Последние новости
Tinchlik - eng oliy ne’mat-mini
Домой » YANGILIKLAR » O'ZBEKISTON » ​Tinchlik - eng oliy ne’mat

​Tinchlik - eng oliy ne’mat

Tinchlik qaror topgan yurtda xotirjamlik hukm suradi, jamiyatda har tomonlama yuksalish va rivojlanish ro‘y beradi. Odamlarning o‘zaro bir-birlariga bo‘lgan ishonch va sadoqatlari, mehr-muruvvatlarining samimiy bo‘lishi ham asosan yurt tinchligining samarasidir.

Agar istiqlolning o‘tgan qariyb yigirma uch yiliga nazar tashlasak, poytaxtimiz, viloyatlar markazlari, shahar, qishloqlarimiz, hatto eng chekka hududlarda ham katta o‘zgarishlar ro‘y berganiga guvoh bo‘lamiz. Bu ne’matlarga chin ma’noda shukrona qilish va ularning qadriga yetish kerak. 

Tinchlik qaror topgan yurtda xotirjamlik hukm suradi 

 

Bugungi kunda xalqaro ahvolning tez o‘zgaruvchanligi, dunyoning turli nuqtalarida yuz berayotgan noxush voqealar har birimizdan ogoh bo‘lib yashashni, tinch­likni qadrlash, himoya qilish, uning uchun kurashishni talab etmoqda.

Ma’lumki, insoniyat hayoti davomida turli mafkura va maslaklar o‘rtasidagi ziddiyat va qarama-qarshiliklarni boshidan kechirgan. Buning oqibatida o‘zaro kelishmovchiliklar, notinchliklar yuzaga kelib turgan. Tarixga nazar tashlansa, hamma davrda ham davlatning rivojlanishi, taraqqiy topishi jamiyatning farovon va osoyishta hayot kechirishiga bog‘liqligi ayon bo‘ladi.

Tinchlik - eng oliy ne’mat-1  

Shuning uchun xalqimizni turli g‘oyaviy tahdidlardan asrash, ayniqsa, yoshlarda mafkuraviy immunitet hosil qilish, uni yanada mustahkamlash, turli vositalar orqali qadriyatlarimiz va milliy-diniy an’analarimiz, mentalitetimizga yot bo‘lgan tushuncha va g‘oyalarning kirib kelishi, tarqalishiga to‘sqinlik qilish barchamizning insoniy burchimizdir.

Shuni unutmaylikki, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish, yoshlarimizni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, yurtdoshlarimizning hayotga ongli munosabatini shakllantirish, yon-atrofda yuz berayotgan voqealarga daxldorlik hissini oshirish, mamlakatimiz mustaqilligi, tinch va osoyishta hayotimizga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan kuchlarga qarshi izchil kurash olib borish vazifasi hech qachon o‘z dolzarbligini yo‘qotmaydi. 

Oila mustahkamligi - Vatan osoyishtaligi 

 

Birinchi navbatda, yoshlar tarbiyasiga alohida ahamiyat berishimiz lozim. Chunki ko‘pincha, hayotiy tajribasi va bilimi kam, dunyo voqealaridan bexabar yoki noto‘g‘ri, ishonchsiz ma’lumotlarga ega, shaxsiy nuqtai nazari va qarashi shakllanib ulgurmagan yoshlar axborot va mafkuraviy kurashlar ta’siriga tushadilar.

Одоб энг улуғ мерос бўлиши шарт-2  

Shuning uchun ham har bir o‘g‘il-qiz ongiga, avvalo, Vatani va oilasi oldidagi mas’uliyat hissini singdirishga, ularni insonparvarlik va ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashga ustuvor vazifa sifatida qarashimiz kerak. Shu bilan birga, yana bir muhim masala — oila mustahkamligini saqlashdir. Zero, oila mustahkamligi zamirida Vatan osoyishtaligi mujassam. Farzandlari bilimli, imonli, mehrli, oqibatli, dunyo tanigan, yurtga fidoyi bo‘lgan oila qasri hech qachon buzilmaydi. 

Jannatmakon yurtimizda tinchlik-osoyishtalik barqaror 

 

Alloh taolo bandalarini o‘zaro ittifoqlikda, ahillikda, tinchlik-omonlikda yashashga da’vat etib: “Agar mo‘minlardan ikki toifa o‘zaro urushib qolsalar, darhol ular o‘rtasini isloh etingiz!”. (Hujurot, 9) degan insonparvarlik tamoyilini yaratishga chaqiradi.

Tinchlik - eng oliy ne’mat-4  

Jannatmakon yurtimizda tinchlik-osoyishtalik barqarorligini ta’minlash yo‘lida davlatimiz tomonidan katta ish olib borilayotgani bizning baxtimizdir. Shunga ko‘ra biz ham tinch, osoyishta va farovon hayotning qadriga yetish, bu farovonlik, osuda turmushimizning barqarorligini ta’minlashlikda o‘z hissamizni qo‘shmog‘imiz lozim. Bu orqali turmushimiz farovonligiga erishamiz.

Xulosa shuki, jamiyatimizda yashayotgan kishilarga dinimizni musaffo holda yetkazish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ularni biz uchun yot bo‘lgan g‘oyalar ta’sirlaridan himoya qilish, yoshlarni o‘z qat’iy qarashlari va e’tiqodiga ega, ma’naviy barkamol etib tarbiyalash har birimizning insoniy burchimiz ekanligini hech qachon unutmasligimiz zarur.

Muallif: Sirojiddin Jahonov,

Xoja Buxoriy nomli islom bilim yurti o‘qituvchisi.

Agar Sizga maqolada yoritilgan mavzu qiziqarli bo‘lsa, ushbu sohaga bag‘ishlangan sahifada yoki navbatdagi maqola bilan mana bu joyda tanishib chiqishingiz mumkin.

Ushbu web-sayt ma’muri, maqolalarning muallifi hamda oddiy bir inson sifatida Sizga va oilangizga Allohdan, sihat-salomatlik, tinchlik va hotirijamlik, baxtli hayot kechirish hamda boshlagan ezgu ishlaringizda omad nasib etishini chin dildan tilab,

Hurmat va ehtirom ila, Qobiljon Ataxanov 

P.S. Maqola Sizga manzur kelgan bo‘lsa, iltimos, quyidagi tugmalardan birini bosib yaqinlaringiz bilan o‘rtoqlashing! Agar maqolaga munosabat bildirib, o‘z sharhingizni yozib qoldirsangiz bag‘oyat hursand bo‘laman va oldindan minnatdorchiligimni izhor qilaman!

О программе Қобилжон Атаханов

Смотрите также

Paqildoq - taqiqlangan, ammo istalgancha bor

Paqildoq - taqiqlangan, ammo istalgancha bor

Salom, aziz do’stlar hamda muhlislar! Sizlar bilan LiveJournal.Uz nomli men uchun ardoqli bo’lgan shaxsiy web-saytim sahifalarida nashr …

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *