradan taxminan bir haftalar oʻtib, u murda tashlangan hojatxonani buzib, hovlining boshqa bir tomonidan boshqa yangi hojatxona quradi.

Zokir qoʻshnisining uyiga kirib, turli bahonalar bilan voqealar rivojini bilib turadi. Bu orada hatto qolgan ikki nafar farzandi bilan birga oʻyinqaroqlik ham qiladi. Vahshiy oʻzini fosh qilmaslikka urinib, qoʻshnisining uyida marhum norasidaning sunnat toʻyini tasviri tushirilgan videotasmani koʻrib oʻtirgan vaqtlarida farzandi tez orada topilishini aytib, ota-onani yupatgandek boʻladi.

Qotil qurbonining rasmlarini koʻrib oʻtirgan vaqtlarida ham seskanmaydi. Sherzodning uydagilari, mahalladagilar va huquq-tartibot idoralari xodimlari esa uni bedarak yoʻqolgan deb oʻylashganidan esa koʻngli toʻq, qabihligini esa oʻz-oʻzicha oqlab yuraveradi.

Ikkinchi vahshiylik esa 2014 yil avgust oyida sodir etiladi. Oʻz ishidan huzurlanish hadisini olgan yovuz koʻchadan chelakda suv olib kelayotganida, qoʻshnisi Shokir akaning 9 yoshdagi oʻgʻli velosiped minib, aylanib yurganligiga koʻzi tushib qoladi.

Oqqo'rg'onlik go'daklarning vahshiy qotilining iqrori

Alijon aka bergan maslahatni Shokir aka ham qoʻllab-quvvatlagan edi. U ham “Tezroq uylan, toʻy oshini eb, bir maza qilaylik”, degandi. Shu lahzada uning aytgan gaplari uchun Alijon akaga oʻxshab azob-uqubatda qolishini istaydi. Bu qoʻshnisini ham qiynalishini xohlab, bolasini oʻldirish orqali alamini olishni oʻylaydi.

Mudhish rejasini amalga oshirishga uyida hech kim yoʻqligi yana qoʻl keladi. Yon-atrofga qarasa mahallada ham biron-bir kishi yoʻq. Bu vaziyatdan tezroq foydalanish harakatiga tushib, bola bilan salomlashdi. Uni ham aldab uyiga olib kiradi. Borliqni imo-ishoralar orqali tushunadigan zabun bola tabassum ortiga yashiringan qabohatni seza olarmidi?!

Ular hovliga kirishganida qotil qoʻlidagi chelakni qoʻyib, qoʻllari bilan ishora qilgancha bolani hovlining ichkarisiga boshlab keladi. Tuzoqqa tushganini anglamagan bola koʻzi qonga toʻlib borayotgan vahshiyning ishorasidan velosipedini erga qoʻyadi. Buyruqni bajarishga ulgurmasdanoq yuziga tushgan zarbdan gandiraklab ketib, hovlidagi shagʻal ustiga yiqiladi. Boshi bilan toshga urilib jarohatlangan joydan qon oqa boshlaydi. Jon holatda baqirmoqchi boʻladi, lekin zabunlik unga pand beradi. Ovozi past, lekin shafqat tilagan ohangda chiqadi.

Shunda Zokir zudlik bilan uni boʻgʻib, bir oz ushlab turadi. Bola jon achchigʻida, qoʻllari bilan erni tirnashga tushadi. Koʻzlarini ochib-yumgancha ayanchli xirillay boshlaydi. Boʻgʻiq ovoz asta soʻnib, koʻzlarini yumadi. Tananing qimirlamay qolganidan uning oʻlganligiga ishonch hosil qilib, murdasini ikkinchi hojatxona tomon sudrab ketadi. Bolaning murdasini ustidagi kiyimlari bilan birga hojatxona chuquriga tashlab yuboradi. Bu hojatxona avvalgisidan chuqurroq boʻlganligi sababli, murda axlat ostiga koʻmilib ketadi. Tanani axlat tashqarisiga chiqib, koʻrinib qolmasligini oldini olish niyatida ustidan tuproq tashlaydi.

Oʻz ishini imi-jimida tugatganidan kayfiyati chogʻ boʻlib, hovliga chiqadi-da uning velosipedini yashirib qoʻyadi. Keyin odatdagidek, yuz-qoʻllarini yuvib, uyga kirib xotirjam televizor tomosha qila boshlaydi.

Uchinchi jinoyat esa oradan 3 yil oʻtib, yaʻni 2017 yilning 28 noyabr kuni sodir etiladi. Oʻsha kuni u yana uyda yolgʻiz oʻzi qoladi. Soat 11:30 da u tomorqada koʻlida ketmon bilan ariq ochayotgandi. Shundoqqina, bir devor bilan toʻsilgan yon qoʻshnisi Zafar akaning 3 yoshdagi oʻgʻli Olimjon uning yoniga kelib qoladi. Jajji shirin, endigina tili chiqqan bola uning harakatlarini hayrat va qiziqish bilan tomosha qiladi. Hayajonlanib tikilayotgan munchoq koʻzlari, oʻziga yarashgan kokilini koʻrgan qotilning yodiga yana oʻsha suhbat tushadi.

Zokirni tezroq uylanishi kerakligi haqidagi maslahatlarni Zafar aka ham aytgandi. Shuning uchun ham undan oʻch olish maqsadida qoʻlidagi ketmonning orqa qismi bilan Olimjonning boshiga kuchli bir zarb bilan uradi. Kutilmaganda berilgan zarba natijasida Olimjon erga yiqilganicha qoʻl va oyoqlari achinarli bir ahvolda titray boshlaydi.

Uning boshidan oqayotgan qondan lazzatlanayotgan yovuz “Olimjon, bolam, qanisan?” deb mehr bilan oʻz bolasini chaqirayotgan onaning ovozini eshitib qoladi. Darhol bolani hovlidagi omborxonaga olib kirib yashirib qoʻyadi. Bu payt murgʻak goʻdakning joni hali uzilmagan edi. Koʻzmunchoq taqilgan doʻmboqqina qoʻllarini qimirlatib yashashga, tirik qolishga intilayotgandi.

Oqqo'rg'onlik go'daklarning vahshiy qotilining iqrori

Buni koʻrgan vahshiy esa uni tezda boʻgʻishga kirishadi. Biroz vaqt oʻtib qoʻllarini olganida esa uning boshi qimirlagandek tuyuladi. Shunda tezda ketmonni qoʻliga olib, yana bir necha marotaba goʻdakning boshiga zarb bilan uradi.

Bu orada hovlining pastki qismidan qoʻshni ayolning “Zokir” degan ovozini eshitadi. U indamasdan, omborxonadan chiqmay, yashirinib turadi. Bir ozdan soʻng qoʻshni ayol, yaʻni Olimjonning onasi koʻcha tomondan chaqira boshlaydi.

Shunda u uning oldiga chiqadi. Qoʻshnisi undan “Chaqirsam chiqmadingiz, qaerda edingiz? Olimjonni koʻrmadingizmi?” deb soʻraydi. U unga javoban “Uxlab yotuvdim, chaqirganingizni eshitmabman, Olimjonni koʻrganim yoʻq” deydi oʻzini xotirijam tutib.

Shundan soʻng ayol mahallaning pastki tomoniga farzandini izlab ketadi. U esa hovliga qaytib kirib, axlat tashlash uchun moʻljallangan chuqurni beli baravarida kovlab, tezda bola murdasini ustidagi kiyimlari bilan birga oʻsha erga koʻmib tashlaydi.

Bir ozdan soʻng qoʻshnisining uyiga chiqadi. Uning ortidan farzandidan xavotir ola boshlagan ona bir ahvolda kirib keladi. Unga “Oʻgʻlim Olimjon yoʻqolib qoldi” deb, yana koʻchaga yugirib chiqib ketadi. Zokir ham uning ortidan koʻchaga chiqadi. Shunda ayol turmush oʻrtogʻiga qoʻngʻiroq qilib olish uchun undan telefonini berib turishini soʻraydi.

Hech nimani bildirmaslikka urinayotgan vahshiy esa telefonining puli yoʻqligini unga aytadi. Shu payt koʻchada qoʻshni Rahima ismli onaxon ularning oldilariga kelib qoladi. Koʻngli notinch ona Rahima xolaga ham oʻgʻli Olimjonni yoʻqolib qolganligini yigʻlamsirab aytib beradi.

Oqqo'rg'onlik go'daklarning vahshiy qotilining iqrori

Shunda u ayoldan turmush oʻrtogʻiga qoʻngʻiroq qilib olish uchun telefonini berib turishini soʻragan vaqtida qotil yigit “Zafar akani yangi telefon raqamini bilaman, oʻzim telefon qilib beraman” deb, Rahima xolaning telefonini qoʻlidan tezda oladi.

Ayni shu vaqtda u oʻz jinoyatini fosh qiladigan harakatlarni bexosdan sodir qilganligini sezmay qoladi. Telefon raqamini tera boshlaganda, qilib qoʻygan ishilardan xavotirlangani sabab qoʻllari titrab, qaltirashdan toʻxtamaydi. Raqamlarni tera olmayotganini koʻrgan Rahima xola unga qaltiramasligini, tezroq qoʻngʻiroq qilib berishini aytadi.

Shu daqiqada u ruhiy holatini yashirishga zoʻr berib telefon apparatini qaytarib berishni soʻraganida ham uni bermaslikka urinadi. Yovuz qotil ularni shubhalanmasliklari uchun oʻzini raqamlarni terganday qilib koʻrsatib, telefonni bir oz qulogʻiga tutgancha ushlab turadi. Bir oz vaqt oʻtib hech kim javob bermayotganligini aytib, telefonni egasiga qaytarib beradi.

Oʻzining holatini oqlashga harakat qilib Zafar akaga qoʻngʻiroq qilayotgani, lekin u javob bermayotgani, agar ishxonaga kirib ketgan boʻlsa, telefonni oʻchirib qoʻygan boʻlishi mumkinligini, qolgan sheriklari ham telefonlariga javob bermayotganliklarini aytadi. Shunda qoʻshni ayol unga eʻtiroz bildirib, “Akangiz hali ishxonaga etib bormagan, uzr sizni ham yoʻldan qoldirdim”, degancha oʻgʻlini izlab Rahima xola bilan birgalikda mahalla boshi tomonga yurib ketishadi.

Bolalar yoʻqolishi bilan bogʻliq uchinchi holat mahalladagilarni nihoyatda vahimaga solib qoʻyadi. Tezda bu haqda tuman IIBga murojaat qilinadi. Mana shunda koʻpni koʻrgan, hayotda boy tajriba orttirgan Rahima ismli onaxon mudhish voqea sodir boʻlgan kundagi Zokirning raqam terayotgan vaqtidagi holatini eslab, undan shubhalanganligini ichki ishlar xodimlariga birma-bir aytib beradi...

Oqqo'rg'onlik go'daklarning vahshiy qotilining iqrori

Balki, siz bu vahshiy qotilning iqroridan uni aqli zaif boʻlsa kerak, degan xayolga borgandirsiz? Yoʻq, aslo unday emas! Aksincha, u sogʻlom aql egasi. Buni shu haqda sud-tibbiy ekspertiza natijalari ham tasdiqlab turibdi.

Binobarin, aqli joyida boʻlgani uchun ham sud jarayonlarida ashyoviy dalillarni olish, hovlisidan bolalarning jasadi topilgani toʻgʻrisidagi tasvirlar tushirilgan videotasmani sud muhokamasida koʻrgan vaqtida mudhish jinoyatining ruhiy azobi taʻsiridan bir necha bor tobi qochib qoldi.

Vahshiy qotil oʻz iqrorlarini yakunlar ekan, oxirgi vaqtlarda ruhan mislsiz azoblardan qiynalayotganligini, hattoki tushlarida uch begunoh goʻdaklarning unsiz nolalarini koʻrib chiqayotganligini, yolgʻiz qolganda esa koʻziga ularning ruhi koʻrinib, qattiq bezovta boʻlayotganini aytdi.

Oqqo'rg'onlik go'daklarning vahshiy qotilining iqrori

Hayot qonunlari adolatli – jinoyatni jazosiz qolishiga imkon bermaydi. Zokir qoʻl urgan vahshiylikning uzluksiz uqubatlari, ruhiy azobi uni oʻz aybiga iqror boʻlishga majbur qildi.

Insondagi zoʻravonlik, oʻz hovurini bosishdan qoniqish hissi hamisha yashirin boʻlib kelgan. Oʻzining jirkanch ishlaridan lazzatlanishga moyillik oxir-oqibat insoniylik yoʻqolishiga, vahshiylikni kuchayishiga olib kelishini mana shu jinoyat misolida yanada teranroq anglaymiz.

Shu bois bir-birimizga nisbatan mehr-oqibat bor ekan uning betakror moʻjizasi hayotimizga yangicha mazmun baxsh etib boraveradi.

Dilshod TOJIBOYEV

Jinoyat ishlari boʻyicha
Toshkent viloyat sudi raisi

О программе Қобилжон Атаханов

4 комментария

  1. Comment Test

    I care. So, what do you think of her, Han? Don’t underestimate the Force. I don’t know what you’re talking about. I am a member of the Imperial Senate on a diplomatic mission.

    • Comment Test 2

      I care. So, what do you think of her, Han? Don’t underestimate the Force. I don’t know what you’re talking about. I am a member of the Imperial Senate on a diplomatic mission.

      • Comment Test 3

        I care. So, what do you think of her, Han? Don’t underestimate the Force. I don’t know what you’re talking about. I am a member of the Imperial Senate on a diplomatic mission.

  2. Comment Test again

    I care. So, what do you think of her, Han? Don’t underestimate the Force. I don’t know what you’re talking about. I am a member of the Imperial Senate on a diplomatic mission.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *