Последние новости
Viloyat-sudlari-raislarining-brifingi-miniatyura
Домой » YANGILIKLAR » SUD - HUQUQ » Viloyat sudlari raislarining brifingi

Viloyat sudlari raislarining brifingi

Jinoyatchilikni jilovlash borasida ochiq muloqot

Jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudida soha vakillari va jurnalistlar ishtirokida viloyatimizning jinoyat, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlari hamda ma’muriy va iqtisodiy sudlari tomonidan o‘tkazilgan brifingda o‘tgan yilda odil sudlovni amalga oshirish, fukdrolarning huquq va erkinliklariii himoya qilish borasidagi ishlar to‘grisida atroflicha ma’lumot berildi.

- O‘tgan yilda viloyat, tuman va shahar sudlari tomonidan 6 ming 371 nafar shaxsga nisbatan 4 ming 965 ta jinoyat ishi ko‘rib, tamomlangan, - deydi jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudining raisi Dilshod Tojiboyev. – Bu ko‘rsatkich 2017 yilga nisbatan ishlar soni 2 ming 512 ta (33,6 foiz)ga, shaxslar soni esa 3 ming 362 ta (34,5 foiz)ga kamayganligini ko‘rsatadi.

Viloyat-sudlari-raislarining-brifingi-1  

Shulardan 5 ming 152 nafar shaxsga nisbatan 3 ming 836 ta jinoyat ishi bo‘yicha hukm chiqarilgan bo‘lib, 1 ming 192 nafar shaxsga nisbatan 1 ming 102 ta jinoyat ishi tugatildi.

Shuningdek, 64 nafar shaxsga nisbatan oqlov hukmi chiqarildi. Solishtirsak: 2017 yilda 39 nafar, 2016 yilda jami 4 nafar shaxs oqlangan.

Jinoyat ishlarini sudda ko‘rishda mahalla, Yoshlar ittifoqi va xotin-qizlar qo‘mitasi vakillarining jamoat himoyachisi sifatida ishtiroki ta’minlanib, ular tomonidan bildirilgan kafillik xatlari asosida 284 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan turdagi jazolar tayinlandi.

Viloyat-sudlari-raislarining-brifingi-2  

Brifingda ta’kidlanganidek, jinoyat oqibatida yetkazilgan 28,4 milliard so‘mga yaqin moddiy zararni qoplagan 260 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlandi. 462 nafar shaxs sud zalida qamoqdan ozod qilindi.

Odil sudlovni amalga oshirish borasidagi muayyan ishlar natijasida jinoyatlar 2017 yilga nisbatan 42,2 foizga, ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar esa 36,5 foizga kamaygan. Biroq, yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar Qibray tumanida 80 ta, Parkent tumanida 46 ta, Chirchiq shahrida 24 taga ortganligi tashvishli holdir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi orqali viloyat sudiga jami 2 ming 413 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 48,8 foizi qanoatlantirildi. 51,6 foiziga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Viloyat-sudlari-raislarining-brifingi-3  

Viloyat hamda tuman (shahar) sudlari raislarining qabuliga jami 2 ming 141 nafar fuqaro murojaat qilgan bo‘lib, ushbu murojaatlarning 225 tasi yoki 10,5 foizi qanoatlantirilgan, 1 ming 916 tasi yoki 89,5 foiziga huquqiy tushuntirishlar berilgan.

2018 yil 1 yanvardan boshlab sudda "E-XSUD" axborot tizimi asosida ish yuritish boshlangan. Shuningdek, o‘tgan yil 1 sentyabrdan sudyalarning ish yurituvi reytingi, 1 oktyabrdan jinoyat ishlarini sudyalar o‘rtasida elektron taqsimlash, 1 dekabrdan boshlab esa - sud qarorlarini internet tarmog‘ida e’lon qilib borish kabi jarayonlar ham sudlar faoliyatiga kiritildi.

Viloyat-sudlari-raislarining-brifingi-4  

- O‘tgan yil davomida Fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat, shahar, tuman sudlari tomonidan 24 ming 2 ta ish ko‘rib chiqildi, - deydi fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat sudining raisi Olimjon Ismoilov. – 2018 yil davomida Toshkent viloyati tumanlararo sudlari tomonidan jami 24 ming 2 ta fuqarolik ishi tugatilib, bu 2017 yilga nisbatan 4 ming 599 ta (16 foiz)ga kamayganligini qayd etib o‘tdi.

- Ma’muriy sudlar tomonidan 2018 yil davomida jami 38 ming 386 nafar shaxsga nisbatan 32 ming 815 ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilib, shundan 9 ming 985 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llanilgan va 12 ming 509 nafar shaxsga nisbatan 9 ming 421 ta ish tugatilgan – deb sharhlab o‘tdi Toshkent viloyati ma’muriy sudining raisi Murodjon Abаbakirov.

Viloyat-sudlari-raislarining-brifingi-5  

- Ma’muriy ishlar hajmi O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq, Parkent, Toshkent tumanlari va Bekobod shahar sudlarida boshqa hududlarga qaraganda 2-3 baravar ko‘paygani kuzatilganligini ta’kidlab o‘tdi sud raisi.

- Iqtisodiy sudlar tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga davlat tuzilmalarining noqonuniy aralashuvini yanada cheklash bo‘yicha qonuniy choralarni kuchaytirish, odil sudlov sifatini yanada oshirish yo‘li bilan ularning huquk va qonuniy manfaatlari himoyasini to‘liq ta’minlash borasida muayyan ishlar qilindi – deydi o‘z axborotida viloyat iqtisodiy sudining raisi Rustamjon Rasulov.

- Viloyat va tumanlararo iqtisodiy sudlari tomonidan o‘tgan hisobot yilida 29 ming 398 ta ish ko‘rib chiqildi. Shuningdek, hal etilgan ishlar bo‘yicha 1 trln. 231 mln. 130 ming so‘m miqdoridagi qarz va yetkazilgan moddiy zararlarni da’vogarlar foydasiga undirish haqida qarorlar qabul qilingan.

Viloyat sudlari raislarining brifingi  

Shuningdek, sud-huquq tizimidagi izchil islohotlar fuqarolarning xuquq va erkinliklarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish, jinoyatlar va hukuqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlarda o‘z natijasini berayotganligi hayotiy misollar vositasida brifing ishtirokchilariga tushuntirib o‘tildi.

Muloqotlar davomida sud raislari yig‘ilganlarga qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida mahallalarda jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashishda faol ishtirok etishning ahamiyati haqida atroflicha tushuntirishlar berishdi.

Qobiljon Ataxanov,

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudining Bosh mutaxassisi

О программе Қобилжон Атаханов

Смотрите также

Jinoyatga boshlagan yo‘l — e’tiborsizlik

Jinoyatga boshlagan yo‘l — e’tiborsizlik

Noshud o‘g‘il yana pand berdi “Barcha ayb menda. Bolamni qarovsiz qoldirdim. Uni yaxshi yedirib-ichirishni o‘ylabman-u …

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *