Последние новости
Yoʻl harakati qoidalarini buzishga oid oʻzgartirish kiritildi
Домой » YANGILIKLAR » TEXNOLOGIYA » AVTO - MOTO » Yoʻl harakati qoidalarini buzishga oid oʻzgartirish kiritildi

Yoʻl harakati qoidalarini buzishga oid oʻzgartirish kiritildi

Salom, aziz doʻstlar hamda muhlislar! Sizlar bilan LiveJournal.Uz nomli men uchun ardoqli boʻlgan shaxsiy web-saytim sahifalarida nashr qilinayotgan navbatdagi maqolada yana bir bor uchrashib turganimdan beihtiyor mamnunman!

Bugun Sizlar bilan birga qonunchilikka soʻnggi kiritilayotgan oʻzgarishlar bilan tanishib chiqish bilan birga, ayniqsa avto-moto transport vositalarini boshqaruvchi hamyurtlarimizni yoʻl harakati qoidalarini buzish bilan bogʻliq holatlarga nisbatan qoʻllanilishi nazarda tutilayotga jazo choralari haqida boxabar qilib oʻtmoqchiman.

zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev joriy yilning 22 oktyabr kuni “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat xavfsizligini taʻminlashga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunni imzolagadi.

Ushbu qonunga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Maʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi va yoʻl harakati qoidalarini buzish bilan bogʻliq holatlarga nisbatan jazo choralari kuchaytarildi.

Yoʻl harakati qoidalarini buzishga oid oʻzgartirish kiritildi

Xavfsizlik kamari taqmaslik

Xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga va motoshlemlardan foydalanish qoidalariga rioya etmaslik — ilgari jarima EKIH beshdan bir baravar (36 ming 860 soʻm) edi, endi ikkidan bir (yarim minimalka) etib belgilandi.

Shunday qilib, joriy yilning 1 noyabridan boshlab jarima 101 ming 365 soʻm boʻladi.

Yoʻl harakati qoidalarini buzishga oid oʻzgartirish kiritildi

Rulda telefonda gaplashish

Rulda telefonda gaplashish – ilgari 2 (ikki) baravar edi, endi 3 (uch) baravar boʻldi, bu shu yilning 1 noyabrdan 608 ming 190 soʻm boʻladi. 1 yil ichida yana telefon bilan qoʻlga tushsa – jarima ilgari 3 (uch) baravar edi, hozir 4 (toʻrt) baravar boʻldi. Demak, shu yilning 1 noyabridan 810 ming 920 soʻm boʻladi. Shuningdek, 6 (olti) oygacha haydovchilik huquqidan mahrum etilishi ham mumkin.

Yoʻl harakati qoidalarini buzishga oid oʻzgartirish kiritildi

Tezlikka rioya qilmaslik

Tezlik uchun – belgilangandan 40 km.ga ortib ketsa – ilgari 7 (etti) baravar edi, endilikda esa 9 (toʻqqiz) baravar boʻldi. Jarimasi 1 noyabrdan 1 mln 824 ming 570 soʻm boʻladi. Tezlik 20 km.dan ortiq, lekin 40 km.dan koʻp boʻlmagan kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun maʻmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin 1 (bir) yil davomida takror oshirib yuborishi yoxud tezlikni 20 km.dan koʻp boʻlmagan kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ikki marta maʻmuriy jazo qoʻllanilganidan keyinchalik 1 (bir) yil davomida takror oshirib yuborishi — ilgari jarimasi 10 (oʻn) baravar edi, endilikda 15 (oʻn besh) baravar boʻldi.

Shu yilning 1 noyabrdan 3 mln 40 ming 950 soʻm boʻladi. Tezlikni 40 km.dan ortiq kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun maʻmuriy jazo qoʻllanilganidan keyinchalik 1 (bir) yil davomida takror oshirib yuborishi yoki tezlikni 20 km.dan ortiq, lekin 40 km.dan koʻp boʻlmagan kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun 2 (ikki) marta maʻmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin 1 (bir) yil davomida takror oshirib yuborishi yoxud tezlikni 20 km.dan koʻp boʻlmagan kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun 3 (uch) marta maʻmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin 1 (bir) yil davomida takror oshirib yuborishi – ilgari faqat 2 (ikki) yilga haydovchilik huquqidan mahrum boʻlardi, endilikda ham 2 (ikki) yilga haydovchilik huquqidan mahrum qilinib, ham 25 (yigirma besh) baravar jarima solinadi. Bu — 1 noyabrdan 5 mln 68 ming 250 soʻm boʻladi.

Yoʻl harakati qoidalarini buzishga oid oʻzgartirish kiritildi

Mast holda transport boshqarish

Mast holda boshqarish – ilgari 1 (bir) yilu 6 (olti) oydan 3 (uch) yilgacha muddatga haydovchilik huquqidan mahrum etishga sabab boʻlardi, endilikda ham xuddi shu muddatga mahrum qilib, ham 25 (yigirma besh) baravar jarima solishga sabab boʻladi. Bu 1 noyabrdan 5 mln 8 ming 250 soʻm boʻladi.

Transport vositalarini boshqarish huquqi boʻlmagan shaxs ichib qoʻlga tushsa – ilgari 30 (oʻttiz) baravar jarima yoki 15 (oʻn besh) sutkagacha maʻmuriy qamoqqa olinardi, endilikda 40 (qirq) baravar jarima solishga sabab boʻladi. Qamoq muddati oʻzgarmagan. 40 (qirq) baravar 1 noyabrdan 8 mln 109 ming 200 soʻm boʻladi.

Mast shaxsga transport vositasini boshqarishni topshirish – ilgari 15 (oʻn besh) baravar jarima yoki 2 (ikki) yildan 3 (uch) yilgacha haydovchilik huquqidan mahrum boʻlardi, endilikda ham 2 (ikki) yildan 3 (uch) yilgacha mahrum qilinib, ham 25 (yigirma besh) baravar jarima solinadi. Bu 1 noyabrdan 5 mln 68 ming 250 soʻm boʻladi.

Mast yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan oʻtishdan boʻyin tovlash – ilgari 1 (bir) yilu 6 (olti) oydan 3 (uch) yilgacha haydovchilik huquqidan mahrum etishga sabab boʻlardi, endilikda ham xuddi shu muddatga mahrum qilinib, ham 15 (oʻn besh) baravar jarima solishga sabab boʻladi. 1 noyabrdan 3 mln 40 ming 950 soʻm boʻladi.

Jabrlanuvchiga shikast etkazish

YH qoidalarini buzish natijasida jabrlanuvchiga engil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar etkazilishiga olib kelsa – ilgari 3 (uch) baravardan 5 (besh) baravargacha jarima solinardi yoki 1 (bir) yildan 3 (uch) yilgacha haydovchilik huquqidan mahrum etilardi. Endilikda jarima miqdori 5 (besh) baravardan 7 (etti) baravargacha oshirildi.

YH qoidalarini buzish natijasida mol-mulkning shikastlanishiga olib kelsa, lekin ancha miqdorda moddiy zarar etkazmasa – ilgari 1 (bir) baravardan 2 (ikki) baravargacha jarima solishnardi yoki 6 (olti) oydan 1 (bir) yilgacha haydovchilik huquqidan mahrum boʻlardi. Endilikda jarima miqdori 2  (ikki) baravardan 4 (toʻrt) baravargacha oshirildi.

Yoʻl harakati qoidalarini buzishga oid oʻzgartirish kiritildi

Hujjatsiz boshqarish

Hujjatlari yonida boʻlmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi – ilgari «yarim minimalka» jarima solinardi, endilikda 1 (bir) baravar jarima solinishi belgilanmoqda. Joriy yilning 1 noyabridan boshlab 202 ming 730 soʻm boʻladi. Boshqarish huquqi boʻlmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi, xuddi shuningdek boshqarish huquqi boʻlmagan shaxsga transport vositalarini boshqarishning topshirilishi – ilgari 3 (uch) baravar jarima solinardi, endilikda 5 (besh) baravar jarima boʻldi. Shu yilning 1 noyabridan boshlab 1 mln 13 ming 650 soʻm boʻladi.

Transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxslarning bunday vositalarni boshqarishi – ilgari 5 (besh) baravar jarima solinardi, endilikda 10 (oʻn) baravarga oshirildi. Bu — shu yilning 1 noyabrdan 2 mln 27 ming 300 soʻm boʻladi.

Hurmatli muhlislar, Sizda sud-huquq sohasida yuz berayotgan oʻzgarishlar, yangiliklar hamda qiziqarli maʻlumotlar, voqea va hodisalar tafsilotlaridan oʻz vaqtida boxabar boʻlish istagi tugʻilgan boʻlsa, ular haqida toʻliq, batafsil va atroflicha maʻlumotlarga ega boʻlish uchun mazkur turkumga tashrif buyurishingizni tavsiya etaman.

Ushbu web-sayt maʻmuri, maqolalarning muallifi hamda oddiy bir inson sifatida Sizga va oilangizga Allohdan, sihat-salomatlik, tinchlik va hotirijamlik, baxtli hayot kechirish hamda boshlagan ezgu ishlaringizda omad nasib etishini chin dildan tilab,

Hurmat va ehtirom ila, Qobiljon Ataxanov

P.S. Maqola Sizga manzur kelgan boʻlsa, iltimos, quyidagi tugmalardan birini bosib yaqinlaringiz bilan oʻrtoqlashing! Agar maqolaga munosabat bildirib, oʻz sharhingizni yozib qoldirsangiz bagʻoyat hursand boʻlaman. Oldindan oʻz minnatdorchiligimni izhor qilaman!

О программе Қобилжон Атаханов

Смотрите также

SINOV NATIJALARIGA KO‘RA

SINOV NATIJALARIGA KO‘RA

Ukrainaning «Ukroboronservis» kompaniyasi mutaxassislari Ispaniyaning «Everis» firmasi bilan hamkorlikda MMC (Mobile Mortar Complex) deb nomlangan …

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *