Последние новости
«HOSHIM» RPG-32 RUSUMLI GRANATOMYOT
Домой » YANGILIKLAR » TEXNOLOGIYA » AVTO - MOTO » «HOSHIM» RPG-32 RUSUMLI GRANATOMYOT

«HOSHIM» RPG-32 RUSUMLI GRANATOMYOT

RPG-32 «Hoshim» rusumli reaktiv qo‘l granatomyoti Rossiya va Iordaniya mutaxassislarining qo‘shma loyihasi asosida yaratilgan bo‘lib, u shu tipdagi qurollar orasida dunyodagi eng qudratli granatomyot hisoblanadi.

Hozirda bu qurol litsenziya asosida Iordaniyada ishlab chiqarilmoqda. Uning asosiy vazifasi dushman tanklari va zirhli texnikalarini, shuningdek, o‘t ochish nuqtalari, bunkerlar va pana joydagi tirik kuchlarini yakson qilishdan iborat.

  «HOSHIM» RPG-32 RUSUMLI GRANATOMYOT  

RPG-32 – bu dunyodagi birinchi multikalibrli granatomyot majmui bo‘lib, undan tanlangan nishonga bog‘liq holda turli kalibrdagi granatalarni otish mumkin. Bu qurolga tankning faol himoyasini chalg‘ituvchi maxsus tizim o‘rnatilgan.

Granatomyot nishonga olish moslamasi bilan birlashtirilgan ishga tushirish qurilmasi hamda granatalar joylashtiriluvchi bir martalik konteynerlardan tashkil topgan.

  «HOSHIM» RPG-32 RUSUMLI GRANATOMYOT  

RPG-32 ikki tipdagi o‘q-dori – kumulyativ va termobarik granatalardan foydalanadi. Bunda ulardan birinchisi zirhli texnikalarni, ikkinchisi esa tirik kuchlarni yakson qilish uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, bu qurol uchun hozirda fugasli va oskolkali o‘q-dorilar ham ishlab chiqilmoqda.

Ushbu web-sayt ma’muri va muallifi hamda oddiy bir inson sifatida Sizga Allohdan, sihat-salomatlik, tinchlik va hotirijamlik hamda boshlagan ezgu ishlaringizda omad nasib etishini chin dildan tilab,

Hurmat va ehtirom ila, Qobiljon Ataxanov

P.S. Maqola Sizga manzur kelgan bo‘lsa, iltimos, quyidagi tugmalardan birini bosib yaqinlaringiz bilan o‘rtoqlashing! Agar maqolaga munosabat bildirib, o‘z sharhingizni yozib qoldirsangiz bag‘oyat hursand bo‘laman va oldindan minnatdorchiligimni izhor qilaman!

О программе Қобилжон Атаханов

Смотрите также

SINOVLAR DAVOM ETMOQDA

SINOVLAR DAVOM ETMOQDA

"Ukroboronprom" korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi "Spetstexnoeksport" davlat tashqi savdo korxonasi mutaxassislari tomonidan yaratilgan "Fantom-2" rusumli yangi, …

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *