Последние новости
“SORA” - AVTOMATIK TIZIMLI TEXNIKA
Домой » YANGILIKLAR » TEXNOLOGIYA » AVTO - MOTO » “SORA” - AVTOMATIK TIZIMLI TEXNIKA

“SORA” - AVTOMATIK TIZIMLI TEXNIKA

«Sora» (Sora) deb nomlangan 12 mm.li o‘ziyurar gaubitsa Serbiya harbiy-texnika instituti mutaxassislari tomonidan D-30J rusumli (Rossiyada ishlab chiqarilgan) shatakka olinuvchi gaubitsaning tebranuvchi qismidan foydalangan holda yaratilgan.

To‘p o‘ta qiyin yo‘llardan ham yura oladigan FAR 2026 rusumli avtomobil (g‘ildiraklar formulasi 6 x 6) shassisiga o‘rnatilgan. Gaubitsa avtomatik o‘qlash tizimiga ega. Avtomat to‘pdagi o‘q solinadigan qismning har ikki tomonidagi 2 ta barabanga joylashtirilgan oltita o‘q (snaryad va zaryad)dan foydalanadi (snaryad – o‘ng tomonda, zaryad – chap tomonda).

O‘qlash tizimining avtomatlashtirilishi sababli to‘p hisobi (raschyoti) ikki kishigacha qisqartirilgan (standart holatda uch kishidan iborat bo‘ladi). O‘t ochishni boshqarish tizimi o‘q uzishni 3-4 daqiqa oraliqdagi sikl bilan olib borish imkonini beradi: - mashinani to‘xtatish va to‘pni poxod holatidan jangovar holatga o‘tkazish uchun 90 soniya, oltita snaryadni otish uchun 60 soniya va to‘pni qayta poxod holatiga o‘tkazish uchun yana 60 soniya talab etiladi. Gaubitsaning jangovar komplekti 40 ta snaryaddan iborat bo‘lib, ular kuzovda jihozlangan stellajlarga joylashtirilgan.

«Sora» inersial va yo‘ldosh orqali navigatsiya tizimiga ega. Muayyan pozitsiyada o‘t ochishni boshqarish masofadan (mashinadan 200 metr uzoqlikdan) amalga oshirilishi mumkin.

O‘ziyurar gaubitsaning jangovar og‘irligi 18 tonna (jangovar komplekt bilan birgalikda), yonilg‘i bo‘yicha yurish zaxirasi 50 km.ni tashkil etadi. «Sora» birinchi marta 2013 yilda Belgrad shahrida bo‘lib o‘tgan «Partnyor – 2013» nomli xalqaro qurol-yarog‘ va harbiy texnika ko‘rgazmasida harbiy mutaxassislar e’tiboriga havola etilgan.

Ushbu web-sayt ma’muri va muallifi hamda oddiy bir inson sifatida Sizga Allohdan, sihat-salomatlik, tinchlik va hotirijamlik hamda boshlagan ezgu ishlaringizda omad nasib etishini chin dildan tilab,

Hurmat va ehtirom ila, Qobiljon Ataxanov

P.S. Maqola Sizga manzur kelgan bo‘lsa, iltimos, quyidagi tugmalardan birini bosib yaqinlaringiz bilan o‘rtoqlashing! Agar maqolaga munosabat bildirib, o‘z sharhingizni yozib qoldirsangiz bag‘oyat hursand bo‘laman va oldindan minnatdorchiligimni izhor qilaman!

О программе Қобилжон Атаханов

Смотрите также

«BRAUNING», «KOLT» VA «MAUZYER»

«BRAUNING», «KOLT» VA «MAUZYER»

Mazkur maqolada qurollarning paydo bo‘lishi, ularning yaratilishi hamda hozirgi kunda ulardan to‘g‘ri foydalanish ilmiy jihatdan …

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *