Последние новости
Putin maslahatchisining oʻgʻli tojik xizmatchisiga uylanmoqchi
Домой » YANGILIKLAR » JAHON » Putin maslahatchisining oʻgʻli tojik xizmatchisiga uylanmoqchi

Putin maslahatchisining oʻgʻli tojik xizmatchisiga uylanmoqchi

Rossiya prezidenti maslahatchisi Sergey Glazevning oʻgʻli va tojikistonlik uy xizmatchisi oʻrtasidagi muhabbatni Rossiya axborot vositalari “Ming bir kecha” ertaklaridagi Shahrizoda hikoyasiga qiyosladi.

Yuriy mansabdor otasining qarshiligiga qaramay, sevganiga uylanmoqchi

Rossiyadagi REN TV xabariga koʻra, Rossiya prezidenti maslahatchisi, iqtisodchi Sergey Glazevning oʻgʻli Yuriy Glazev yuqori mansablarda ishlaydigan ota-onasi bilan senu-menga borgan va ularning oʻzaro munosabatlari muhabbat bois jiddiy sovuqlashib ketgan.

Putin maslahatchisining oʻgʻli tojik xizmatchisiga uylanmoqchi  

Yuriy Glazevning ota-onasi bilan kelishmay qolish sababi, uning vaqtincha saqlash izolyatorida qolayotgan tojikistonlik uy xizmatchisini yaxshi koʻrib qolganligi bilan izohlanmoqda.

31 yoshli Yuriy Glazevning mahbubasi, tojikistonlik Feruza Savushkina odam oʻldirish bilan tahdid qilganlikda ayblanmoqda. Rossiya prezidenti maslahatchisining homilador kelini Moskvadagi Solnechnogorsk shahar sudi qarori bilan hibsga olingan.

Bu toʻqilgan, yoʻq joydan oʻylab chiqarilgan ayblov

Tergov versiyasiga koʻra, 31 yoshli Feruza Savushkina oʻz vatandoshi va hamkasbi Dilafroʻz Mirzoevaga oʻldirish bilan tahdid qilgan. Biroq Yuriy Glazev bu ayblovning asossiz ekanligini va otasi shu yoʻl bilan ularning toʻyiga toʻsqinlik qilmoqchi ekanligini aytadi:

“Aslida bu toʻqilgan, yoʻq joydan oʻylab chiqarilgan ayblov. Mening fuqaroviy xotinim bilan onam hech chiqishmasdi. Feruza uyda paydo boʻlgan birinchi kundan boshlab uni sigʻdirishmadi va nafrat bilan muomalada boʻlishdi. Feruza esa hamma ishda yordam berar, onamga yaxshi gapirar edi. Lekin munosabatlar kun sayin yomonlasha boshladi”, deydi Yuriy Glazev.

Yuriyning aytishicha, uning ota-onasi Feruzaning “suyuqoyoq” va “mol-mulkni oʻzlashtirmoqchi” ekanligini iddao qilib, u haqida doim yomon gaplar aytib kelgan:

“U vos-vos boʻlib qolgan, goʻyoki Feruza meni oʻldirib mol-mulkimga ega boʻlarkan va hokazo”, deydi Yuriy onasi haqida.

Yuriyning soʻzlariga koʻra, bundan avval Feruzani Rossiyada qolish muddatini uzaytirmagani uchun ayblashgan:

“Uning Rossiyada tugʻilgan farzandi borligiga qaramay, 10 yil muddatga deportatsiya qilish haqida qaror chiqarishdi. Lekin Feruza bu qarorni bekor qilishga muvaffaq boʻldi”, deydi Yuriy Glazev.

Yuriyning taʻkidicha, uning fuqaroviy xotini va Dilafroʻz Mirzoeva orasida shunchaki maishiy asosdagi mojaro boʻlgan, ammo shu mojaro bahonasida Feruzani hibsga olishgan. Feruza Savushkina bir yarim oydan buyon hibsda qolmoqda.

Putin maslahatchisining oʻgʻli tojik xizmatchisiga uylanmoqchi  

Yuriy bu ayblov bilan hech qachon murosa qila olmasligi va oxiriga qadar fuqaroviy xotinini himoya qilishini aytadi:

“Qanday yoʻl bilan, qanday usul bilan boʻlmasin men uni himoya qilaman”, deydi Yuriy Glazev.

Yuriy Glazev “Ekstrenniy vizov” programmasi muxbirlari guvohligida mansabdor otasi bilan telefonda suhbatlashdi. Sergey Glazev bu payt Malayziyada xizmat safarida boʻlgani bois uzoq gaplasha olmasligi va Feruzani ozod qilish uchun qoʻlidan kelgan ishni qilishini aytib, oʻgʻlini ishontirmoqchi boʻlgan.

Feruza Savushkina Yuriy Glazevdan avval boshqa bir rossiyalikka turmushga chiqqan va undan Polina ismli qizi bor.

53 yoshli Sergey Glazev Zaporoje shahrida tugʻilgan. 1983 yilda Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetini ekonomist-kibernetik ixtisosi boʻyicha tugatgan. 1990 yilda doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. 2008 yildan buyon Rossiya FA akademigi. 2012 yilning 28 iyulida Rossiya, Belarus, Qozogʻiston bojxona ittifoqi doirasidagi integratsion loyihalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha Rossiya prezidentining maslahatchisi etib tayinlangan.

О программе Қобилжон Атаханов

Смотрите также

YANGI YUK MASHINASI

YANGI YUK MASHINASI

MSV avtomobili (g‘ildiraklar formulasi 8 x 8) «Armor xoldings» kompaniyasi mutaxassislari tomonidan «Umumqo‘shin yuk avtomobillari» …

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *