Последние новости
Sudyalar-korpusini-ochiq-va-shaffoflikda-shakllantirish-1
Домой » YANGILIKLAR » JAMIYAT » Sudyalar korpusini ochiq va shaffoflikda shakllantirish

Sudyalar korpusini ochiq va shaffoflikda shakllantirish

Asosiy vazifamiz – ochiq va shaffof tanlov asosida sudyalar korpusini eng malakali va mas’uliyatli sudyalardan shakllantirish (yil sarhisobi).

2019 yil 19 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida sudlarning 2018 yilgi faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida so‘zga chiqqan Sudyalar Oliy Kengashi raisi U.Mingboyev muhtaram Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyevning tashabbuslari asosida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida, 2017 yil 13 iyunda sudyalar bilan bo‘lgan tarixiy uchrashuvlaridagi ma’ruzalarida, farmon va qarorlarida hamda amaldagi qonun hujjatlarida belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib sudyalar hamjamiyati organi bo‘lgan Sudyalar Oliy Kengashi tomonidan 2018 yil davomida amalga oshirilgan ishlar, soxada yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar hamda 2019 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga to‘xtalib o‘tdilar.

Sudyalar-korpusini-ochiq-va-shaffoflikda-shakllantirish  

Xususan, 2018 yilda Sudyalar Oliy Kengashi tomonidan Kengash muhokamasiga kiritilgan 673 nafar nomzodlardan 432 nafari sudyalik lavozimga munosib deb topilgan bo‘lsa, 83 nafar nomzodlar zaxirada qoldirilgan, 158 nafar nomzodlar esa sudyalik lavozimiga nomunosib deb topilgan.

Sudyalik lavozimiga munosib deb topilgan 432 nafar nomzodlarning 189 nafari birinchi besh yillik muddatga, 2 nafari navbatdagi besh yillik muddatga, 170 nafari navbatdagi o‘n yillik muddatga, 23nafari muddatsiz davrga sudyalik lavozimiga tayinlangan bo‘lsa, 48 nafari vakolat muddati davriga sudyalik lavozimiga qayta tayinlangan.

Ayni vaqtda ishlab turgan sudyalarning yarmidan ko‘pini ilk bor sudyalar tashkil etadi. Kelgusida o‘n yil va muddatsiz davrga o‘tadigan sudyalar sonini ko‘paytirishga erishishimiz uchun ilk bor sudyalik lavozimida ishlayotganlar o‘z ustilarida ishlashda ishchanlik mas’uliyatini sezib, halol, pok ishlab sudyalik lavozimida bo‘lishlikni o‘n yil va muddatsiz davriga o‘taman degan maqsad bilan ishlashlari lozim bo‘ladi” – dedi Kengash raisi U.Mingboyev.

Yil davomida odil sudlovni amalga oshirishda qonunchilikni qo‘pol buzganligi, sud ishini tashkil etishda beparvoligi, protsessual va moddiy qonun normalarini noto‘g‘ri qo‘llab, fuqarolarni ovora bo‘lib yurishlariga sababchi bo‘lgan 136 nafar sudyaga nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lib, uning natijalariga ko‘ra 89 nafar sudyaga nisbatan “hayfsan”, 8 nafar sudyaga nisbatan “jarima” intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan. 17 nafar sudyaning sudyalik qasamyodini buzganligi uchun vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan, ular orasida pora olish va firibgarlik jinoyatlari sodir etganligi uchun 2 nafar sudyani jinoiy javobgarlikka tortish va hibsga olishga xulosa berilgan.

Shuningdek, yil davomida Kengashga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 4952 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 3227 tasi sud qarorlari, 204 tasi sudyalarning xatti-harakatlari, 1521 tasi boshqa masalalar yuzasidan kelib tushgan murojaatlar tashkil etgan.

Kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish natijalariga ko‘ra 60 ta murojaat qanoatlantirilgan, 53 ta murojaat rad qilingan, 2391 ta murojaat taalluqliligi bo‘yicha yuborilgan, 126 ta murojaat ma’lumot uchun qabul qilingan, 1981 ta murojaat yuzasidan tushuntirishlar berilgan, 240 ta murojaat Kengash va joylardagi malaka hay’atlari tomonidan o‘rganilgan, 67 ta murojaat ko‘rmasdan qoldirilgan, 34 ta murojaat keying yilga qoldiq bo‘lib o‘tgan.

Sud qarorlari yuzasidan kelib tushgan shikoyatlarni o‘rganish ayrim sudyalar tomonidan ishlarni ko‘rishda protsessual va moddiy huquq normalarini qo‘pol ravishda buzilayotganligini, taraflarga sud qarorlari o‘z vaqtida berilmayotganligi, bu esa fuqarolarning haqli e’tirozlari hamda asosli shikoyatlarning sonini ortib borishiga sabab bo‘layotganligini ko‘rsatdi.

О программе Қобилжон Атаханов

Смотрите также

Er-Xotinning “Ajralish kuyi” hangomasi!

Ajrashmoqchi. Tammom vassalom!..   Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi. Kattaqo‘rg‘onlik U. Sanayevning navbatdagi da’vo …

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *