Последние новости
Adolat ustun bo‘lgan yurtda fayzu baraka bo‘ladi
Домой » YANGILIKLAR » JAMIYAT » Adolat ustun bo‘lgan yurtda fayzu baraka bo‘ladi

Adolat ustun bo‘lgan yurtda fayzu baraka bo‘ladi

Yurtimizda xalq bilan muloqot qilish, odamlar dardu tashvishi, orzu- niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojini yaqindan bilish umummilliy harakatga aylanayotgani nihoyatda quvonarlidir. Tabiiyki, bu biz, deputatlarning ham eng muhim vazifalarimizdan hisoblanadi.

Shu ma’noda, xalq vakillari, eng avvalo, odamlar manfaatlarini ko‘zlashi, boshqacha aytganda, xalqning dardi bilan yashamog‘i ayni zaruratdir. O‘z navbatida, deputatlarning xalq orasiga kirib borishi qonunlarda aholining xohish-irodasi to‘la aks etishiga va pirovardida ularning xalqchil bo‘lishiga zamin yaratadi.

Davlatimiz rahbarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqida ham keng ko‘lamli siyosiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlar yo‘lini og‘ishmasdan, qat’iy va izchil davom ettirishga qaratilgan nihoyatda ko‘p qirrali, o‘ta muhim ustuvor vazifalar ilgari surildi hamda ularni amalga oshirishda davlat va jamoat tashkilotlari qatorida, siyosiy partiyalar va deputatlik korpusi ham faol ishtirok etishi zarurligi ta’kidlab o‘tildi. Bu bejiz emas, albatta. Zero, har qanday davlatning nechog‘li rivoj topganligi xalqining farovonligi darajasiga qarab belgilanadi.

Adolat ustun bo‘lgan yurtda fayzu baraka bo‘ladi-2  

Prezidentimiz ilgari surgan g‘oyalar, ya’ni xalq bilan yaqin bo‘lish, uning dardini eshitish qanchalik zarurligini bugungi kunda har qanday inson yaxshi tushunadi. Ushbu g‘oyalarni amaliyotga izchillik bilan tatbiq etishda deputatlar ham faollik ko‘rsatishi kerakligini hayotning o‘zi taqozo qilmoqda.

Bundan kelib chiqadigan dolzarb vazifalar talaygina. Jumladan, bu boradagi qonunchilikni bugungi kun talablari darajasida takomillashtirish, amaldagi qonunlarning ijrosi yuzasidan samarali parlament nazoratini yo‘lga qo‘yish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning aholi turmush farovonligini yanada yuksaltirishdagi o‘rni va ta’sirini bevosita joylarga chiqib, saylovchilar hamda elektorat bilan muloqotlar o‘tkazish orqali o‘rganish biz, xalq vakillarining birinchi galdagi vazifasi, desak, ayni haqiqat.

Shu o‘rinda mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan maxsus chora-tadbirlar ishlab chiqilayotganligini ham aytish joiz.

Adolat ustun bo‘lgan yurtda fayzu baraka bo‘ladi-1  

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida xalqimiz hamma narsadan ustun qo‘yadigan adolat tamoyilini hayotda keng qaror toptirishni birinchi darajali vazifa sifatida qayd etib, jamiyatda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo, albatta, muqarrar ekanligiga oid qonun talablarini amalda ta’minlash yuzasidan qat’iy choralar ko‘rish zarurligiga barchamizning e’tiborimizni qaratdi.

Darhaqiqat, shundagina jamiyatda adolat qaror topadi, odamlar rozi bo‘ladi. Binobarin, azaldan insonlarning eng katta va ezgu orzu-niyatlari, maqsadlari hayotda adolat o‘rnatish, adolat hukmronligini jamiyat va o‘z hayotida ko‘rish, haqiqat tantanasi uchun kurashdan iborat bo‘lgan. Adolat ustun joyda ish yurishadi, yurtda fayzu baraka, odamlarda mehr-oqibat ustuvorlik kasb etadi.

Adolat ustun bo‘lgan yurtda fayzu baraka bo‘ladi-3  

Ushbu hayotiy haqiqatdan kelib chiqib, qonun ijodkorligi bilan bog‘liq faoliyatimizda mazkur masalaga alohida yondashamiz. Ana shunda biz o‘z oldimizga qo‘ygan ulug‘vor vazifa, ya’ni qonunlarga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurish maqsadimizga erishamiz. Binobarin, adolat har qanday huquqiy demokratik jamiyatning eng muhim belgilaridandir.

Umuman olganda, demokratik hamda insonparvar jamiyat qurish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, yurtimiz iqtisodiy salohiyatini, aholi turmush darajasini yanada yuksaltirish biz amalga oshirayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Bunga, albatta, birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz orqali erishamiz. Bunda biz, xalq vakillari tashabbuskor bo‘lishimiz, alohida namuna ko‘rsatishimiz ayni muddaodir.

Muharram Dadaxo‘jayeva,

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati

Agar Sizga maqolada yoritilgan mavzu qiziqarli bo‘lsa, ushbu sohaga bag‘ishlangan sahifada yoki navbatdagi maqola bilan mana bu joyda tanishib chiqishingiz mumkin.

Ushbu web-sayt ma’muri, maqolalarning muallifi hamda oddiy bir inson sifatida Sizga va oilangizga Allohdan, sihat-salomatlik, tinchlik va hotirijamlik, baxtli hayot kechirish hamda boshlagan ezgu ishlaringizda omad nasib etishini chin dildan tilab,

Hurmat va ehtirom ila, Qobiljon Ataxanov

P.S. Maqola Sizga manzur kelgan bo‘lsa, iltimos, quyidagi tugmalardan birini bosib yaqinlaringiz bilan o‘rtoqlashing! Agar maqolaga munosabat bildirib, o‘z sharhingizni yozib qoldirsangiz bag‘oyat hursand bo‘laman va oldindan minnatdorchiligimni izhor qilaman!

О программе Қобилжон Атаханов

Смотрите также

Sudyalar-korpusini-ochiq-va-shaffoflikda-shakllantirish-1

Sudyalar korpusini ochiq va shaffoflikda shakllantirish

Asosiy vazifamiz – ochiq va shaffof tanlov asosida sudyalar korpusini eng malakali va mas’uliyatli sudyalardan …

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *