Последние новости
Домой » YANGILIKLAR » IQTISOD » Paqildoq - taqiqlangan, ammo istalgancha bor
Paqildoq - taqiqlangan, ammo istalgancha bor

Paqildoq - taqiqlangan, ammo istalgancha bor

Salom, aziz do’stlar hamda muhlislar! Sizlar bilan LiveJournal.Uz nomli men uchun ardoqli bo’lgan shaxsiy web-saytim sahifalarida nashr qilinayotgan navbatdagi maqolada yana bir bor uchrashib turganimdan beihtiyor mamnunman!

“Nega boshqalarga mumkin-u, menga mumkin emas?”

“Nega boshqalarga mumkin-u, menga mumkin emas? Axir, o‘rtoqlarimni hech kim urishayotgani yo‘q-ku!” Norozi bo‘lib, hovlini boshiga ko‘tarayotgan jiyanimni tinchlantirdim-da, onasining nimadan jig‘ibiyron bo‘layotganini so‘radim.

Onasining aytishicha, jiyanim tushlikka deb berilgan pulni yig‘ib, qayerdandir paqildoq sotib olibdi... I-e, axir buning savdosi qonun bilan taqiqlangan-ku! Qayerdan sotib oladi? Surishtirsam, bolalar paqildoqlarni maktab atrofidagi pista-qurut sotuvchi baqqoldan olayotganmish...

Har yili Yangi yil bayrami oldidan mutasaddi tashkilotlar tomonidan aholi orasida pirotexnika vositalarini mamlakatimiz hududiga olib kirish, ushbu turdagi mahsulotni ishlab chiqarish, savdosi bilan shug‘ullanish kabi holatlar qonun bilan chegaralangani, bunday ishga qo‘l urgan shaxslar javobgarlikka tortilishi xususida tushuntirish ishlari olib boriladi.

Afsuski, ko‘ngilsiz oqibatlarga, ayrim hollarda hatto, inson hayotiga zomin bo‘lishgacha bo‘lgan salbiy holatlarni keltirib chiqaradigan bunday vositalar bilan bog‘liq noqonuniy xatti-harakatlar hali-hanuz uchramoqda.

Paqildoq - taqiqlangan, ammo istalgancha bor  

Davlat bojxona qo‘mitasi xabarlarida

Davlat bojxona qo‘mitasi xabariga qaraganda, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida respublikamiz bojxonachilari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda aniqlangan 62 ta qonunbuzarlik holatida qiymati 294 million so‘mdan ortiq 37,1 ming dona pirotexnika vositasining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yilgan.

Demak, pirotexnika vositalarini yurtimiz hududiga olib kirishga urinishlar ortmoqda. Nega? Bolalar-ku, buning ayanchli oqibatini fahmlamay, o‘yinqaroqlik qilar. Ammo kattalar-chi? Axir, ular paqildoqning talafotini yaxshi anglaydi-ku! Aslida bunday vositalar yurtimizga qanday yo‘llar bilan olib kelinyapti? Ko‘cha-ko‘yda yashirib paqildoq sotayotgan ba’zi nopok kimsalarga qarshi biror chora ko‘rilyaptimi?

Ayni paytda yurtimiz hududiga sifat va xavfsizlik standartlariga javob bermaydigan maishiy pirotexnika vositalari kirib kelishining oldini olish bo‘yicha bojxonachilar tomonidan doimiy tezkor tadbirlar olib borilmoqda, - deydi Davlat bojxona qo‘mitasi Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi bosh inspektori Husan Tangriyev.

Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Keles temir yo‘l chegara-bojxona postida Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita xodimlari bilan hamkorlikda respublikamizga qo‘shni davlatdan kirib kelgan yuk poyezdi vagonlarini bojxona ko‘rigidan o‘tkazish davomida yirik miqdordagi pirotexnika vositalarining noqonuniy olib kirilishi oldi olindi.

Paqildoq - taqiqlangan, ammo istalgancha bor  

Tezkor tadbir davomida vagonlarga yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlarida umuman qayd etilmagan 822 kilogramm og‘irlikdagi pirotexnika vositalari ortilgani ma’lum bo‘ldi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi Dout-ota chegara-bojxona posti orqali qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro Q.L.ga tegishli yuklar nazorat-rentgen apparati ko‘magida ko‘zdan kechirilganida, ushbu shaxs yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatmay hamda bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi vaqtida ma’lum qilmasdan turib, 3 turdagi va 5,4 kilogramm og‘irlikdagi 43 dona pirotexnika vositalarini olib kirishga uringani fosh bo‘ldi.

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Sirdaryo” chegara-bojxona postida esa, qo‘shni davlatdan piyoda kirib kelgan fuqaro M.A.ning xatti-harakatlari bejiz shubha uyg‘otmagan ekan. Ushbu shaxs xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganida kiyimlari ostidan 400 dona pirotexnika vositasini yashirgancha olib kirayotgani aniqlandi.

Ha, Yangi yil bayrami yaqinlashgan sayin paqildoqlarning yashirin sotuvini qizitish, shu orqali mo‘may pul ishlab olishga urinishlar bo‘ladi. O‘zgalar farzandining hayotini sariq chaqaga olmasdan, o‘z nafsini o‘ylaydigan bunday kimsalarga qarshi jiddiy kurashmoq kerak. Bolalarimiz sog‘lig‘i, hayoti xavfsizligiyu bayramning osoyishta o‘tishi barchamiz uchun muhim.

Ushbu web-sayt ma’muri, maqolalarning muallifi hamda oddiy bir inson sifatida Sizga va oilangizga Allohdan, sihat-salomatlik, ulkan baxt, tinchlik va hotirijamlik hamda boshlagan ezgu ishlaringizda omad nasib etishini chin dildan tilab,

Hurmat va ehtirom ila Qobiljon Ataxanov

P.S. Maqola Sizga manzur kelgan bo'lsa, iltimos, quyidagi tugmalardan birini bosib yaqinlaringiz bilan o'rtoqlashing! Agar maqolaga munosabat bildirib, o'z sharhingizni yozib qoldirsangiz bag'oyat hursand bo'laman. Oldindan o'z minnatdorchiligimni izhor qilaman!

О программе Қобилжон Атаханов

Смотрите также

YANGI YUK MASHINASI

YANGI YUK MASHINASI

MSV avtomobili (g‘ildiraklar formulasi 8 x 8) «Armor xoldings» kompaniyasi mutaxassislari tomonidan «Umumqo‘shin yuk avtomobillari» …

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *